O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   169
Fuqarolik jamiyati

To‘qqizinchi,
yangi qonunga asosan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasida o‘z aksini topgan 
kuzatuvchilarning huquqlari belgilangan me’yorlar quyidagi qo‘shimcha bilan to‘ldirilmoqda: 


121 
«O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni 
saylash bo‘yicha O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida hozir bo‘lish». 
Bu qo‘shimcha orqali mamlakatimizda 2008 yilda tashkil etilgan va Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasida o‘zining 15 nafar deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston ekologik 
harakati saylovlarini ham ochiq, oshkora tarzda o‘tayotganligini keng jamoatchilikka, xususan 
xalqaro kuzatuvchilarga bildirish, ularni O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida 
ishtirok etishiga sharoit yaratish kabi maqsadlar mujassam.
Albatta, saylov jarayonlarini xalqaro me’yorlarga mosligini ko‘rsatadigan muhim mezon 
bu – unda kuzatuvchilarning ishtirok etishi hisoblanadi. O‘zbekiston ekologik harakatining 
Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo‘yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning 
ishtirok etishini huquqiy ta’minlanishi mazkur tanlovning yanada adolatli bo‘lishiga xizmat 
qiladi. Mamlakatimizdagi saylov qonunchiligiga asosan barcha saylov jarayonlarida 
kuzatuvchilarning ishtirok etishi uchun huquqiy asos yaratilgan, o‘tkazilayotgan saylovlarda bir 
qator xorijiy mamlakatlarning ekspertlari ishtirok etib, saylovlarni ijobiy baholashmoqda. 
Mazkur me’yorning qonunchilikka kiritilishi bu boradagi kichik bo‘shliqni to‘ldirdi va 
saylovlarni yanada adolatli o‘tishiga xizmat qiladi. 
Amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlarning barchasi milliy saylov tizimining izchil va 
bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va 
umume’tirof etilgan xalqaro tamoyil va me’yorlarga to‘la mos holda o‘tkazilishini 
ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu qonunlarda 
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi 
qat’iy belgilab qo‘yildi. Mamlakat Prezidenti lavozimiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga 
nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa – 
siyosiy partiyalarning joylardagi tegishli organlari tomonidan ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi 
tamoyilial qoida mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari 
tomonidan ko‘rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi tamoyilial qadam bo‘ldi
136

Saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq 
bo‘lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida ham kamdan-kam uchraydigan mutlaq 
vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga berilishini ko‘zda tutadigan o‘zgartishlarning 
kiritilishi o‘ta muhim ahamiyatga molik ulkan voqea bo‘ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, 
saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan 
aralashishga qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol ko‘rsatib 
turibdi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin