Birinchi. «Saylovoldi tashviqoti» tushunchasini aks ettirgan quyidagi yangi definitiv
me’yor saylov qonunchiligida mustahkamlandi: «saylovoldi tashviqoti – saylov kampaniyasi
davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani
yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat».
Ushbu qoidaning qonunchilikka kiritilishi birinchidan, saylovoldi tashviqotining mazmun-
mohiyatidan aholini xabardor etsa, ikkinchidan, saylovoldi tashviqotining o‘ziga xosligi, ob’ekti
va sub’ekti, amalga oshirish tartibi haqida ham aniq ma’lumot beradi.
Saylovoldi tashviqoti nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon
qilish yo‘lidagi o‘ziga xos muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligining asosiy vazifasi siyosiy kurashning adolatli, xolisona,
ochiq va oshkora olib borilishi uchun barcha nomzodlarga teng imkoniyat va kafolatlarni
yaratish orqali siyosiy plyuralizm, ya’ni fikrlar erkinligi va xilma-xilligi asosidagi sog‘lom
raqobatni ta’minlashdan iboratdir. SHundan kelib chiqqan holda saylovoldi tashviqoti
tushunchasining aniq ta’rifini ishlab chiqilishi va uni qonun hujjatlarida mustahkamlanishi
mazkur jarayondagi turli bahsli masalalarning oldini olish va tushunmovchiliklarni bartaraf etish
hamda saylovlarni demokratik andozalarga mos holda amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribasiga e’tibor qaratsak, Ispaniya, Kanada,
Meksika kabi mamlakatlar qonunchiligida saylovoldi tashviqotiga aniq ta’rif berilgan. AQSH
126
,
YAponiya
127
, Fransiya
128
, Polsha
129
, Belorussiya
130
va Xindiston
131
kabi mamlakatlar saylov
qonunchiligida ham saylovoldi tashviqotining boshlanishi va yakunlanishi bilan bog‘liq qoidalar
mavjud bo‘lsa-da, aynan saylovoldi tashviqotining yagona ta’rifi mavjud emas.