O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   169
Fuqarolik jamiyati

3.
 
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish - fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va 
mamlakatni modernizatsiya qilish omili 
Mamlakatimiz 
konstitutsiyasi 
negizida 
o‘zining ifodasini topgan qoidalarga hamda 
jamiyatimizning isloh etishning “o‘zbek modeli” asoslariga tayanilgan holda yurtimizda zamonaviy 
demokratiya mezonlari va tamoyillariga hamohang ravishda fuqarolik jamiyati bosqichma-bochqich 
ravishda shakllantirib kelinmoqda. 
YUrtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari tufayli XXI asrning dastlabki 
o‘n yilligiga kelib, jamiyatimiz o‘z taraqqiyotining tom ma’nodagi yangi sifat bosqichiga qadam qo‘ydi. 
Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda erishilgan ulkan ijobiy natijalar mamlakatimizni 
taraqqiy ettirishning, modernizatsiya jarayonlarini kuchaytirishning yangi strategik asoslarini yaratilishi 
uchun zamin bo‘lib xizmat qildi.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning 2010 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida 
jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning yangi strategik yo‘nalishlarini belgilab bergan 
Konsepsiya asoslab berildi.
Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyotining endilikdagi keng istiqbollarini ochib 
berish uchun dasturul amal bo‘lib xizmat qiluvchi Konsepsiyasi, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan 
150
Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партиялар тўғрисида”ги Қонуни. // Ўзбекистон Республикаси Олий 
Мажлисининг Ахборотномаси, № 2 (1250). 1997. –Б. 12. 


140 
siyosiy yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining yangi, yanada yuqoriroq bo‘lgan bosqichi 
boshlanganligining amaldagi ifodasi bo‘ldi.
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek: “Biz hammamiz shuni aniq anglab olishimiz zarurki, saylovlarda 
yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib 
chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartibning belgilanishi, hukumatga nisbatan 
ishonchsizlik votumi institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga 
oshirili lozim bo‘ladigan boshqa qator chora-tadbirlar o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh 
etish va demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi ”
151

I.A.Karimov konsepsiyasida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
hamda fuqarolik jamiyatini kuchli darajada rivojlantirish asnosida demokratik yangilash va 
modernizatsiya jarayonlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishlar asoslab berildi. 
Bular, Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, Sud-huquq tizimini isloh etish, Axborot 
sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini 
ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va 
rivojlantirish, Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish 
kabi muhim va hal etuvchi ustuvor yo‘nalishlardir.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiya asosida avvalambor davlat hokimiyati 
va boshqaruvini demokratlashtirish borasida erishilgan ulkan natijalar zaminida mamlakatimizda 
demokratlashtirish jaryonlarini kuchaytirish uning institutsional asoslarini zamonaviylashtirish, hamda 
fuqarolik jamiyati zaminlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy-huquqiy bazani yanada 
rivojlantirish va zamonaviylashtirish masalalariga etakchi e’tibor qaratildi. SHuningdek, mamlakatimizda 
barpo qilinayotgan demokratiya va fuqarolik jamiyatining nazariy va g‘oyaviy asoslari ham har 
tomonlama boyitila boshlandi. Bu o‘rinda avvalambor mamlakatimiz Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizga 
kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilish borasida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini alohida e’tirof qilib o‘tish joizdir.
Davlatimiz 
rahbari 
tomonidan 
ilgari 
surilgan 
Konsepsiyaning 
g‘oyalariga binoan 
Konstitutsiyamizning mamlakatimiz davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarish bilan bog‘liq 
yuridik xususiyatlari hamda tamoyillari eng zamonaviy demokratik taraqqiyot manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda yanada takomillashtirildi. Vakillik demokratiyasining etakchi ustuni bo‘lgan qonun 
chiqaruvchi hokimiyatining faoliyati timsolida, xalqning davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi 
haqidagi konstitutsiyaviy demokratik qoidani yanada yuqori darajada amal qilishi uchun, 
Konstitutsiyamiz 
bag‘rida 
yangi 
huquqiy-siyosiy 
asoslar 
belgilab 
qo‘yildi. 
Xususan, 
Konstitutsiyamizning XVIII, XIX, XX boblariga va jumladan 32, 78, 93, 96, 98, 103 va 117 moddalariga 
qo‘shimchalarning kiritilishi mamlakatimiz Asosiy Qonunining huquqiy normalarini vorisiylik asosida 
yangi demokratik qoidalari bilan to‘ldirilishini ta’minladi.
Konsepsiya asosida shu paytga qadar 27 ta qonun hamda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul 
qilindi. Jumladan, “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi (2010 yil 22 dekabr), “Oilaviy tadbirkorlik 
to‘g‘risida”gi (2012 yil 26 aprel), “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida”gi (2012 yil 24 sentyabr), “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi 
to‘g‘risida”gi (2012 yil 4 oktyabr), “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-qoidalari 
to‘g‘risida”gi (2012 yil 20 dekabr), “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi (2012 yil 25 dekabr), “Garov 
reestri to‘g‘risida”gi (2013 yil 23 oktyabr), “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi (2013 yil 27 dekabr), “Davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi (2014 yil 5 may), “Ijtimoiy 
sheriklik to‘g‘risida”gi (2014 yil 28 avgust), “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi (2015 yil 25 
avgust) yangi qonunlar qabul qilindi.
SHu bilan bir qatorda, Konsepsiya zaminida bir qator qonun hujjatlariga demokratik mohiyatga ega 
bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, 2012 yil 18 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat-protsessual kodeksining, 2012 yil 19 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi 
qonunlarning qator bob va moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. SHuningdek, 
jamiyatimizdagi o‘zgarishlarga hamohang tarzda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2011 yil 26 aprel), “Tadbirkorlik 
151
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. -Б. 15. 


141 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2012 yil 2 may), “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2012 yil 24 dekabr), 
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2013 yil 22 aprel), “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va 
uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2013 yil 22 aprel), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish haqida”gi (2014 yil 6 may) qonunlar qabul qilindi. 
Konsepsiya zaminida mamlakatimiz Konstitutsiyasi va uning huquqiy normalarida mamlakatimiz 
demokratik taraqqiyoti uchun va fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan yangi 
qoidalar o‘z aksini topdi. Jamiyatimizni modernizatsiya qilishning zamonaviy demokratik-huquqiy 
poydevori izchil mustahkamlandi. Jumladan, ta’kidlab o‘tish joizki, Konstitutsiyamizning 98-moddasi 
yuridik moddalarga jamiyatimizda davlat boshqaruvini tashkil qilinishi va amalga oshirilishining hozirgi 
zamon uchun eng samarali bo‘lgan yangi qoidalar kiritildi. Bular, “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya 
yoki teng miqdordadagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya 
tomonidan taklif etilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri va O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi 
deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda Bosh 
Vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqini joriy qilinishi bilan bog‘liq muhim 
qoidalardir”
152
.
Konstitutsiyamiz mazmuniga bunday qoidaning kiritilishi natijasida jamiyatimiz siyosiy tizimi 
amal qilishining demokratik tamoyillari va asoslari yanada mustahkamlandi ya’ni, Qonun chiqaruvchi 
hokimiyatning demokratik vakolatlari va imkoniyatlari yanada oshirildi. Bu bilan uning ijro etuvchi 
hokimiyat bilan demokratik balansini yanada mutanosibroq darajaga ko‘tarilishi uchun zaminlar yaratildi. 
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov shu munosabat bilan ta’kidlaganidek: “Konstitutsiya va uning 
asosida yaratilgan qonunchilik bazasi, shuningdek, 2010 yilda qabul qilingan Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, 2011 
va 2014 yillarda Bosh qomusimizga kiritilgan tuzatishlar jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va 
liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish 
bo‘yicha puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan, dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb 
tan olingan dastur asosini tashkil etdi. Ayni shu model zamonaviy, jadal va barqaror rivojlanib 
borayotgan davlatning shakllanishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi, desak, hech qanday 
mubolag‘a bo‘lmaydi”
153
.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining hozirgi 
bosqichida fuqarolik jamiyatining mustahkam zaminlarini barpo qilishga qaratilgan islohotlar keng 
ko‘lamli ravishda rivojlantirib borilar ekan, bu o‘rinda jamiyat miqyosida demokratiyaning institutsional 
va sotsial zaminlarini eng yangi konseptual yondashuvlar asosida rivojlantirish vazifalariga hal qiluvchi 
ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Ushbu vazifalarni amalga oshirib borilishi o‘z navbatida inson, uning uning huquqlari va 
erkinliklarini kengaytirib borishga, ya’ni demokratik yangilanish, liberallashuv jarayonlarining ijtimoiy 
o‘zagini mustahkamlashga yo‘g‘rilgan tub islohotlarni real ravishda amalga oshishida asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Mana shunday holatda ya’ni bir tomondan demokratiya institutlari samaradorligi va imkoniyatlarini 
kengaytirib, zamonaviylashtirib borilishi ikkinchi tomondan esa demokratik jarayonlarning sotsial 
zaminlarini mustahkamlab borilishini AQSHlik olim R.Dal “Demokratiyaning realistik varianti”
154
deb 
atagan edi. 
Bu o‘rinda asosiy gap demokratiyaning jamiyat miqyosida to‘liq qaror topganligini bildiruvchi 
asoslar: demokratiya institutsionallashuvi va demokratiyaning sotsial darajada amal qila boshlashligi 
152
Ўзбекистон Руспубликасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2014. –Б. 52-53. 
153
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация 
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. // Халқ сўзи, 2015. 6-декабрь, № 236 (6419) 
154
Қаранг: Полис, № 2 2004, -Б 79. 


142 
masalasi ustida bormoqda. Demokratiyaga nisbatan qo‘yilayotgan bunday mezonlar davr talablarining 
mahsulidir. 
Zeroki, 
zamonaviy 
tendensiyalar 
demokratiya 
o‘lchamlarini yangi darajalarda 
kengaytirilishini talab etmoqda. Bunday holat ayniqsa demokratiyaning barcha etakchi institutlari, 
ustunlarini zamonaviylashtirilishini ob’ektiv ravishda taqozo qiladi. 
SHu jihatdan kelib chiqilganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning 
hozirgi bosqichida etakchi e’tibor, demokratiya institutlarini, zamonaviy demokratiya normalari, 
qoidalarini jamiyatimizning barcha jabhalarida chuqur qaror toptirish, uning sotsial darajada 
konsolidatsiyalashuviga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib modernizatsiya qilishga 
qaratilayotganini izchil zamonaviy demokratik siyosatining namunasi, deb hisoblash mumkin. 
Jamiyatimizda ushbu jarayonlarni bevosita amalga oshirishi natijasida bunungi kunga kelib
demokratik yangilanishlar borasida mislsiz katta natijalarga erishildi. Ayni paytda ana shu natijalar 
asosida demokratik qadriyatlarning institutsional zaminlarini rivojlantirish uchun siyosiy, ijtimoiy, 
huquqiy va ma’naviy imkoniyatlar bazasi shakllantirildi. Zamonaviy demokratiyaning mazmun va 
mohiyati talablariga javob bera oladigan siyosiy hamda sotsial munosabatlar tamoyillari hayotimizda 
tobora chuqurroq o‘rin olib bormoqda.
Mamlakatimizni yangilash va zamonaviylashtirish jarayonlarining hozirgi bosqichida demokratiya 
institutlarini takomillashtirish vazifalariga e’tibor berilar ekan, bunda demokratiyaning asosiy va hal 
qiluvchi ustuni bo‘lgan, demokratiyaning mohiyatini belgilab beradigan xalq hokimiyatchiligini amalga 
oshirish prinsiplarini yanada kengroq ro‘yobga chiqarish masalalariga birinchi darajali ahamiyat 
qaratilmoqda.
Vatanimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining hozirgi bosqichida Davlatimiz rahbari 
tomonidan asoslab berilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”ning nazariy asoslariga tayangan holda demokratiya va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va qaror toptirishning zamonaviy tamoyillarini keng ko‘lamli ravishda 
joriy qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
SHu munosabat bilan demokratlashuv va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hodisasi uzluksiz va 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyaviy asosga tayanilgan holda islohotlarni 
rivojlantirib borish, jamiyatimizni yangilash va zamonaviylashtirish strategiyasida ustuvorlik qilmoqda. 
Birinchi Prezidentimiz xulosa qilganidek: “Biz shuni yaxshi anglashimiz kerakki, demokratiya 
hech qachon bir xil shakl yoki mazmunda bo‘lmaydi. Demokratiya degani – bu hamisha o‘zgarib 
turadigan hayot tarzi, jamiyat tizimining rivoji bilan uzviy bog‘liq. 
Demokratiya – inson, jamiyat, davlat degan uch sub’ekt o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan, bir-birini 
boyitib, kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat bilan, 
jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi”
155

Davlatimiz rahbarining mazkur g‘oyalari asosida demokratiya va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi 
o‘zaro mohiyatan bog‘liqlik holati asoslanib, jamiyatimizda demokratlashuv jarayonlari xususiyatlarini 
zamonaviylashtirish orqali fuqarolik jamiyati tuzilmalarining kengayib, rivojlanib borishi uchun zarur 
bo‘lgan demokratik mexanizmlarni yanada yuqoriroq pog‘onada shakllantirish masalalariga ustuvor 
vazifalar sifatida qaralmoqda. Ayni paytning o‘zida demokratiya g‘oyasining muhim jihatlaridan biri 
bo‘lgan huquqiy davlatni jamiyatimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-huquqiy zaminlarini ta’minlovchi 
muhim omil sifatidagi rolini va ahamiyatini yanada oshirish choralari ko‘rilmoqda. 
Ushbu holatdan kelib chiqib, demokratik islohotlarni kuchli rivojlantirish asosida huquqiy 
davlatchilik tamoyillarini va institutsional asoslarini izchil mustahkamlash va fuqarolik jamiyatini qaror 
toptirishga 
yo‘naltirilgan taraqqiyot strategiyasining konseptual, normativ asoslari ham 
zamonaviylashtirilmoqda. 
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Hech kimga sir emas, faqatgina huquqiy davlat sharoitida 
demokratik tartibga erishiladi va shunday tartib saqlanadi, demokratik institutlar va qadriyatlar hayotga 
tatbiq etiladi, inson huquq va erkinliklari, eng asosiysi, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasi amalda 
ta’minlanadi”
156

155
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. –Т.: 
Ўзбекистон, 2015. –Б. 103. 
156
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация 
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. //Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь, №236 (6419) 


143 
Mazkur konseptual g‘oyalar asosida bugungi kunda mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy 
modernizatsiya jarayonlari o‘z tarkibiga quyidagi muhim jihatlarni qamrab olmoqda: 
Birinchidan, qonun ijodkorligi faoliyatini yanada rivojlantirish orqali, Konstitutsiyamiz 
normalariga tayangan holda demokratik islohotlarni va fuqarolik jamiyatini qaror toptirish ehtiyojlari va 
aniq maqsadlaridan kelib chiqib, yangi qonun va qonunchilik xujjatlarini qabul qilib borish ishlarini 
yanada rivojlantirish; 
Ikkinchidan, qonunlarni hayotga joriy qilishning yanada samaraliroq mexanizmlarini vujudga 
keltirish; 
Uchinichidan, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning muhim omili va vositasi sifatida 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini rivojlantirish va shakllantirish. 
Mazkur g‘oyalarni bosqichma-bosqich va izchillik bilan jamiyatimiz hayotiga tadbiq etib 
borilayotganligi bois hozirgi vaqtga kelib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar o‘z 
tarkibiga mohiyatan davrimizning eng zamonaviy mezonlariga mos keluvchi yangi asoslarini qamrab 
olmoqda. Buning zaminida yurtimiz mustaqil demokratik taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi va maqsadi 
bo‘lgan fuqarolik jamiyatini chuqur qaror toptirish uchun huquqiy-ijtimoiy zaminlar kuchli darajada 
mustahkamlandi, Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari rivojlantirildi. 
SHu munosabat bilan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, qonunlar 
va boshqa ko‘plab qonunchilik xujjatlari fuqarolik jamiyatini yuksaltirishda, mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishda fuqarolik institutlari, ommaviy axborot 
vositalari rolini kuchaytirish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirnish, fuqarolarning ijtimoiy hamda 
mehnat huquqlarini himoya qilish borasida sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab berdi”
157
.
Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining 
muhim 
tarkibiy 
qismi 
bevosita 
islohotlarning 
iqtisodiy 
asoslarini 
mustahkamlash 
va 
zamonaviylashtirishga qaratilgandir. Zero, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik iqtisodiyot 
fuqarolik jamiyatini ijtimoiy poydevorini shakllantirishning hal qiluvchi bo‘g‘inidir. Aynan rivojlangan 
iqtisodiyot fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini yuksak darajada ta’minlashga xizmat qilish orqali 
fuqarolik jamiyatining fundamental elementi bo‘lgan ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun manbaa 
bo‘lib xizmat qiladi. 
YUrtimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi zamon bosqichining ustuvor 
strategik yo‘nalishlarining tub mohiyatida zamonaviy modernizatsiyani tashkil etish va rivojlantirishning 
barcha muhim xususiyatlari qamrab olingan. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnik va texnologik jihatdan yangilash zaminida yuksak rivojlangan 
mamlakatlar erishgan yuqori sifat darajalaridan mutlaqo qolishmaydigan samarali tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish va uning zaminida mamlakatimiz aholisining hayot darajasini muttasil oshirib borish 
hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirsh uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy farovonlik va erkinlikni ta’minlash 
– mamlakatimizni modernizatsiya qilishning muhim iqtisodiy yo‘nalishi sifatida belgilandi. 
Ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2015 yilda va undan keyingi 
yillarda mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning yangi strategik yo‘nalishlari vazifalaridan 
kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga 
mo‘ljallangan Harakat Dasturi taqdim etildi. Unga ko‘ra ettita muhim strategik-iqtisodiy vazifalar 
belgilandi. Jumladan, Harakat dasturida ta’kidlanganidek, “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy 
o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturini tayyorlash 
doirasida jami qiymati 38 milliard dollarga teng bo‘lgan 870 ta yirik investitsiya loyihasi ro‘yxati 
shakllantirildi. Ushbu loyihalarga binoan 415 ta yangi korxona barpo etish hamda 455 ta ishlab turgan 
korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash nazarda tutilmoqda. 
Dasturning prinsipial tarzda ajralib turadigan jihati shundaki, eksportga mo‘ljallangan ichki va 
tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lgan mahsulot turlarini aniqlash va yuqori texnologiyaga asoslangan 
ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilgan”
158

157
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация 
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. // Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь, №236 (6419) 
158
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг яқин муддатга ва узоқ истиқболга мўлжалланган Ҳаракат дастури 
// Халқ сўзи, 2015 йил 27 январь. 


144 
Bu o‘rinda alohida e’tirof etib o‘tish joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-
ijtimoiy yo‘nalishdagi islohotlar o‘z mohiyatiga ko‘ra mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlari 
manfaatlarini ko‘zlaydi. Buning samarasi o‘laroq aholining moddiy ahvoli bo‘yicha keskin 
tabaqalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumki, bunday holat fuqarolik jamiyati ijtimoiy asoslarining 
barqarorligini ta’minlovchi muhim manbadir. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda eng ko‘p daromad 
oladigan aholi bilan, eng kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq nihoyatda qisqarib 7,8 barobarga 
tushganligi jamiyatimiz a’zolarining farovonlik darajasi ortib, sotsial himoya vositalari rivojlanib 
borayotganidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirishning 
muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin