Investitsiya-Investitsiya- Investment
Investitsiya - (lotincha “investicio” - joylamoq) mablag‘ni ma’lum boylikni, qo‘shimcha
daromad olish maqsadida, ishlab chiqarish, yoki boshqa sohasha joylashtirish, mablag‘ sarflash demakdir,
“vnvestitsiya” va “mablag‘ sarflash” teng kuchli so‘zlar deyish mumkin.Tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlar turlariga qo‘shiladigan barcha moddiy hamda nomoddiy boyliklar investitsiya xisoblanadi.
Bu boyliklar quyidagicha bo‘ladi:
1.
pul vositalari, maqsadli bank omonatlari xissalar, aksiyalar, sug‘urta xujjatlari va boshqa
qimmatli qog‘ozlar:
2. Kuzatish mumkin bo‘lgan va ko‘chmas mulk
3. Mualiflik xuquqidan kelib chiqadigan mulkiy va nomulkiy xuquqlar, boshqa intelektual
xuquqlar.
4. Boshqa boyliklar
Investitsiyalar uzoq, o‘rta va qisqa muddatli investitsiyalarga bo‘linadi.Uzoq muddatli
investitsiyalar, asosan , qimmat baxo va murakkab laxzalarda amalga oshiriladigan, ular uzoq muddat
davomida o‘zini –o‘zi qoplaydi. (10 va undan ortiq yillar)qisqa muddatni investitsiyalar odatda bir yilga
bo‘linadi.
Integratsiya- Integratsiya- Integration
Integratsiya - (lotincha “integratio” o‘zaro moslashish va birlashish) milliy iqtisodiyotdlarning
sifat
jixatdan
yangi
sharoitlarga
ega
bo‘lishi va mamlakat taraqqiyoti imkoniyatlarini
kengaytirishmaqsadida iqtisodiy ravishda birlashishi, bir-biriga o‘zaro ta’sir etishi jarayonining
kuchayishi. Iqtisodiy integratsiya hamkorlik, iqtisodiy siyosatda ustivor yo‘nalish deb ishlab chiqarish
rivojlanishni belgilangan mamlakatlar o‘rtasida, asosan ishlab chiqarish alohida yuz beradi va bu
jarayonni amalga oshirish maqsadida mamlakatlar qator chora tadbirlarni qo‘llaydilar integratsiya
jarayoni rivojlanishi darajasiga bog‘liq hamda besh bog‘onaga ajratiladi.
5.
Erkin savdo mintaqasi;
6.
Umumiy bozor;
7.
Bojxona ittifoqi
8.
Valyuta – iqtisodiy ittifoq;
9.
Siyosi ittifoq;
Mazkur borada Evropa iqtisodiy hamkorligi (EIX) Evropa ittifoqi namuna bo‘lib xisoblanadi.