O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishihuquqiy asoslarining rivojlanishi



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169
Fuqarolik jamiyati

3.Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishihuquqiy asoslarining rivojlanishi 
Mustaqillikka erishilishi bilan O‘zbekistonda mahalla institutiga mustahkam huquqiy 
poydevor yaratishning faol jarayoni boshlandi. Birinchi huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi bo‘ldi, uning 105-moddasida quyidagicha belgilab qo‘yilgan: "SHaharcha, 
qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil 
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning masla-hatchilarini saylaydi".
219
Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 9 декабрда қабул қилинган "Прокуратура тўғрисида"ги Қонунининг 2001 йил 
29 августда қабул қилинган Ўзбекистон Республикаси қонуни билан тасдиқланган таҳрири // Ўзбекистон Республикаси 
Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 йил, N 9-10, 168-модда. 
220
Маликова Г.Р., Исмоилова Г.С. “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон 
Республикаси Қонунига шарҳ. – Т.: Ўзбекистон, 2009. Б. 50. 
221
Ўзбекистон Республикасининг “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Қонуни мониторинги 
/ Масъул муҳаррир Ф.Ҳ. Отахонов. – Т., 2006. – Б. 32. 


178 
Konstitutsiyaning ushbu qoidasi mahallaning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish 
uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. SHunday qilib, 1993 yil 2 sentyabr kuni "Fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun ilk marta 
qonunchilik darajasida mahalla faoliyatini tartibga soldi, ya’ni uning huquqiy maqomini belgilab 
berdi. 
Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab bo‘layotgan 
demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari mahalla 
institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati tug‘ildi. Natijada 1999 yil 14 aprel kuni 
"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 
Unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qo‘yildi, mahalla 
faoliyatining asosiy tamoyillari, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab 
berildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi. 
2004 yil 29 aprel kuni «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi 
to‘g‘risida"gi qonun mahalla faoliyatini demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu 
qonunda, birinchidan, fuqarolar yig‘ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab 
berildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi, ikkinchidan, saylov jarayonining barcha 
bosqichlari batafsil tartibga solindi, uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat 
yaratildi. 
Mahalla o‘z faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha ham davlat ko‘magini ola boshladi. 
SHunday qilib, rais, mas’ul kotib, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi rahbari va fuqarolar 
yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisidan 
iborat to‘rt nafar mas’ul shaxs ishi, shuningdek, mahallaning qo‘shimcha xarajatlari davlat 
hokimiyatining mahalliy organlari byudjetidan moliyalashtirilmokda. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik 
jamiyati sari konsepsiyasi”ni hayotga tatbiq etishda eng muhim tashkiliy-institutsional bo‘g‘inga 
aylandi. Olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 2003 yilning o‘zidayoq 
fuqarolarning umumiy hisobda 65,1%i o‘z oilasi yoki o‘zlarining muammolarini hal etish 
borasida fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilib turgan
222
. Bu ko‘rsatkich bugun yanada 
mustahkamlanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda mahalla aholiningishonchini to‘la oqlamoqda. 
Darhaqiqat, mahalla - O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim instituti. 
Aynan mahalliy hokimiyat vakolatlarini bir qismi ushbu institutga olib berilgani, uning 
ahamiyati oshib borayotganidan dalolat beradi. Mahallaning boshqaruvi milliy va 
davlatchiligimiz tajribasidan kelib chiqib, rais, ya’ni oqsoqol tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Oqsoqollar va uning maslahatchilari har 2,5 yilda bir necha nafar nomzod orasidan aholi 
vakillari tomonidan demokratik tarzda saylov asosida o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. 
CHunonchi, 2013 yil noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan saylovlardagi vakillar yig‘ilishlarida 
32292 nafar nomzod ko‘rib chiqilgani, ulardan 9756 nafar (bir o‘ringa o‘rtacha 3,3 nafar 
nomzod) eng munosiblari saylangani ham fikrimizni tasdiqlaydi. 18 foiz holatda esa fuqarolar 
yopiq ovoz berish huquqidan foydalanishdi. SHuningdek, 99618 nafar fuqarolar yig‘inlari 
raislari maslahatchilari saylandi
223

O‘tgan davr mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibida bir qator 
tuzilmaviy o‘zgartishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi 
222
Отамирзаев О. Маҳалла жамоатчилик фикри кўзгусида // Маҳалла, 2003, 15 октябрь. 
223
http://www.mahallafond.uz/uz/elections/
 


179 
“O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2004 yilning 1 iyulidan boshlab fuqarolar yig‘inining 
diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy 
etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 apreldagi qarori asosida 
fuqarolar yig‘inlarida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi 
hududlarda osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda, fuqarolar 
xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, hozirda fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarida tashkil etilgan ushbu jamoatchilik tuzilmalari safiga 50 mingdan ortiq 
posbonlar jalb etilgan. Ularning samarali faoliyati natijasida 2011 yilda 2254 ta, 2012 yilda 2331 
ta mahallada jinoyat sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi
224

Bugungi kunda aholining kundalik hayoti, atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina 
yo‘nalishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali hal etilmoqda. Ular aholining 
ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, tegishli hududda qonun hujjatlarining ijro 
etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, to‘ylar va boshqa marosimlar o‘tkazish 
bo‘yicha 
tavsiyalar 
beradi, 
atrof-muhitni 
muhofaza 
etadi, 
obodonlashtirish 
va 
ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini tashkil etadi, 
qayta tashkil etadi va tugatadi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi, guzarlar barpo etadi, 
kommunal to‘lovlarni to‘lanishiga ko‘maklashadi, kam ta’minlangan yoshlarning nikoh tuzishida 
va to‘y tadbirlarini o‘tkazishida moddiy yordam ko‘rsatadi, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini 
bankdan kredit olishiga kafil bo‘ladi va h.k
225
.
Darhaqiqat, olib borilgan islohotlar natijasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari faoliyat qamrovi kengaydi. Buni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida 
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar misolidan ham ko‘rish 
mumkin. 2013 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra fuqarolar yig‘inlaridagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 
komissiyalar ro‘yxati quyidagilardir: 
-
yarashtirish komissiyasi; 
-
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya; 
-
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya; 
-
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya; 
-
voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya; 
-
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalari bo‘yicha komissiya; 
-
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha 
komissiya; 
-
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya. 
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar 
yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalari ham tuzilishi mumkin
226

Komissiyalar turli sohalardan iborat tarkibda fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashadi. Bunday 
komissiyalar 2011 yilning o‘zidayoq 50 mingdan ortiq edi
227
. Ular boshqa funksiyalar bilan birga, turli 
tashkilotlar ustidan jamoatchilik nazoratini ham olib boradi.Xususan, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini 
eshitish amaliyotining tobora takomillashib borishi, o‘z navbatida, hududlarda qonun hujjatlarining 
224
http://www.mahallafond.uz/uz/articles/814/ 
225
“Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонуни // Ўзбекистон қонун 
ҳужжатлари тўплами. 2013, 17 (569)-сон. –Б. 9-10.
226
“Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонуни // Ўзбекистон қонун 
ҳужжатлари тўплами. 2013, 17 (569)-сон. –Б. 17.
227
Насруллаев И. Фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органлари тизимини ислоҳ этишнинг истиқболлари // 
Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. 2012, 3-сон. –Б. 22. 


180 
ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish, eng muhimi, 
fuqarolarning turmush farovonligini oshirish tizimini yanada takomillashtirishda alohida o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 9 iyuldagi "Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida"gi Farmoni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Namunali, fuqarolik jamiyatiga xos loyihalarni 
amalga oshirayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa nodavlat notijorat 
tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash ularga zarur yordam ko‘rsatish masalalari mamlakatimizda 
muvaffaqqiyatli amalga oshirilayotgan bir qator ijtimoiy dasturlarda o‘z aksini topganligini 
alohida qayd etish lozim. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2012 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ilgari surgan "Demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi"da 
"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish zarurligini ta’kidlagan edi. Bunda mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish 
markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor 
qaratish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013 yil 30 sentyabrda 
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika 
kengashini tashkil etish to‘g‘risida”, 2013 yil 7 oktyabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul 
qilindi. Ushbu qarorlar bilan sohaga oid 15 ga yaqin nizomlar tasdiqlangan bo‘lib, ular 
mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni 
mustahkamlash, yoshlarni ona-vatanga va milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash, 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga 
ko‘maklashish, fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil 
etishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. SHu jumladan, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta komissiyasi faoliyatiga oid tasdiqlangan namunaviy Nizomlarning 
amaliyotga tatbiq etilishi mahallalar ishiga keng jamoatchilikni jalb etishga katta turtki beradi. 
Ayni paytda, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1992 yilda Respublika “Mahalla” 
xayriya jamoat fondining tashkil etilganligi va o‘tgan yillar mobaynida uning faoliyatini 
takomillashtirishga bo‘lgan e’tibor mahallalarda milliy qadriyatlarni e’zozlash va targ‘ib etish, 
madaniy-ma’rifiy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish, shuningdek, aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida keng 
ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlamoqda. Xususan, ushbu jamoat 
tashkiloti tomonidan fuqarolar yig‘inlariga uslubiy ko‘maklashish maqsadida 2006 — 2013 
yillar davomida 30 dan ortiq qo‘llanma va adabiyotlar tayyorlanib, barcha fuqarolar yig‘inlariga 
etkazib berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti 
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash 
maqsadida, birgina 2013 yilning o‘tgan davri mobaynida mahallalarda 245 mingga yaqin 
ma’rifiy-madaniy tadbirlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishida Fondning hududiy tuzilmalari 


181 
tomonidan mahallalarga uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatildi. SHuningdek, bu borada fuqarolar 
yig‘inlarida jamoatchilik asosida 7 mingga yaqin targ‘ibot guruhlari faoliyati samarali yo‘lga 
qo‘yildi, 6 mingdan ortiq mahallalarda “Ma’naviyat xonalari”, 3400 dan ziyod axborot-resurs 
markazlari tashkil etildi. 
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini 
ta’minlashdagi faoliyatini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribasini keng ommalashtirish maqsadida 
“Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari”, “Fuqarolar yig‘inlarining eng 
namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” kabi 
ko‘rik-tanlovlarning an’anaviy tarzda har yili o‘tkazilishi va unda qariyb barcha fuqarolar 
yig‘inlarining ishtiroki ta’minlanmoqda. 
SHuningdek, mahalla yoshlari o‘rtasida sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish 
maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz 
pahlavonlari”, “Otam, onam va men — sportchilar oilasi” kabi sport musobaqalari muntazam 
tashkil etilib kelinmoqda. Birgina joriy yilda 9 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan 
mazkur sport musobaqalariga qariyb 2 millionga yaqin bolalar va o‘smirlar jalb etildi. Ayni 
paytda, mahallalarda bolalar maydonchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish 
maqsadida 2013 yilda “Mahalla” fondi hisobidan jami 106 ta bolalar maydonchasi qayta 
ta’mirlandi, 41 tasi yangi qurildi, 2985 ta bolalar maydonchasi obodonlashtirildi. Bundan 
tashqari, hududlarda 172 ta minifutbol, voleybol, basketbol maydonchalari qurib bitkazilib, 
foydalanishga topshirildi. 
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 
borasida Fond hisobidan 2006 - 2013 yillar mobaynida 4936 ta fuqarolar yig‘ini zamonaviy 
kompyuter jamlanmasi, 5075 tasi mebel jihozlari bilan ta’minlandi. SHuningdek, 724 ta mahalla 
binolari joriy, 120 tasi kapital ta’mirlandi va 92 tasi rekonstruktsiya qilindi, namunaviy loyihalar 
asosida 74 ta mahalla guzari qurib, ishga tushirildi. 
Fuqarolar yig‘inlari hududida istiqomat qilayotgan ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash 
bo‘yicha ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish 
maqsadida 8700 dan ortiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida “Ota-onalar 
universitetlari”ni tashkil etishga ko‘maklashildi. O‘tgan davr mobaynida ushbu jamoatchilik 
tuzilmalari tomonidan 45 mingdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. 
Fond faoliyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash 
masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada birgina 2011 - 2013 yillar davomida 
Fond hisobidan 16 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. 31300 ga yaqin fuqarolarga 
oziq-ovqat va kiyim-kechaklar, 2600 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga bir boshdan qoramol olib 
berildi. 5 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan, ularga nikoh 
va to‘y tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatildi. 
Har yili mahallalar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, muqaddas 
qadamjolarni tartibga keltirish maqsadida umumxalq xayriya hasharlari an’anaviy tarzda tashkil 
etiladi. Istiqlol yillarida bunyodkorlik va tashabbuskorlik, ezgulik va shijoat timsoliga, ma’naviy 
hayotimizning uzviy qismi sifatida umummilliy an’anaga aylangan ushbu tadbirda 18 millionga 
yaqin fuqarolar, shu jumladan, 10 milliondan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda. Birgina 
mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan joriy yilning 24 — 25 avgust kunlari 
o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari kunlarida 960 ta ziyoratgoh va 9 mingdan ortiq 


182 
qabristonlar, 33,3 ming gektar maydon obodonlashtirildi, 40 mingga yaqin oilalarning uy-joylari 
ta’mirlandi, 566 ta yangi bog‘ tashkil etildi. 
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish borasida keng qamrovli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida Fondning hududiy tuzilmalari hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan joriy 
yilning o‘tgan davrida 9 mingdan ortiq targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi, mahallalarda 41 
mingdan ortiq maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, hududlarda 112 mingdan 
ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashildi. Ayni paytda, fuqarolar yig‘inlari hududida 
tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini 
rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etilmoqda. Bu borada 
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan 2013 yilning 24 iyunida ushbu markazlarning 
namunaviy Nizomi qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi
228

Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi sifatida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi va 2013 
yilning 23 aprel kuni matbuotda e’lon qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda, 
jamoatchilik nazorati sohasida, xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va 
hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi vakolatlari kengaytirildi. 
Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qonunga fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, 
yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, 
fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash haqidagi me’yorlar 
kiritildi. 
Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish bilan bir qatorda, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari hamda 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish 
kafolatlarini belgilovchi alohida modda kiritildi.
Mahallani xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni 
rivojlantirish markaziga aylantirish borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 
fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va 
hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tegishli maslahat markazlarini tashkil etish 
to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, fuqarolar 
yig‘inlari huzuridagi maslahat markazlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo‘lgan 
fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilar uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etib, tadbirkorlik 
faoliyati sub’ektlari uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumotlar beradi, 
fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda har tomonlama 
ko‘maklashmoqda. 
Konsepsiyada “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
228
http://www.mahallafond.uz/uz/articles/814/
 


183 
raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari 
eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda 
mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
taklif etilgan edi. Konsepsiyadagi ana shu vazifalarning ijrosi doirasida 2013 yil 22 aprelda 
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni ham yangi tahrirda qabul qilindi
229
.
Mazkur Qonunning asosiy maqsadi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning 
maslahatchilarini saylash borasidagi fuqarolarning huquqlarini to‘laroq ta’minlashga qaratilgan 
tegishli huquqiy kafolatlarni yanada kengaytirishdan va bu bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaning 32-moddasida mustahkamlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish 
huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va 
davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”
230
– kabi 
me’yorlarni hayotga to‘liq joriy etishdan iborat. 
YAngi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 
saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar saylov tizimini yanada 
demokratlashtirish orqali fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashga shart-sharoitlar yaratib 
saylovlarni samarali o‘tishiga va bularning natijasi sifatida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va 
uning maslahatchilarini eng munosiblarini saylab olishga xizmat qilmoqda. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin