2. Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro
munosabatlari
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning mahalliy hokimiyat
organlari bilan munosabatlarida aks etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining
213
3-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan,
rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy
urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir.
Mazkur Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini
tegishli hudud doirasida amalga oshirishi mustahkamlangan.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning214 4-moddasida mahalliy davlat
hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari
belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va
viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga
ko‘maklashishlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turishlari
belgilangan. Ushbu Qonunning 1-moddasida esa Xalq deputatlari Kengashi va hokim davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlashi
belgilangan.
213
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 17-сон, 219-модда.
214
Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 2 сентябрда қабул қилинган "Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида"ги 913-
ХII-сонли Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 йил, N 9, 320-модда;
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил, № 9, 241-модда.
175
Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari turli masalalar
yuzasidan o‘zaro munosabatlarga kirishadilar. Ushbu munosabatlar fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash,
shuningdek mahalliy hokimiyat organlarini o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishdan iboratligi
ayon bo‘ldi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga
muvofiq davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga
oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga
oshirishda ularga ko‘maklashadi. Ushbu moddaga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, xususan hukumat va parlament boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga aralashmasligini ta’minlaydilar. Bunday
faoliyat qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida, dasturlarda tegishli me’yorlarni hamda
choralarni belgilash, ularning ijrosini ta’minlashdan iborat.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga
ko‘maklashishini tashkil etish barcha davlatlarda dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Masalan,
Italiya Respublikasi Konstitutsiyaning 5-moddasida mahalliy avtonomiyani tan olishi va uning
rivojlanishiga ko‘maklashishi konstitutsiyaviy tuzum tamoyili sifatida belgilangan
2
.
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarishni o‘rganish ko‘plab muammolarning mavjudligi, ularni hal
qilish borasida metodik ko‘rsatmalar, mahalla raislari (oqsaqollari), ularning maslahatchilari va
faollari malakalarini oshirish va boshqa masalalarda ko‘maklashishga muhtojligi ayon bo‘ladi.
Ushbu va boshqa masalalarni hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan
ko‘maklashishning shakl va uslublarini takomillashtirish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda mahalla faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishga ko‘maklashishga
alohida e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘n
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 2003 yilni “Obod mahalla yili”, - deb
e’lon qilib, “... mahallaning hayotimizdagi mavqei yuksak, uning qonuniy, huquqiy asoslari har
tomonlama mustahkam bo‘lib rivoj topsa, bu idorani jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy
hayotining ajralmas bir qismi, quyi boshqarish tizimi sifatida nechog‘li kuchaytirsak, buning
uchun barcha moddiy-moliyaviy sharoitlarni tashkil qilib bersak, o‘ylaymanki, bu o‘z oldimizga
qo‘ygan oliy maqsadlarga erishish yo‘lida katta qadam bo‘ladi”
215
, deb ta’kidladi.
2013 yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursini tashkil etish
to‘g‘risida»gi qarori amaliy choralardan biri bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq har bir hududda
tashkil qilingan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish
bo‘yicha o‘quv kurslari o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, bu borada mavjud muammolarni
hal etishga katta ko‘mak bo‘ldi. 2014 yil mobaynida ushbu o‘quv kurslarida, jami o‘zini o‘zi
boshqarish organlari xodimlarining 35% ni tashkil etuvchi 13 ming 983 nafar xodimlar malaka
oshirib, o‘quv kurslarining sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonda ham demokratik davlatlar kabi fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy-siyosiy
funksiyalari e’tiborga olinib, ularning davlat va mahalliy boshqaruvdagi ishtiroki, bu borada
6
Конституция Итальянской Республики // http://www.italia-ru.it/node/4657
7
Каримов И.А. Ҳаётимизнинг, тараққиётимизнинг ҳуқуқий асоси // Халқ сўзи 2002 йил 6 декабрь сони.
176
mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari alohida e’tirof etiladi
216
. Masalan, “Mahalliy davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida xalq deputatlari Kengashi va hokim
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga
jalb etishni ta’minlashi belgilangan.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida
esa yilning har choragida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar
va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga
kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitishi mustahkamlangan. Bu borada tuman
(shahar) hokimlari tomonidan 2013 yilning birinchi choragida fuqarolar yig‘inlariga 4757
marotaba, ikkinchi choragida 6459 marotaba, uchinchi choragida 5407 marotaba hisobotlar
taqdim etilganini qayd etish lozim. SHuningdek, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, bandlikka
ko‘maklashish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organlari
rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlari ham
tizimli ravishda eshitilib borilmoqda
217
.
SHu bilan birga O‘zbekison Respublikasi SHaharsozlik kodeksining 10-moddasida
fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining
shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishidagi ishtiroki
tartibga solingan
218
. Mazkur moddaga ko‘ra fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari va jamoat birlashmalari yashash va faoliyat ko‘rsatish muhitining holati, taxmin
qilinayotgan o‘zgarishlari, aholi punktlarining bosh rejalari, uy-joy-fuqarolik ob’ektlarining
qurilishi, rekonstruksiyasi, hududlarning obodonlashtirilishi, muhandislik va transport
kommunikatsiyalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli, to‘liq axborot olish
hamda shaharsozlik faoliyati haqidagi o‘zga axborotni olish huquqiga ega.Davlat organlari
fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalarining
manfaatlariga daxldor, shaharsozlik faoliyati masalalariga taalluqli murojaatlarini o‘z vakolatlari
doirasida ko‘rib chiqadilar va ularga belgilangan muddatlarda asosli javoblar taqdim qiladilar.
Barcha fuqarolar yig‘inlari tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro
etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga
rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar
ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash
qoidalariga rioya etilishi, erlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshiradi. Ushbu vakolatlari doirasida fuqarolar yig‘inlari davlat va mahalliy
hokimiyat organlari faoliyatini yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha
takliflar beradilarn, ya’ni mahalliy boshqaruvni amalga oshirishda ishtirok etadilar.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli prokurorlar axborotini
tinglash
ham
ularning
mahalliy
boshqaruvda
amaliy
ishtirokini
ta’minlaydi.
O‘zbekistonRespublikasi 2001 yil 29 avgustdayangitahrirdaqabulqilingan „Prokuratura
216
Қаранг: Маликова Г.Р., Исмоилова Г.С. “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон
Республикаси Қонунига шарҳ. – Т.: Ўзбекистон, 2009. Б. 27.
217
http://www.mahallafond.uz/uz/articles/814/
218
Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 4 апрелда қабул қилинган қонуни билан тасдиқланган Ўзбекистон
Республикасининг Шаҳарсозлик кодекси // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2002 йил, N
4-5, 63-модда.
177
to‘g‘risida”giQonuni
219
5-moddasining beshinchiqismigaasosan viloyatlar, Toshkent shahar,
tumanlar va shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar xalq deputatlari tegishli
Kengashlariga, zarurat bo‘lgan hollarda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida har yili axborot
beradilar. Bu norma prokuratura organlarining vazirliklar, davlatqo‘mitalari, idoralar,
fuqarolarningo‘zinio‘ziboshqarishorganlari, jamoatbirlashmalari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar,
hokimlar
va
boshqamansabdorshaxslartomonidanqonunlarningijroetilishiustidannazoratqilishgakengjamoatch
iliknijalbqilishiuchunhuquqiyzaminyaratadi.
Prokuratura organlarining axborotini eshitish davlat organlari faoliyatining oshkoraligini
ta’minlash barobarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari e’tiborini dolzarb
masalalarga qaratish, fuqarolar faolligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga
xizmat qiladi. Holbuki qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish ular ijrosini
ta’minlash va takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Ayrim tadqiqotchilar fikriga
ko‘ra “Ijtimoiy boshqaruv tizimida nazoratning o‘zi qaytma aloqaning muhim turi bo‘lib, u
orqali hokimiyat sub’ektlarining amldagi ahvol, qarorlar ijrosi to‘g‘risida axborot oladilar”
220
.
Mahalliy hokimiyat organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishi o‘z vakolatlari
doirasidagi masalalar yuzasidan umummajburiy qarorlar qabul qilishi, ular va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qilishdan iboratdir.
Barcha davlatlarda, fuqarorlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularga
o‘tkazilgan davlat organlari vakolatlari ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi hamda ularning
qonunga zid qarorlarining sud organlari tomonidan bekor qilinadi. Bunday nazoratga ehtiyoj
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tomonidan
o‘tkazilgan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni monitoringi natijalaridan
221
ham ko‘rish mumkin. Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha
sudlarda ko‘rilgan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlarini haqiqiy emas, deb topish haqidagi
fuqarolik ishlari yuzasidan umumlashmasi tahliliga ko‘ra, sudlar ish yurituviga kelib tushgan jami 14 ta fuqarolik
ishlaridan 12 tasi yoki qariyb 86 foizi qanoatlantirilgan.
Dostları ilə paylaş: |