122
3)
saylanadigan o‘rinlar uchun kurashayotgan yoki ovoz berish natijalariga ta’sir
ko‘rsatadigan siyosiy kuchlar.
Saylovchilarning bu boradagi erkinliklari ta’minlanishi, shak-shubahasiz, ularning to‘la va
aniq axborotga ega bo‘lish huquqi nechog‘li ijobat etilishida namoyon bo‘ladi. Siyosiy partiyalar
va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining bunday erkinliklari esa o‘z qarashlarini erkin, hech
qanday soxtalashtirishlarsiz
bayon eta olish, shuningdek, bu fikrlar saylovchilarga tushunarli
bo‘ladigan darajada etarli vaqtga ega bo‘lish layoqatiga bog‘liqdir.
Demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Negaki, ular fuqarolarning siyosiy partiyalar faoliyati, ularning saylovoldi dasturlari,
deputatlikka ko‘rsatayotgan nomzodlari, saylov jarayonining barcha bosqichlari haqida axborot
olish huquqini ta’minlashi lozim. SHunday qilib, ommaviy axborot
vositalari demokratik
saylovlarni ochiqlik, oshkoralik va transparentlik asosida o‘tkazishda muhim vosita bo‘lib,
fuqarolik jamiyatining saylovda faol ishtirok etishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlik
ko‘rish jarayoni va saylov qanday o‘tayotganini yoritib borishi mustahkamlangan. Saylovoldi
tashviqoti olib borilayotganda ommaviy axborot vositalari teng shart-sharoit va imkoniyatlar
prinsipiga amal qilgan holda, deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalar vakillariga o‘z efir
vaqti va nashr maydonini qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Bundan tashqari, ular
fuqarolik jamiyati institutlaridan biri sifatida saylov jarayonida jamoatchilik nazorati vazifasini
bajaradi.
Saylov jarayonining barcha bosqichlari ochiqligi, oshkoraligini ta’minlash, jamoatchilikni
saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida OAV orqali o‘z vaqtida xolis xabardor
qilish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2014 va 2015 yilgi saylovlarni yoritish
bo‘yicha Respublika matbuot markazi tashkil qilindi. Ushbu markaz Markaziy saylov
komissiyasi saylov kampaniyasining asosiy bosqichlariga bag‘ishlab o‘tkazadigan brifinglar,
matbuot anjumanlarini tashkil etadi, mamlakatimiz va chet el OAV
vakillarini mazkur muhim
demokratik jarayon bilan bog‘liq zarur axborot materiallari bilan ta’minlaydi. Jurnalistlarni
Markaziy saylov komissiyasining www.elections.uz saytida e’lon qilingan akkreditatsiyadan
o‘tkazish tartibiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasiga xorijiy va milliy OAV vakillari
bilan qaytma aloqalar o‘rnatildi.
Ommaviy axborot vositalari erkin demokratik saylovlarni o‘tkazishning muhim bo‘g‘ini
hisoblanadi. Erkin va adolatli saylovlarning mazmun-mohiyati faqat maqbul muhitda o‘z ovozini
berishdan iborat emas, balki saylov jarayonlarida barcha saylovchilarga saylovda ishtirok
etayotgan
siyosiy partiyalar, ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturi,
shuningdek, saylov jarayonining mohiyati haqida to‘liq axborot olish shart-sharoitlari
ta’minlanishi lozim. Buning natijasida saylovchilar to‘liq va etarli axborot asosida o‘zlari ongli
ravishda munosib nomzodni tanlab ovoz berish imkoniga ega bo‘ladi.
Mamlakatimiz
saylov
qonunchiligida
ommaviy
axborot
vositalarining
saylov
kampaniyasini yoritib borish, saylovlarning adolatli hamda qonuniy o‘tishiga bilvosita
ko‘maklashish imkoniyati huquqiy kafolatlangan. Binobarin, ushbu kafolatlar ommaviy axborot
vositalarining mamlakatimiz saylov to‘g‘risidagi qonunlarida nazarda tutilgan huquq va
erkinliklari, maqsad va vazifalari, burch hamda mas’uliyati bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi.
Mamlakatimizdagi barcha ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi
va saylov qanday o‘tayotganligini keng yoritishlari ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan
biriga aylangan. Erkin va adolatli saylovlar nafaqat muayyan muhitda fuqarolarning o‘z
ovozlarini berish imkoniyati ta’minlanganligi, balki ularning tegishli
nomzodlar va umuman
123
butun saylov jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarga doir huquqlarni kafolatlash bilan ham amalga
oshiriladi. Zero, har bir saylovchi o‘zining muayyan nomzodga bo‘lgan ovozini ushbu nomzod
haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirdagina ishonchli va asosli berishi mumkin. SHu
jihatdan olganda, demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Saylovlar jarayonida ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshiriladigan
jamoatchilik nazorati saylovchilarning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan
kafolatlanganligini, balki davlat organlari faoliyatida ularning ustuvor bo‘lishini ham muayyan
darajada ta’minlaydi.
Ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati vakillik organlari
saylovi jarayonida
saylovchilarni xabardor qilishda xolis va haqqoniy bo‘lishlari, nomzodlar va partiyalarning teng-
ligi tamoyilini buzmasliklari kerak. Aynan ushbu holat ommaviy axborot vositalarining mazkur
jarayonda amalga oshiradiganfaoliyatining xususiyati hisoblanadi.
Saylovda ishtirok etadigan barcha nomzodlar, siyosiy partiyalar, qonunlarga va boshqa
qonun hujjatlariga muvofiq, o‘z tashviqotini olib borishi uchun ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishlari, radioeshittirish, teleko‘rsatuvlarda saylovoldi dasturlari
bilan chiqishlari uchun
teng va adolatli shart-sharoit yaratiladi. Tashviqot faoliyatini yuritishda ommaviy axborot
erkinligi suiiste’mol qilinishiga, shu jumladan, davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga
qarshi qaratilgan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiladigan, urush, milliy, irqiy va
diniy adovatni targ‘ib etadigan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga,
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitishga qaratilgan da’vatlarga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi qarorlari ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilinmoqda. Matbuot markazining
asosiy vazifalaridan biri
mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillarini saylovga tayyorgarlik ko‘rish
hamda uni o‘tkazish bo‘yicha tegishli rasmiy ma’lumotlar, zarur materiallar bilan ta’minlashdir.
Bu erda OAV vakillarining professional faoliyati uchun barcha zarur shart-sharoit mavjud,
internet hamda aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.
Bugun jamiyat hayotining barcha jabhalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,
xususan, internet faol tatbiq qilinmoqda. Ayni shu nuqtai nazardan, saylovchilarning katta qismi
internetdan keng foydalanadigan yoshlar hisoblanadi. SHu bois saylov jarayoniga oid barcha
axborotlar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy sayti (www.elections.uz)ga joylashtirilib,
doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi sayti orqali fuqarolardan
kelib tushayotgan saylovga tayyorgarlikning borishi va qonunchilikdagi yangiliklar haqida
so‘rovlarga ham o‘z vaqtida javob qaytarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: