O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169
Fuqarolik jamiyati

2.
 
G‘arb mamlakatlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlik 
siyosati 
G‘arb mamlakatlarida hamkorlik siyosati asosida notijorat sektorining jamiyatni 
rivojlantirishga hissasi e’tirof etiladi undan so‘ng esa tomonlarning umumiy rejalari hamda 
davlat va jamoat birlashmalari tomonidan hamkorlik prinsiplarini amaliy mexanizmlardan 
foydalangan holda amalga oshirish bo‘yicha aniq chora tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. SHuning 
uchun ham bunday hamkorlik siyosati odatda ikki tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari va 
muzokaralari natijasi mustahkamlanib boriladi. Ular turli shakllarda namoyon bo‘ladi: ikki 
tomonlama rasmiy bitimlar masalan, Buyuk Britaniya davlati va fuqarolik jamiyati o‘rtasida 
tuzilgan shartnomalar, hukumat tomonidan davlat dasturlari sifatida qabul qilinadigan «de-fakto» 
bitimlari (Xorvatiya hamkorlik dasturi) yoki Parlament (Estoniya fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi) yoxud tomonlarning majburiyatlari ifoda etilgan bir tomonlama 
bayonotlar (Vengriyaning fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat strategiyasi) shaklida qabul 
qilinishi mumkin.
Buyuk Britaniya davlati va fuqarolik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va 
bayonotlar uchinchi sektor uchun ham, davlat sektorining o‘zi uchun ham juda muhim sanaladi. 
CHunki ular, birinchidan, fuqarolik jamiyati tashkilotlariga o‘z faoliyatlarining jiddiy qo‘llab-
quvvatlanishini, demak jamiyat manfaatlari yo‘lida faoliyat sohalarini kengaytirish imkonini 
bersa, ikkinchidan, davlat o‘z siyosatiga fuqarolik jamiyati bilan muloqot qilish va sheriklikni 
qo‘shib, bunday sheriklik yordamida o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishiga imkon beradi. 
Bunday muvaffaqiyatli hamkorlik siyosatining asosiy omili – o‘zaro manfaatlarga rioya etish 
kafolatlari, «boshqa tomonning maqsad va vazifalariga» hurmat va ishonchga asoslanadi. Biroq 
davlatning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish va 
siyosiy hujjat qabul qilishida mashkur tashkilotlarning tashabbuskor bo‘lishi tabiiy va ehtimollik 
darajasi ham yuqori hisoblanadi, lekin Xorvatiya va Vengriya misollari ushbu masalada davlat 
hokimiyati ham manfaatdor bo‘lib, o‘zi mazkur jarayon tashabbuskori bo‘lishi va uni 
muvaffaqiyatli yakuniga etkazishi ham ko‘zda tutilgan.
SHu ma’noda hamkorlik to‘g‘risida siyosiy hujjat qabul qilinishining o‘zi etarli emas. 
SHuning uchun mazkur shartnomaning 15-moddasida uni «yakunlash emas, balki ilk nuqta» deb 
ataladi. SHartnoma esa «jarayon» deb nomlanadi. Bu bilan agar kelishilgan matn qabul qilishga 
muvaffaq bo‘linmasa ham muzokaralar jarayonidan har ikki tomon yutishiga alohida e’tibor 
qaratiladi. Bunday sog‘lom munosabatlar tez-tez o‘tkaziladigan uchrashuvlar, konstruktiv 
munozaralar, faol hamkorlik, shuningdek o‘zaro yon bosishlar va bir-birini tushunishga 
intilishlar asosida shakllanadi. SHunday bo‘lsa-da, notijorat sektor uchun ham, hukumat uchun 
qonun kuchiga ega deb hisoblangan va majburiyatlar ijrosining aniq muddatlari ko‘rsatilgan 
hujjatning qabul qilinishi eng maqbul variant bo‘lardi. Biroq hatto uchrashuvlar, muhokamalar, 
muzokaralar jarayonining o‘zi – agar uning natijasida davlat tuzilmalari bilan o‘zaro anglashuvni 
yaxshilash asosida bo‘lsa ham – ulardan kutilganidan ko‘proq manfaat kelishi ham mumkin.
SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniyada muayyan toifaga taalluqli bo‘lgan 
hamkorlikning institutsional shakllaridan tashqari tasniflash oson bo‘lmagan alohida 
funksiyalarga ega institutsional shakllar ham mavjud. Bunday ixtisoslashtirilgan tuzilmalarga 
misol sifatida, Buyuk Britaniyaning Xayriya ishlari bo‘yicha komissiyasini ham keltirishimiz 
mumkin. Bizga ma’lumki, mazkur xayriya ishlari bo‘yicha komissiya qonun asosida Angliya va 


151 
Uelsdagi xayriya tashkilotlarining muvofiqlashtiruvchi va ro‘yxatga oluvchi organi sifatida ta’sis 
etilgan. O‘z nabatida bunday xayriya tashkilotlari Buyuk Britaniya ijtimoiy hayotining ajralmas 
qismi hisoblanadi. Lekin ularga qo‘yiladigan qonuniy talablarga rioya etilishini ta’minlash uchun 
faoliyatlarini tartibga solish talab etiladi. Bu tashkilotlar sidqidildan va qonun doirasida ish 
ko‘rishi, shaxsiy manfaatni emas, balki ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlashlari, mustaqil 
bo‘lishlari, vasiylik kengashlarining a’zolari tashqaridan biror noqonuniy ta’sirsiz qarorlar qabul 
qilishlari, xayriya tashkilotlarining o‘zlari tomonidan boshqaruvdagi hamma jiddiy holatlar yoki 
qasddan qilinadigan huquqbuzarliklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi talab etiladi. 
Komissiya o‘z faoliyatini xayriya ishlari to‘g‘risidagi qonunchilik ijro etilishini ta’minlagan, 
xayriya tashkilotlari samarali huquqiy, buxgalteriya va boshqaruv tizimlari doirasida yaxshiroq 
faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini bergan holda amalga oshiradi. Bunda komissiya jamiyatda, 
iqtisodiyot va qonunchilikda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib boradi, samarali boshqaruvni va 
jamiyatga hisob berishni ta’minlashga ko‘maklashadi. U qonunchilik va amaliyot masalalari 
bo‘yicha axborotni tarqatadi va maslahatlashuvlar o‘tkazadi, xayriya tashkilotlarini ro‘yxatga 
olish jarayoniga ko‘maklashadi, qonun buzilishi holatlari bo‘yicha o‘z tekshirishlarini olib 
boradi, boshqa muvofiqlashtiruvchilar (prokuratura, politsiya) bilan hamkorlik qiladi, 
shuningdek xayriya tashkiloti mulki saqlanishi uchun uning faoliyatiga aralashishi ham mumkin. 
Xayriya ishlari bo‘yicha komissiya har yili Parlament va Ichki ishlar vaziriga hisob beradi, 
o‘zining yillik hisobotlarini e’lon qiladi. SHu bilan birga, komissiya butun jamiyat manfaatlari 
yo‘lida faoliyat olib boradigan mustaqil organ hisoblanadi
162

SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, siyosiy hujjatni muhokama qilishning markazlashtirilgan 
tartibi uni qabul qilishga olib kelishi shart emas, lekin ushbu jarayondagi ko‘p sonli oshkora 
munozaralar jamoatchilikning siyosiy qarorlar qabul qilishda ishtirok etishiga misol bo‘la oladi. 
Masalan, Buyuk Britaniya amaliyoti bitimlarni amalga oshirish va unga rioya etish yo‘lida ikki 
tomon uchun ham to‘siqlardan biri – ijtimoiy sektor tomonidan bitimlar to‘g‘risida etarlicha 
xabardorlikning yo‘qligi yoki tushunmovchilik mavjudligidan dalolat beradi. SHuning uchun 
ham hujjat matnini tayyorlashga ekspertlarni jalb etish hamda uni muhokama etish va 
kelishishda jamoatchilikning keng ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, G‘arbiy 
Evropada «sektorni anglash», ya’ni juda ko‘p notijorat va nohukumat tashkilotlarni yagona 
sektor sifatida (masalan, jamoatchilik yoki uchinchi sektor kabi) tasavvur etish – yangi hodisa 
bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlarda hali qaror topmagan. Hamkorlik institutlari ularga ehtiyoj 
bo‘lgan ayrim sohalarda (odatda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ekologiya yoki xalqaro yordam 
sohalarida) rivojlangan. SHunga qaramasdan ayrim sohalarda shakllangan ba’zi prinsiplar va 
amaliyot umume’tirof etilish darajasigacha ko‘tarilgan hamda butun nodavlat notijorat 
tashkilotlari sektoriga va umuman hatto fuqarolik jamiyatiga tarqalgan. Ana shunday universal 
prinsiplarga, masalan subsidiarlik prinsipi, axborotdan foydalanish va manfaatdor guruhlar bilan 
maslahatlashuv (ijtimoiy muloqot) kiradi. 
Fransiya va Germaniyada joylarda ijtimoiy sheriklik loyihalarini rejalashtirish, 
muvofiqlashtirish, amalga oshirish va moliyalashtirish uchun mas’uliyatning katta qismi 
hududiy, okrug va munitsipal ta’lim (o‘zini o‘zi boshqarish organlari) zimmasiga yuklatilgan. 
Biroq, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSH va qator boshqa 
rivojlangan mamlakatlarda davlat organlarining OAV bilan o‘zaro hamkorligi alohida bazaviy 
qonunlarda tartibga solinmagan. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, aksariyat Evropa 
162
Schmitter Ph. Civil society East and West// Consolidation the Third Wave Democracies: Themes and Perspectives/ Ed. by 
L.Diamond et al. Baltimore and London: The Johns Hopkins U.P., - 1997. – P.239-262. 


152 
mamlakatlaridagi ijtimoiy sheriklik instituti ijtimoiy-mehnat sohasida iqtisodiy manfaatlar 
kelishuvi va ijtimoiy-mehnat nizolarni tartibga solish bo‘yicha davlatning vositachilik roli bilan 
ishga yollanuvchi va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar tizimi sifatida 
shakllangan
163
.
XX asr oxiri – XXI asr boshida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Evropaning 
qator mamlakatlari nohukumat sektori bilan hamkorlikka oid yagona davlat siyosatini ishlab 
chiqish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bu esa davlat va nohukumat 
sektorining ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar rivojlanishga oid dolzarb masalalarni hal 
etishdagi sa’y-harakatlari va resurslarini birlashtirishga keng imkoniyat yaratib berdi. Oqibatda 
esa fuqarolarning siyosiy hayotdagi ishtirokini faollashtirish, davlatni aholiga ayrim xizmatlarni 
ko‘rsatish yukidan qisman ozod qila oladigan hamkorlikning mexanizmlarini yaratishga 
erishildi. Evropada davlat institutlarining NNTlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning 
muhimligi bir qator xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Masalan, BMTning 1968 yildagi 
Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi rezolyusiyasi (1297), «Evropada davlat boshqaruvi masalalari 
bo‘yicha oq kitob» (25 iyul, 2001 yil), «Evropada nohukumat tashkilotlar mavqeining asosiy 
prinsiplari» (16 aprel, 2003 yil) va boshqa shu kabi halqaro xujjatlarda NNTlarning davlat va 
jamiyat ishlarini boshqarishdagi roliga alohida ahamiyat qaratiladi, muloqot va maslahatlashuv 
orqali o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi hamda muayyan davlat ko‘magi shakllarini taqdim 
etish mexanizmlarini joriy etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari 
zamonaviy fuqarolik jamiyati modelini yaratish, uning davlat boshqaruvidagi samarali ishtirokini 
ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunday zamonaviy model asosida jamiyat va 
davlat boshqaruvida fuqarolik institutlarining o‘rni hamda ahamiyatini mustahkamlash, 
jamoatchilik tuzilmalari va davlat organlarining ijtimoiy sheriklik asosidagi hamkorligini yanada 
rivojlantirish mumkin. SHu bilan birga, davlatning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan 
hamkorligi ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga hamda fuqarolik jabhasida yuz berayotgan 
jarayonlarning chuqur tizimli tahlil qilib borishga keng imkon beradi. Masalan, Fransiyada 
davlat nohukumat tashkilotlarini hukumat siyosatini shakllantirishga faol jalb qiladi, vazirlik va 
idoralar huzurida tashkil etilgan kengashlar faoliyatning boshqa shakl va usullari orqali fuqarolik 
institutlari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yadi. SHuning bilan bir qatorda Fransiyada 
fuqarolik jamiyati institutlari taraqqiyotini monitoring qilish usullarini muntazam ravishda 
yangilab borilishi, jamoat birlashmalarining mamlakat hayotida tobora ortib borayotgan o‘rni 
masalalarini o‘rganish hamda ularning davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorligini tahlil 
qilish uchun qulay imkoniyatni yaratib bermoqda. Bunda Evropada istiqbolni belgilash va 
xavfsizlik instituti hamda Fransiya va Evropa Ittifoqining fuqarolik jamiyati taraqqiyoti 
masalalari bilan shug‘ullanuvchi boshqa tahliliy markazlarining samarali faoliyati e’tiborga 
molikdir
164
.
AQSHda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi dolzarb masalalarni echishda 
davlat organlari va NNTlarning o‘zaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish shakl-tamoyillari 
va yo‘nalishlariga jiddiy e’tibor qaratiladi. SHu bilan birga bu mamlakatda davlat hokimiyati 
organlari faoliyati, ular tomonidan qonunchilik aktlarining bajarilishi yuzasidan jamoatchilik 
163
Helmut K. Anheier, Stefan Toepler, International Encyclopedia of Civil Society, Springer-Verlag New York Inc., New York 
2010. 
164
Чилкот Рональд Х.Теории сравнительной политологии. В поисках парадигмы /Пер. с англ. - М.: ИНФРА-М, 
Издательство «Весь Мир», 2001.-560с. 


153 
nazoratini olib borish mexanizmi va tajribasi ham o‘ziga xos ravishda takomillashtirilgan
165

SHuningdek, AQSHdagi davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro ijtimoiy hamkorligi tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarining takomillashuvi davlat rivojlanishining dolzarb masalalari 
echimidanafaqat aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshiradi, balki davlat organlari uchun 
umumdavlat miqyosidagi dolzarb masalalarni echish imkoniyatlariga sharoit yaratadi. Bunday 
jiddiy strategik masalalarni ishlab chiqishda Xalqaro munosabatlar Milliy demokratik instituti, 
Djon Xopkins Universiteti qoshidagi fuqarolik jamiyatini o‘rganish Markazi, Notijorat huquqlar 
Xalqaro markazi va boshqa shu kabi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda nodavlat 
tashkilotlarining o‘rni katta hisoblanadi. AQSHda hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratini 
kuchaytirish tizimi ancha rivojlangan. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin