114
umume’tirof etilgan taomoyillar asosida ko‘ppartiyali, muqobil saylovlarni tashkil etishning
huquqiyasosini yaratdi.
Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – “Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga
oshirish va ularning o‘z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini huquqiy jihatdan
mustahkamlab berdi.
YAngi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan
parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi
chaqiriq Oliy Majlis uchta
siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan
nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi. SHu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy
mexanizmlar orqali yagona partiyaning “etkachilik roli”ga asoslanuvchi “sho‘ro” siyosiy
tizimidan
demokratik shakllangan, ko‘ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga
keldi.
Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)
– milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda
o‘tkazilgan parlament saylovlarida to‘plangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining
demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kabi
tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda
ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi
tuzish
talabidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi
to‘g‘risida”gi (1998 yil 30 aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor
demokratik yo‘l bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan
tashqari, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O‘zbekistonda
ko‘ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar xilma-xilligini kuchaytirishga keng
shart-sharoitlar yaratish
maqsadida saylov qonunchiligidan “besh foizlik to‘siq” haqidagi qoida chiqarib tashlandi va
saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod ko‘rsatish huquqlari mustahkamlandi.
SHuningdek, 1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda
xalq deputatlari, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator
jiddiy to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritildi.
Saylov jarayoning muhim sub’ektlari sanalgan siyosiy partiyalar
faoliyatini huquqiy
tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunni 1996
yilning dekabrida qabul qilinishi 1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlariga yangi huquqiy
zamin yaratdi
119
. Siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda o‘z siyosatini uyushgan holda o‘tkazish
uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi,
siyosiy partiyalar saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish bo‘yicha vakolatlari
kengaydi va nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o‘z kuzatuvchilarini
tayinlash huquqiga ega bo‘ldi.
1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlarida fuqarolar ikkinchi marotaba bir nechta
nomzod orasidan o‘zlariga ma’qullarini saylashdi, ularning har biriga tegishli baho berishdi. Bu
saylovlarda
raqobat yanada kuchli, saylovchilarning nomzodlarga talablari esa yanada yuqori
bo‘ldi.
119
Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 26 декабрда қабул қилинган “Сиёсий партиялар тўғрисида”ги қонуни //
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 1997. – № 2. – 36-модда.