O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
9.
 
Erkin saylovlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositatalarining roli
 
Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik 
jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. «Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan 
huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik 
huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, 
fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va 
hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir»
93
. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar 
amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning 
huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.
Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, 
qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati 
sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil 
taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy 
va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning 
ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir
94
.
Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy 
tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e’tiroficha, 
«demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. 
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz 
demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin 
fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va 
jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. 
Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini 
boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy 
tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi 
aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi
95
. Bundan tashqari 
mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining 
ta’minlanishidemokratik saylov tamoyillari-ning qay darajada ro‘yobga chiqi-shiga ham bevosita 
bog‘liqdir. 
Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq 
irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o‘z 
davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali qatnashish huquqi ko‘pgina xalqaro 
93
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма 
мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. –Т.: «Ўзбекистон», 2010. –Б. 35. 
94
Парламент сайлови: миллий қонунчилик ва хорижий тажриба: илмий-амалий қўлланма // М.Абдусаломов ва 
бошқалар; Масъул муҳаррир проф. Ш.Х.Файзиев; –Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузиридаги 
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти нашриёти, 2009. 26-бет. 
95
Жўраев Қ.А. Сайлов тизимини эркинлаштириш – демократик тараққиёт омили. Адолат. 2011 йил 6 май № 20 (825) 


106 
hujjatlarda alohida ta’kidlangan. Fuqarolarning bevosita saylov jarayonida, o‘zlari erkin 
saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish huquqining amalga oshirilishi 
uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlat qay darajada demokratik tamoyillar 
asosida yashayotganligiga baho berish mumkin. 
O‘zbekiston xalqi demokratik taraqqiyoti huquqiy davlat qurish orqali fuqarolik jamiyatini 
barpo qlishni ko‘zlaydi. Bu xususda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday degan edi: 
“Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning 
o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. SHaxs manfaatlari, 
uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, 
boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va 
qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi”
96
. Buning uchun, eng avvalo, kishilarning 
siyosiy faolligini yuksak darajaga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Fuqarolarning 
siyosiy-ijtimoiy jihatdan etukligi uning davlat hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi 
shubhasiz.
Demokratiyaning ushbu eng muhim tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning saylov 
huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va 
himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy asos yaratib berilishi 
lozim. O‘zbekistonda bularning barchasi yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlarida saylovlarga doir umume’tirof etilgan demokratik xalqaro tamoyil va qoidalar 
mustahkamlab qo‘yilgan. 
Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyat vakillik organlarini shakllantirish 
demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Demokratik davlatlarda saylovlar muhim 
ahamiyatga ega ekanligi shundaki, ular mamlakat parlamenti qanday siyosiy kuchlardan tashkil 
topishini aniqlab beradi. Saylovlar mamlakat aholisining kayfiyati va kimni afzal bilishini 
namoyon etuvchi ko‘rsatkich sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «ilk bor ikki palatali 
parlamentga bo‘lib o‘tgan saylovlar O‘zbekistonning yangi tarixida alohida, g‘oyat muhim o‘rin 
egalladi»
97
. Zero, demokratiyaning eng ta’sirchan mexanizmi ham saylovlardir. Demokratiya va 
saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Aslida ham, saylov 
– demokratiya degani, demokratiya – bu saylov, demakdir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 
birinchi yig‘ilishida davlatimiz rahbari uqtirganidek, deputat degan yuksak ishonchga sazovor 
har qaysi inson avvalo o‘zi uchun ovoz bergan odamlar haqida o‘ylashi ham demokratiyaning 
yana bir belgi-alomati hisoblanadi
98
.
96
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. -Т.: Ўзбекистон. 1997. 173-бет. 
97
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – Жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва 
ислоҳ этишдир. – Т.: «Ўзбекистон», 2005. – Б.30. 
98
Саидов А. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва сайлов тизими. - Т.: ТДЮИ нашриёти, 2005. – 44 б. 


107 
Prezidentimiz e’tirof etganidek, «Fuqarolarimiz saylovlarga mamlakatimiz hayotidagi eng 
muhim, jamiyatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-
mohiyatiga, demakki, har bir saylovchi taqdiriga ta’sir ko‘rsatadigan siyosiy voqea sifatida 
yondashdilar
99

O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyati 
asoslarini shakllantirishga qaratilgan izchil islohotlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu islohotlar davlat 
va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Xususan, davlat qurilishi va boshqaruvi, 
xalq hokimiyatchiligini ta’minlash, davlat hokimiyati organlari faoliyatida demokratik 
prinsiplarni mustahkamlash sohasida muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritdik. Biroq, hali oldimizda 
konstitutsiyaviy tuzumni yanada mustahkamlash, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini 
ta’minlash, demokratiya va ijtimoiy adolatni o‘rnatish kabi, shuningdek mafkuralar va 
fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan siyosiy institutlarni yanada rivojlantirish orqali 
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishdek ulkan vazifalar turibdi. 
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov bu borada qilingan ishlarni sarhisob qilib, 
“mamlakatimizni 1991-2000 yillar davomida isloh qilish va yangilash borasida qo‘lga kiritilgan 
natijalar milliy davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda 
mustahkam zamin bo‘ldi. Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimiga barham berilib, milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, 
davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil 
etilgani, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, iqtisodiyotni erkin bozor 
munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirilgani”ni alohida ta’kidladi
100
.
Zotan, o‘zining tashkil etilishi, tuzilishi jihatidan va faoliyatida xalqning irodasiga 
tayangan, barcha umume’tirof etilgan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga 
ta’minlashga intilgan davlat deganda tom ma’nodagi demokratik davlat tushiniladi. Bunda, 
demokratik davlat fuqarolarning erkinligi va hurfikrliligiga asoslangan fuqarolik jamiyati 
demokratiyasining muhim ajralmas qismidir. Mazkur davlatning legitimliligi asosini esa xalq 
suvereniteti tashkil etadi. O‘z navbatida, xalq suverenitetining amalda namoyon bo‘lishining 
asosini saylovlar orqali tashkil etilgan davlat hokimiyati ifoda etadi.
Har qanday davlatning demokratik davlat, deb e’lon qilishning o‘zi kifoya emas, muhimi, 
uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy institutlar, huquqiy kafolatlar bilan 
ta’minlashdan iboratdir. Bunday, konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning negizini saylov huquqi 
instituti tashkil etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishda 
saylovlar bir vaqtning o‘zida ikkita yirik vazifani echishga xizmat qiladi: Birinchidan, saylovlar 
demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo‘lib, fuqarolarni uyushgan holda o‘zlari 
yashab turgan davlat va jamiyatni boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Haqiqatdan ham “xalq 
hokimiyatining bevosita oliy ifodasini erkin saylovlar tashkil etadi”
101
. Bunda fuqarolar har 
qanday jarayonning ishtirokchisi bo‘lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib o‘ziga siyosiy 
tajriba orttiradilar. Ular, avvalambor, o‘zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy 
madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini 
takomillashtirib boradilar. SHuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, hamjihatlik bilan, o‘z 
99
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – Жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва 
ислоҳ этишдир. – Т.: «Ўзбекистон», 2005. – Б.33. 
100
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. – Тошкент: Ўзбекистон, 2007. – Б. 29. 
101
Қаранг: Баглай М.В. Конституционное право Российской Федерации. – М.: ИНФРА, 2000. – С. 107. 


108 
harakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va ko‘nikmalarini orttirib 
boradilar. 
Demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik demokratiyasi tashkil etadi. 
Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul 
qilishga mutloq huquq berilgan saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga 
oshirishidir. Bundan kelib chiqadiki, tom ma’nodagi vakillik demokratiyasining amalga 
oshirilishi saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liqdir. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
tushunchalardir.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday ta’kidlaydi: 
“Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. 
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani”
102
. Mazkur g‘oyalarning 
mazmun-mohiyati negizida saylovlarning davlat hokimiyati organlarini shakllantirishga 
aloqadorlik darajasi yotadi. Davlat hokimiyati organlari ikkita uslubda shakllantiriladi: saylovlar 
yo‘li bilan va tayinlash yo‘li bilan. O‘zbekistonda ijro hokimiyati va sud organlarining oliy 
mansablariga tayinlashlar saylanadigan organlar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. 
SHunday qilib, saylovlar davlat hokimiyati organlarining butun tuzilmasiga oliy 
boshlang‘ich legitimlikni beradi”
103
. O‘zbekistonda bevosita saylovlar yo‘li bilan Oliy 
Majlisning bitta palatasi – Qonunchilik palatasi va davlat boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylanadilar. Saylanish yo‘li bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari ham 
shakllantiriladi. SHu tariqa saylanadigan davlat hokimiyati vakillik organlari vakolatiga davlat 
va jamiyat hayotidagi eng muhim masalalarni hal etish kiritilgan. Bu barcha darajadagi 
saylovlarning o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyon etilishining 
qonunlashtirilgan shaklidir. Saylovlar orqali fuqarolar davlat hokimiyati organlarining 
shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat boshqaruvidagi o‘zining konstitutsiyaviy 
huquqini amalga oshiradilar. 
Fuqarolik jamiyati bilan saylovlarning aloqadorligi asosan shu bilan belgilanadiki
fuqarolik jamiyati, fuqarolarning fikrlari va manfaatlarining xilma-xilligiga asoslangan holda, 
tashkil etiladi, davlat organlari fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil 
etilmaydigan bo‘lsa, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda qonunga itoat etishini ta’minlashga, o‘tkir 
ijtimoiy qarama-qarshiliklardan qochib-qutilishga imkoniyat bo‘lmaydi, Demokratik saylovlar – 
hokimiyat masalasining kuch bilan hal etilishini tamoman inkor etadi. Bu borada Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov, “Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni 
zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai-
madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”
104
deb ta’kidlaydilar. 
Saylovlar bevosita jamiyatning siyosiy tizimini aks ettiradi va o‘z tomonidan unga ta’sir 
ko‘rsatadi. Ularning tashkil etilishi va ovoz berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli 
barcha jarayonlar siyosiy partiyalar bilan yaqindan bog‘liqdir. Respublikamiz Prezidenti 
102
Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т.13. – Тошкент: Ўзбекистон. 2005. – Б. 165. 
103
Конституциявий ҳуқуқда легитимлик деб (лотинчадан legitimus – қонуний) давлат ҳокимияти органининг ёки олий 
мансабдор шахсларнинг ҳуқуқ ва ваколатларини қонуний деб топилиши уларни конституцияга ва халқни қонуний 
билдирилган иродасига аниқ мос келиши тушунилади. 
104
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 20. 


109 
ta’kidlaganidek: “Aynan saylov paytida partiyalar o‘zining asosiy va ustuvor fikr-qarashlarini, 
hayotni qanday yaxshilash, islohotlarni qanday amalga oshirish, O‘zbekiston deb atalmish 
mustaqil davlatning ertangi hayotini qanday barpo etish borasidagi g‘oyalarini ilgari suradi”
105

Saylovlar fuqarolarga hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini haqiqiy 
mazmun-mohiyatini anglashga imkoniyat beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning 
ko‘pchiligining irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik hokimiyat yaratiladi.
Mamlakatimiz hozirgi zamon saylov huquqi xalq hokimiyatini yaqqol namoyon qiladigan muhim 
konstitutsiyaviy institutdir. O‘zbekiston saylov qonunchiligi erkin demokratik saylovlar o‘tkazish 
bo‘yicha xalqaro saylov andozalari majmuini tashkil etuvchi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan 
prinsiplari va normalariga to‘la mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasida 
ta’kidlanganidek, yurtimizda «xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi»
106
tan olinadi.
Ma’lumki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari 
mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy shug‘ullanadigan masalaga aylandi. Hozirgi paytda dunyoda 
insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish 
va o‘tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud
107

Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir 
qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (1948 yil) 
21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning (1966 yil) 25-moddasida, 
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida xalqaro konvensiyaning 5-moddasida, Irqiy 
kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida BMT deklaratsiyasining (1963 yil) 6-moddasida 
mustahkamlab qo‘yilgan
108

Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o‘zida 145 davlat parlamentlarini 
birlashtirgan va, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham a’zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq 
ayniqsa katta e’tibor qaratadi. 1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov 
prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi
109
. Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar 
hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir xalqaro 
prinsiplar va normalarga amal qilishga da’vat etadi. 
Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini 
himoyalash to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika 
konvensiyasi (1969 yil), Inson va xalqlar huquqlarining Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro-huquqiy 
hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Xususan, Evropada Xavfsizlik 
va hamkorlik tashkilotining (EXHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik 
mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida (1990) o‘z aksini topgan. EXHTning saylov prinsiplarini 
quyidagi ettita so‘z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - 
misolida to‘la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e’tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik 
organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkin ekanligining o‘ziga xos dalolatidir. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasining 21-moddasiga ko‘ra, “Har bir inson o‘zi yashayotgan davlatning boshqaruvida 
bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi 
hokimiyatning asosi bo‘lmog‘i lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa 
teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim”. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan yana bir hujjat, ya’ni “Fuqarolik va siyosiy 
105
Каримов И.А. Парламент – жамият ҳаётининг кўзгуси // Ўзбекистон демократик тараққиётнинг янги босқичида. 
Тўплам. – Тошкент: Ўзбекистон, 2005. – Б. 13. 
106
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: «Ўзбекистон», 2003. – Б.3. 
107
Саидов А.Х. Международное право и избирательное законодательство – Т.: ТГЮИ, 2004. – С. 19-33. 
108
Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномала/Масъул муҳаррир А.Х. Саидов. – Т.: «Адолат», 2004. –Б. 34;45;86-87. 
109
Декларация о принципах свободных и справедливых выборов//В кн.: Саидов А.Х. Межпарламентские организации 
мира: Справочник, - М.: Международные отношения, 2004. – С. 295-300. 


110 
huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 25-moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz 
hamda asossiz cheklovlarsiz: bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini 
boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali 
o‘tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini ta’minlovchi chinakam davriy 
saylovlarda ovoz berish va saylanish; o‘z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga 
kirishda teng huquqqa ega bo‘lishi joizligi ta’kidlangan. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish 
haqida”gi hamda “Ayollarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakllariga barham berish 
haqida”gi xalqaro konvensiyalarga ko‘ra, ayollar hech qanday kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng 
saylov huquqiga egadirlar. Irqiy yoki milliy mansubligi, terisining rangi, etnik kelib chiqishiga 
qarab fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash 
ta’qiqlanishi belgilab qo‘yilgan. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1952 yil 20 dekabrda qabul qilingan hamda 
O‘zbekiston Respublikasi 1997 yil 30 avgustda qo‘shilgan «Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari 
to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 1-moddasida xotin-qizlar hech bir kamsitishlarsiz erkaklar bilan 
teng sharoitlarda barcha saylovlarda ovoz berish huquqiga egadirlar deb belgilangan. Mazkur 
hujjatning 2-moddasida esa xotin-qizlar hech bir kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng sharoitlarda 
saylab qo‘yiladigan muassasalarga milliy qonunchilikda belgilangan tartibda saylanishi mumkin. 
SHu bilan birga, 1979 yil 18 dekabrdagi «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha 
shakllariga barham berish to‘g‘risida»gi Konvensiyaning (O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 6 
mayda qo‘shilgan) 7-moddasiga muvofiq, ishtirokchi davlatlar mamlakatning siyosiy va jamoat 
hayotida xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni 
ko‘rishlari, jumladan, ayollarga erkaklar bilan teng shart-sharoitlar asosida quyidagi huquqlarni 
ta’minlashlari lozim: a) barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy 
saylanadigan organlarga saylanish; b) davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda 
qatnashish hamda davlat lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha 
bo‘g‘inlarida davlat vazifalarini amalga oshirish. 
Parlamentlararo Ittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan “Erkin va adolatli saylovlar 
mezonlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyaning 1-moddasida har qanday davlatda hokimiyat xalqning 
umumiy, teng va yashirin ovoz berish asosida muntazam vaqt oralig‘ida o‘tkazib turiladigan 
haqiqiy, erkin va adolatli saylovlarda bildiradigan xohish-irodasidan kelib chiqadi, deb 
belgilangan. 
Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Insoniylik mezonlari bo‘yicha 
Kopengagen hujjatida demokratik saylov prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular universallik, 
tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlilik, ochiqlik va hisobdorlik kabilarda ifodasini topgan. 
Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining davlat va hukumat rahbarlarining 1990 
yil 19-21 noyabrdagi Kengashida qabul qilingan “YAngi Evropa uchun Parij Xartiyasi”da ushbu 
tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari zimmasiga o‘z davlatlarini yagona boshqaruv tizimi sifatida 
kurish, jipslashtirish va mustahkamlash majburiyatlarida demokratik boshqaruv erkin va adolatli 
saylovlar paytida muntazam ravishda ifodalangan xalq xohish irodasiga asoslanish, vakillik va 
fikrlar xilma-xilligi xususiyatiga ega bo‘lgan demokratik saylovlarga hisobot berishga davlat 
hokimiyatilarining qonunlarga rioya etish majburiyatlarini ta’minlanishi ta’kidlangan. 


111 
2002 yil 7 oktyabrda Kishinev shahrida qabul qilingan “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 
ishtirok etuvchi davlatlarda demokratik saylovlar, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari 
to‘g‘risidagi Konvensiyasi”da demokratik saylovlar xalq hokimiyati va irodasining bevosita oliy 
ifodasining biri, saylanadigan davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari xalq 
(milliy) vakilligining, saylanadigan mansabdor shaxslarning asosi hisoblanadi. Saylovlarni 
xalqaro kuzatish, saylov jarayoni ishtirokchilarining saylov huquqlari va erkinliklarini amalga 
oshirish kafolatlari demokratik saylovlarning standartlari hisoblanishi e’tirof etiladi. 
2002 yil 7 oktyabrda qabul qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning 
«Demokratik saylovlar, saylov huquq va erkinliklari standartlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 
1-moddasi 2-bandida, saylovchilarning erkin xohish-iroda bildirishini ta’minlovchi, umumiy, 
teng saylov huquqi bilan yashirin ovoz berish asosidagi saylovlarning muntazamligi, 
majburiyligi, odilonaligi, chinakamligi va erkinligi tamoyillarini ta’minlash. 
O‘zbekistonning hozirgi saylov qonunchiligida asosiy xalqaro saylov andozalarining barchasi 
implementatsiya qilingan. Avvalo, Konstitutsiyamizda va milliy saylov qonunchiligimizda, xususan, 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunda (yangi tahriri) saylov xalq o‘z 
hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishining oliy ifodasi, davlat hokimiyati 
organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi ekani qayd etiladi
110

Fuqaroning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash (faol saylov huquqi) va saylanish (passiv 
saylov huquqi) huquqlari O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uni amalga oshirish tartib-
qoidalari saylov qonunchiligida aniq belgilab qo‘yilgan. Bunda saylash va saylanish huquqlari, saylovlar 
tartibi, shu bilan birga, saylov huquqlari va erkinliklarining cheklanishi bilan bog‘liq masalalarning 
qonunchilik asosida tartibga solinishi insonning umum e’tirof etilgan huquq va erkinliklarini, ularning 
qonuniy kafolatlarini chegaralab qo‘ymaydi. SHuningdek, bu boradagi milliy qonunlarni amalga 
oshirishda hech qanday kamsitishlar ko‘zda tutilmasligi e’tiborga olingan. 
O‘zbekiston saylov qonunchiligida umumiy saylov huquqi prinsipi mustahkamlangan. Har bir 
fuqaro saylov kuniga qadar yoki saylov kunida Konstitutsiyada va saylov to‘g‘risidagi qonunlarda 
belgilangan muayyan yoshga to‘lishi bilan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish 
huquqiga ega hisoblanadi («O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 2-
moddasi)
111
. Umumiy saylov huquqi fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, 
irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyati 
kabi holatlardan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz ro‘yobga chiqariladi. Sud tomonidan 
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish 
joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. 
Teng saylov huquqi prinsipi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi 
qonunning 3-moddasida mustahkamlangan
112
. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega va boshqa 
fuqarolar bilan tengma-teng tarzda o‘zining ana shu ovozga egalik huquqini amalga oshira oladi. Bir 
mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ushbu okruglar tenglik asosida tashkil etilishi 
ta’minlanadi. Bir mandatli saylov okruglarining saylovchilar soniga qarab tuzilishi tenglikka amal 
qilishning o‘ziga xos mezonidir. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi 
qonunning 7-moddasida qayd etilganidek, «qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun bir yuz 
yigirmata hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi». SHu 
moddaning davomida belgilanishicha, «Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining 
butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi»
113
. Har bir saylovchi o‘zining erkin ovoz berishda 
ishtirok etish huquqidan foydalanish maqsadida saylov uchastkasiga, shuningdek, ovoz berish xonasiga 
110
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги қонун//Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 
Ахборотномаси, 2003, №9-10, 136-модда. 
111
Ўша жойда. 
112
Ўша жойда. 
113
Ўша жойда.


112 
teng asoslarda va hech qanday to‘siqlarsiz kirish huquqiga egadir. Har bir fuqaro saylovda o‘z nomzodini 
ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanishda ham teng huquqlarga ega. 
O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi ham o‘z aksini topgan. 
Fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz beradilar. «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida belgilanganidek, «qonunchilik 
palatasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar»
114
. O‘zbekiston qonunchiligidagi yashirin 
ovoz berish prinsipi saylovchilarning xohish-irodasining qanday tarzda bo‘lmasin nazorat qilinishini 
istisno etish, erkin saylov uchun teng shart-sharoit ta’minlash kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Saylovlar 
yashirin ovoz berish protsedurasidan foydalangan holda o‘tkaziladi. 
O‘zbekistonda fuqarolarning saylovda ishtirok etishi erkin va ixtiyoriydir. Hech kim ularning 
muayyan nomzod uchun «tarafdor» yoki «qarshi» ovoz berishga majbur etish huquqiga ega emas. Hech 
kim fuqaroga uni saylovda ishtirok etishga yoxud ishtirok etmaslikka majburlash maqsadida ta’sir 
o‘tkazishga, shuningdek, o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun majburlashga haqli emas. 
«Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarining 
xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi» («O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi)
115
. Byulletenni belgilash paytida ovoz berish xonasida ovoz 
beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. 
O‘zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning ochiqligi va oshkoraligi prinsipiga alohida o‘rin 
berilgan. qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari 
ochiq va oshkora amalga oshiradilar («O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi 
qonunning 6-moddasi)
116
. Saylovlarni belgilash, tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, fuqarolarning saylov 
huquqini ta’minlash va himoyalash bilan bog‘liq qarorlar saylov to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘zda tutilgan 
tartibda va muddatlarda rasmiy e’lon qilinadi va ko‘pchilikning e’tiboriga havola etiladi. Ushbu prinsipga 
amal qilinishi saylov jarayonlarini milliy va xalqaro doiralarda kuzatishni yo‘lga qo‘yish uchun ham 
tegishli shart-sharoit yaratadi. 
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini 
rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi xozirgi kunda takomillashuv 
jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi uchun etakchi demokratik 
mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy 
narsa uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. SHuning uchun qabul qilinayotgan 
qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish mexanizmlarini ham mukammal darajada 
takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy hususiyatlari va saylovlarni 
o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni 
takrorlamaslik, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish 
g‘oyatma’suliyatli vazifadir. 
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy 
saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida “Xalq davlat 
hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, “O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq 
manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul 
qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” deyilgan muhim 
konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida 
mustahkamlandi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi 
Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari 
orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, 
114
Ўша жойда. 
115
Ўша жойда. 
116
Ўша жойда. 


113 
referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi”. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va 
guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab 
qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar”, deb belgilangan. 
SHuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyalik asosida 
o‘tishi ko‘zda tutilgan
117

Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag‘ishlangan maxsus bobning 
mavjudligi O‘zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning 
XXIII bobi “Saylov tizimi” deb nomlanib, 117-moddada “O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarolaridavlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir 
saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi 
qonun bilan kafolatlanadi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o‘z aksini topdi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirishda saylovlarning mustahkam o‘rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida 
“Saylov tizimi” deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin