27
7-ilova
TMI Moliya iqtisod fakulteti 1-kurs MM-71 guruhi talabasi Shaymanov
Elbekning “Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar jalb etish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi kurs ishiga ilmiy
rahbar
TAQRIZI
Qishloq xo‘jaligida tub tarkibiy siljishlarga erishish respublikamiz
iqtisodiyotining yuksalishi va xalqaro integratsiyalashuvini ta’minlashning zaruriy
asoslaridan biri ekanligi bois tarmoqda keng ko‘lamdagi o‘zgarishlarni jadallashtirish
va uni izchil davom ettirish masalasi agrar islohotlar samarasini oshirishni jiddiy vazifa
qilib qo‘ymoqda.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sishning barqarorligi, ishlab chiqarishdagi
yuqori samaradorlikni, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholini turmush darajasini
oshirish, asosiy kapitalga bo‘lgan talabni qondirish kabi mavjud muammolarning
ijobiy yechimini topishga tarmoqda investitsion faollikni oshirish va qishloq
xo‘jaligi korxonalarining investitsiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini
takomillashtirish orqaligina erishish mumkin. Shu nuqtai-nazardan yondoshganda
qishloq xo‘jaligi korxonalariga investitsiyalar jalb etish va ulardan maqsadga
muvofiq foydalanish muammolarini o‘rganish shu kunning dolzarb masalalridan
ekanligini ko‘rsatadi.
Kurs ishining maqsadi – jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalariga investitsiyalar jalb etish
mexanizmini tadqiq etish orqali ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab
chiqishdir.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagicha: kirish, asosiy qismda 3 ta bob,
xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi va vazifalari,
ob’ekti va predmeti o‘z aksini topgan.
Asosiy qismning birinchi bobida qishloq xo‘jaligi korxonalariga
investitsiyalar jalb etishning ahamiyati va xususiyatlari hamda ularnng shakllanish
manbalari hamda mexanizmlari yoritilgan.
Ikkinchi bobda qishloq xo‘jaligi korxonalariga investitsiyalar jalb etishga
ta’sir etuvchi omillar va ularni oshirish manbalarini takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalarida
investitsiyalar samaradorligini oshirish va ulardan samarali foydalanish yo‘llari
yoritilgan.
Xulosa qismida kurs ishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida
erishilgan tavsiya va xulosalar o‘z aksini topgan.
Kurs ishi belgilangan talablarga javob beradi va komissiya oldida himoyaga
tavsiya etiladi
Ilmiy rahbar
dots. X. Asatullayev