167
“Elektron hukumat” tizimi joriy etilishi natijasida hozirgi kunda biz davlat
boshqaruvining mutlaqo yangi mexanizmlari shakllanishiga guvoh bo‘lib turibmiz.
2015 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida” gi
qonununi qabul qilindi.
194
Bu esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida
aholi
manfaatlariga xizmat qiluvchi, davlat organlari bilan qulay va samarali
munosabatlarni o‘rnatuvchi “elektron hukumat” tizimi izchil tatbiq etish uchun imkoniyat
yaratdi.
Elektron demokratiya hozirgi kunda o‘z rivojining boshlang‘ich pallasida turibdi,
uning salohiyati juda katta va butun dunyoda keng muhokama qilinmoqda, elektron
demokratiyani madaniyatning yangi fenomeni sifatida nazariy jihatdan mushohada qilish
esa, borgan sari dolzarb ahamiyatkasb etmoqda. Raqamli hukumat, kibersiyosat, elektron
194
Ахборот соҳасини ислоҳ қилишнинг муҳим босқичи // Халқ сўзи. - 2015 йил. - 17 декабрь.
“Электрон ҳукумат” тизимини
жорий этиш натижасида
Ҳокимият органлари фаолияти
самарадорлигини мунтазам равишда
юксалишига
Жамоат ташкилотлари ва фуқароларнинг
барча бўғинларидаги ҳокимият органлари
фаолияти тўғрисидаги
ахборот билан
танишиш ва ундан фойдаланиш
имкониятини яратишига
Ахборотнинг очиқлиги
шароитида фуқароларнинг давлат
ҳокимияти органлари вакиллари
билан бевосита мулоқот олиб
боришига
Фуқароларнинг қабул
қилинаётган бошқарув қарорлари
муҳокамасида иштирок этишига
ва пировард натижада ҳокимиятга
бўлган ишончни ошишига
Қарорлар қабул қилинишида
аҳоли иштирок этишининг
кенгайиши туфайли
ҳокимиятнинг фаолияти янада
сифатли, шаффоф бўлишига
эришилади.
168
ovoz berish, raqamli demokratiya, kompyuter vositasidagi siyosiy kommunikatsiya qaror
topishi imkoniyatining o‘ziyoq axborot jamiyati sharoitlarida siyosiy, iqtisodiy va
madaniy mexanizmlar shakllarining tubdan o‘zgarishidan dalolat beradi.
Insoniyat
madaniyat jihatdan tub burilishga yaqinlashmoqda. Bunda fuqarolarning demokratik
tartib-taomillardan foydalanish borasida keng imkoniyatlarga ega bo‘lishi, qarorlar qabul
qilinishida fuqarolar ishtirok etishining kengayishi tufayli hokimiyat yanada sifatli,
shaffof va pirovard natijada yanada samarali bo‘ladi.
Davlat o‘z xizmatlarini elektron vositalar orqali taqdim etish yo‘li bilan o‘z sa’y-
harakatlarini oddiy fuqarolar hayoti sifatini yaxshilashga qaratayotganidan dalolat
beradigan misollar ko‘p.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda bu sohada keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
2003 yilning sentyabr oyida respublikamizda elektron hukumatning eng muhim
tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan Hukumat portali ishlab chiqildi va www.gov.uz manzili
bilan internet tarmog‘ida joylashtirildi.
Bugun davlat organlari tomonidan o‘z faoliyatiga axborot tizimi hamda
resurslarini joriy qilish bo‘yicha jadal olib borilgan ishlar natijasida 320 dan ortiq davlat
axborot resurslari va 465 dan ziyod davlat axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, 2013 yilda joriy etilgan YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz
orqali aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qiluvchi 250 turdan ortiq davlat xizmatlari
elektron shaklda ko‘rsatilayotir. O‘tgan davr mobaynida ulardan 380 mingdan ziyod aholi
masofadan turib foydalangan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama
etishda fuqarolarning keng
ishtirokini ta’minlash maqsadida maxsus portal faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unda ayni
paytga kelib, foydalanuvchilar tomonidan 73 ta davlat organining 237 ta normativ-
huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha 350 dan ortiq taklif va mulohazalar bildirilgan. Bu esa
qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
195
Bugungi kunda davlat interaktiv xizmatlari soni 1088 taga etdi. Bu o‘tgan yilning
shu davridagiga nisbatan 438 taga ko‘pdir. Mamlakatda interaktiv davlat xizmatlarini
rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida soliq (soliq.uz) va statistik hisobotlar
(stat.uz)ni elektron shaklda topshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ulushi 100 foizga
etdi.
2015 yilning 6 yanvaridan my.gov.uz.da «Normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini
baholash tizimi» yo‘lga qo‘yildi. U orqali qonun hujjatlarini internet orqali muhokama
qilish mumkin. Hozirgacha YAgona portalda 131
ta qonun hujjati muhokamaga
qo‘yilgan bo‘lib, shulardan 19 tasi muhokama jarayonida, 104 tasining muhokamasi
yakuniga etgan, 8 ta hujjat loyihasi tasdiqlangan. Qonun hujjatlari loyihasini baholash
jarayonida 282 fikr qoldirilgan bo‘lib, ularning 81 tasiga javob berilgan
196
.
Axborot bilan bu kabi erkin tanishish hamda undan foydalanish tabiiy ravishda
fuqarolarda siyosat va boshqaruvda muntazam ishtirok etish uchun keng imkoniyat
yaratadi. Bu o‘rinda elektron hukumatga nisbatan muammolarning nafaqat navbatdagi
amaliy echimi, amal qilib turgan tuzilmalar va ijtimoiy munosabatlarni
modernizatsiya
qilish, balki davlatni boshqarishning yangi usuli sifatida ham qaraladi.
SHu munosabat bilan bir qator mamlakatlarda hozirgi zamon axborot
kommunikatsiyalari sharoitlariga mos keladigan qonunchilik bazasi va ma’muriy tartibga
solish qoidalari (intellektual mulk, shaxsga doir ma’lumotlar, shaxsiy hayotning
195
«Электрон ҳукумат» тизимининг ҳуқуқий асоси // Халқ сўзи. - 2015. - 2 декабрь.
196
Ягона портал:фуқаролар учун катта қулайликлар яратилмоқда // Ўзбекистон овози. – 2015. - 7-июль.
169
daxlsizligiga bo‘lgan huquqni himoya qilish vositalari) ni yanada takomillashtirishning
huquqiy, siyosiy, tashkiliy va institutsional chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu
borada hokimiyatning jamoatchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini rag‘batlantirishga
qaratilgan shart-sharoitlar yaratiladi, hokimiyatning o‘zi bunday muloqotning
tashabbuskori bo‘ladi. Bugungi kunda davlat hokimiyati organlarining tuzilmasida
jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar
mavjudligi shu bilan
izohlanadi.
Siyosiy muloqotda elektron texnologiyalardan foydalanish bunday muloqot
ishtirokchilaridan yuksak darajadagi axborot madaniyatiga hamda birgalikda interfaol
harakat qilish madaniyatiga ega bo‘lishni talab qiladi. Ayni chog‘da, ta’lim qadri oshadi,
axborot mehnatiga, “jamiyat-hokimiyat” interfaol muloqotining yangi shart-sharoitlariga
eng ko‘p darajada tayyor bo‘lgan professional tahlilchilarga bo‘lgan qiziqish kuchayadi.
Elektron demokratiyaning qaror topishi shaxs mediamadaniyati oshishini taqozo etadi,
fuqarolarning axborot makonida taklif etilayotgan medianomalarni tanqidiy tahlil etish va
ularga xolis baho berish, axborot plyuralizmining, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
foydalanish
demokratiyasi amal qilishining ijtimoiy-madaniy va siyosiy qonuniyatlarining xos
xususiyatlarini tushunish borasidagi qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Bu borada Davlatimiz rahbarining “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan,
boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari
ko‘rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks
dasturini ishlab chiqishni
jadallashtirish, Axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarini integratsiya
qiladigan milliy tizimni yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim”
197
degan fikrini alohida
qayd etish zarur.
Dostları ilə paylaş: