O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Fuqarolik jamiyati

predmeti
– bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy 
rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – 
bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu 
jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy 
qarashlar, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir. 
Fanni o‘qitishdan maqsad
 

talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni 
singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, 
Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir 
konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish; 
4
Каримов.И.А.Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир.Тошкент,”Ўзбекистон”,1996,3-жилд.34-бет. 



-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni 
o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; 
-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda 
shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; 
-talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va 
ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish; 
-
talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;
-
taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik 
asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;
-
talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish 
mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish;
-
fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini 
ochib berish; 
-
fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va 
fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;
-
talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va 
uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;
-
“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini 
tushuntirish; 
-
“Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish;
-
saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;
-
fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish;
-
ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida 
bilimlar berish;
-
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;
-
jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish;
-
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;
-
nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish;
-
ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish; 
-
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish; 
-
jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini 
yoritish;
-
ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini 
shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish. 
Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida 
talabalarda quyidagi bilim, ko‘nikma shakllantiriladi: 

Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekiston va jaxon 
tajribasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida; talabalarda fuqarolik jamiyati 
to‘g‘risidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalar; jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va 
rivojlanish tajribalari; fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida; 
o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda bilishning turli uslublaridan foydalanish; 
fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash 
jarayonlari; davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruvi 
tuzilmasini bilish; fuqarolik jamiyati qurishning mazmunmohiyati haqida muayyan bilimlarga 
ega bo‘lishi; 

fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini; xorijiy 
mamlakatlarning fuqarolik jamiyat qurish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullarini; rivojlangan 
mamlakatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari 
hamda ularning “O‘zbek modeli” tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini; demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini; taraqqiyotning “O‘zbek modeli” tamoyillari 
mohiyatini
 
bilishi va ulardan foydalana olishi;
 

markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli 
tomonlarini aniqlash; mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining 
inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholash; mulkni davlat 


10 
tasarrufidan chiqarish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va 
bosqichlari; mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, ijtimoiy hayotni 
yangilash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
 

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda ulardan o‘z 
kasbida foydalanish; “O‘zbek modeli” erishayotgan natijalaridan o‘z ishlarida foydalanish
mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha o‘z xulosalarini bera 
olish; mamlakatimizning jahon bo‘yicha erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish malakalariga ega 
bo‘lishi kerak.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin