171
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
208
qonunlarda yoshlar orasida odob-axloqni buzishga,
shu jumladan, pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, huquqbuzarliklar
sodir etilishiga tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi belgilab
qo‘yilgan.
SHu asosda,yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklarini yanada kengroq ruyobga chiqarish, ularni axborot xurujlaridan himoyalashning
huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida zarur choralar ko‘rilmoqda. Jumladan,
bugungi kunda “Bolalarni ularning sog‘lig‘i va ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi
tayyorlanmoqda. U bolalarning ruhiyatiga zarar etkazadigan, jismoniy va ma’naviy
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotlardan himoya qilish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solish, ommaviy axborot manbalarida zo‘ravonlik, axloqsizlik
hamda shafqatsizlikni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan amaliy-tashkiliy va
huquqiy mexanizmlarni nazarda tutadi.
209
Xullas, yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ommaviy
axborot vositalarining fuqarolikjamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada
mustahkamlashga, fuqarolarning so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy
huquqlarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida,
mamlakatimizda OAV larning barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati tamoyillarini qaror
toptirishning muhim omillaridan biriga aylantiradi.
11-MAVZU. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
Dostları ilə paylaş: