18
sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy
prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd
etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini
demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z
erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini
shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni
yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yiyaa amalga
oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti
tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.
7
Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi
navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
Ikkinchi
bosqich
(2000-2010
yillar)
damamlakatni
demoeratlashtirish
va
modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda demokratik
islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”e’lon
qilindi.Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab
berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib
fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati
shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha
ta’rif berildi: “Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini himoyalashnita’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini
namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan
qo‘llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir”.
YUrtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini “Fuqarolar o‘rtasidagi
muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o‘rtasida konsensus madaniyati vudulga
kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro
ta’sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin.
8
deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati
shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko‘p qirrali jarayyon ekanligi bilan xarakterlanadi
Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo qilishning ustuvor
yo‘nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik
tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g‘oya mafkurasining
shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko‘ramiz. Birinchi
Prezident Islom Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida
(2010 yil 12 noyabr) ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi
hamda ravnaq topishiga alohida e’tibor qaratib,
Dostları ilə paylaş: