O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Uchinchi bosqich (2000-2009 yy.)

faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni 
modernizatsiya qilish davri bo‘lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, 
qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol 
o‘ynagan davr bo‘ldi.Bu davr bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga o‘tish bilan bog‘liq 
saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil 
etadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2000 yil 25 mayda bo‘lib 
o‘tgan Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasidagi “O‘zgarish va yangilanish – 
hayot talabi” ma’ruzalarida: “... hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va 
ma’naviy ongi ulg‘ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning 
faoliyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. SHu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda 
ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman”
120
deb, ilgari surgan 
mazkur g‘oyalari bu davrda qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bo‘g‘in 
bo‘ldi
121
. Bunda asosiy e’tibor quyi palata – qonunchilik palatasini shakllantirishning bosh 
prinsipi asosan partiyaviy vakillik prinsipi bo‘ldi. Bu siyosiy partiya vakillarining o‘z ijtimoiy-
siyosiy qarashlarini va saylovlar manfaatlarini ifodalash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 
Parlamentning yuqori palatasi – Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari 
hamda u pog‘onali saylovlar asosida shakllanishi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab 
qo‘yildi
122

Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va yangilash hamda erkinlashtirish sharoitida 
Prezident vakolati muddatini o‘zgartirilishi va uning ayrim vakolatlarini Senat va Bosh vazirga 
o‘tkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi o‘z-o‘zidan saylov to‘g‘risidagi qonunlarning 
o‘zgarishiga olib keldi. SHu bois 2003 yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylovlar
123
hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar 
to‘g‘risidagi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. SHunday qilib, ikki palatali parlamentga 
saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining xalqaro 
standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, shuningdek mamlakatda parlamentarizm 
taraqqiyotining milliy xususiyatlari e’tiborga olindi. Masalan, 2004 yilgi saylovlarga qadar 
saylov qonunchiligiga joriy etilgan eng muhim yangiliklar qatorida – mahalliy Kengashlarning 
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi bekor qilinganligi, siyosiy partiyalar deputatlikka 
nomzodlar ko‘rsatganida xotin-qizlar uchun kvota belgilangani, shuningdek saylovoldi 
tashviqotini olib borishda partiyalar faoliyatini moliyalashtirish masalasining hal etilganligini 
alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish 
to‘g‘risida”gi qonun esa partiyalarga saylovoldi kurashini faol va saylovchilar uchun qiziqarli 
tarzda o‘tkazishlariga qo‘shimcha imkon yaratdi
124

120
Каримов И.А. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т. 8. – Тошкент: Ўзбекистон, 2000. – 
Б. 483. 
121
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг “2002 йил 27 январдаги Ўзбекистон Республикаси референдуми 
якунлари бўйича қонунчилик фаолиятини асосий йўналишлари тўғрисида”ги қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий 
Мажлисининг аxборотномаси. – 2002. – № 4–5. – 61-модда. 
122
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати тўғрисида”ги конституциявий 
қонуни //Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. –2002. – № 12. – 213-модда. 
123
Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 28 декабрда қабул қилинган “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига 
сайлов тўғрисида”ги қонуни янги таҳрири // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, 2003. – № 9–
10. – 132-модда. 
124
Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партияларни молиялаштириш тўғрисида”ги қонуни // Ўзбекистон 
Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. – № 5. – 86-модда. 


116 
Bundan tashqari, 2008 yil 19 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan 
“Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 
saylov jarayonining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirdi.Ushbu qonunga muvofiq, Oliy 
Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirildi. 
Bunda 135 ta o‘rinni siyosiy partiyalardan ko‘ppartiyaviylik asosida bir mandatli okruglarda 
saylanadigan deputatlar egallaydi. O‘zbekiston ekologik harakatidan esa Qonunchilik 
palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan 
Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadigan bo‘ldi. SHuningdek, 
jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan real jarayonlarda siyosiy partiyalarning roli 
kuchayib borayotganligi inobatga olinib saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan 
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish instituti bekor qilindi. SHuningdek, deputatlikka 
nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafarga oshirildi. Saylovga tayyorgarlik 
ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni 
ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda. 
Uchinchi bosqich (2010dan h.d.)

mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qilish davridir. Ushbu davr O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrdagi 
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi»ning e’lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu Konsepsiyada ilgari 
surilgan taklif va tavsiyalar asosida qonunchilik tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasiga taqdim etilgan «Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi 
yanada rivojlantirilishi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida»gi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni 2012 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012 yil 5 dekabrda Senat tomonidan 
ma’qullandi hamda 2012 yil 19 dekabrda Prezident tomonidan imzolangan holda 2012 yil 20 
dekabrda matbuotda e’lon qilindi
125

Mazkur yangi qonunning qabul qilinishini O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligini 
takomillashtirilishining yangi bosqichi sifatida e’tirof etish mumkin. Kelgusida ushbu 
Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi 
yanadata’minlanishiga erishiladi. 
YUqorida qayd qonunlarda saylov tizimi va uning mazmun-mohiyati, saylov tizimining 
asosiy tamoyillari, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish, ovoz berish 
natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, 
saylovlarni moliyalashtirish va shu kabi o‘ta muhim masalalarni huquqiy tartibga solish 
mezonlari belgilandi. 
YAngi qonun orqali «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi va 
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlariga 4 tadan, jami 8 ta yangi qo‘shimcha prim moddalar va 16 ta turli 
mazmundagi qo‘shimchalar kiritildi. 
125
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 51-сон, 574-модда. 


117 
Saylov qonunchiligiga kiritilgan yangi o‘zgartish va qo‘shimchalarning mohiyati 
quyidagilardan iborat. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin