O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
7-MAVZU:
KORRUPSIYAGA KARSHI KURASH - FUQAROLIK JAMIYATINI 
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI 
 


124 
Reja: 
1.Korrupsiyaning salbiy oqibatlari 
2.Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda korrupsiyaning salbiy ta’sirlari 
3.Xarakatlar strategiyasi davlat dasturida korrupsiyaga berilgan ta’rif 
 
Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga 
jiddiy putur etkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, 
pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. 
Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U 
demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson hukuklari buzilishiga olib 
keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik kiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar 
xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshka hodisalar ildiz otib
gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va 
kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.
Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 
yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktyabrdagi "Korrupsiyaga 
qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
"Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun 
qabul qilindi. 
Istiqlol bergan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmush tarzimiz, erishayotgan turli 
sohadagi yutuqlarimiz, ayniqsa yosh avlod kamoloti yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarni har 
qancha e’tirof etsak, arziydi. Albatta, bunday havas qilsa arzigulik kunlarga etishishning o‘zi 
bo‘lmayotganligi va buning zamirida mashaqqatli mehnat yotganligi hech birimizga sir emas.
Bugungi kunda qaysi bir sohaga e’tibor qaratmaylik, ularning har birida yuqori samaradorlikka 
erishayotganligimiz, bu bunyodkor xalqimizning o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatidan 
dalolat beradi. 
Darhaqiqat, jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilayotgan insonlar bilan faqat 
faxrlanishimiz kerak. Lekin ayrim kimsalar borki, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘z vazifalarini 
suiiste’mol qilgan holda, taraqqiy etib kelayotgan davlatimiz mulkiga rahna solayotganliklari 
achinarli holdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin