125
muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari
va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas.
Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona
iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda
korrupsiya deganda davlat
xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora
olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda,
mansabdor
shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham
korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas,
balki boshqa narsalar
evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya –
ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos
psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-
huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishini taqozo etadi.
"Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan, ba’zi yangi mustaqil
davlatlardagi voqelik
korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini
bermoqda", deb ta’kidlaydi yurtboshimiz "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida.
SHu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning
oldini olishga qaratilgan
institutsional mexanizmlarni isloh qilishda YUrtboshimiz tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon
qilingan
Dostları ilə paylaş: