100
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, inson hayoti dunyodagi eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Zero, hayot har bir insonga bir marotaba beriladi, shuning uchun ham undan mahrum etishga
hech kim qodir emas, degan tushunchani barchaning ongiga singdirish lozim. SHu bois barcha
islohotlar va qonunlar inson manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutsak, o‘lim jarayonining
jazo tizimidan olib tashlanishi har tomonlama adolatlidir.
Binobarin, davlatimiz rahbarining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida
o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini ustuvor qadriyat sifatida mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi
xayrli qadam bo‘ldi.
2001 yil 29 avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati
bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan
jinoyatlarni tasniflash, engillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashtiruv instituti joriy
etildi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-
mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqlarini himoya
qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi.
YUrtboshimiz tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning e’lon qilinishi esa bu boradagi islohotlarning yangi
bosqichni boshlab berdi.
Mazkur konsepsiyaning ikkinchiustuvor yo‘nalishi sud-huquq tizimini isloh etishga bag‘ishlangan
bo‘lib, bu borada ham tizimda bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Odil sudlovning yangi
tizimi shakllantirildi va sudlar ixtisoslashtirildi.
Dostları ilə paylaş: