189
(muloqot tili, e’tiqod ob’ekti, kundalik yurish-turish me’yorlari ham shunga kiradi), umumiy istiqomat
makonining (landshaftni qamrab oluvchi) mavjudligi yoxud mavjud bo‘lganligi hamda boshqa etnoslarga
nisbatan o‘zining yagonaligini anglash va qayd qilingan nomga egalik (etnonim) asosida shakllangan ijtimoiy
birlik ham nazarda tutiladi. Ayrim etnoslarni bir-biridan farqlovchi muhim belgisi ularning o‘ziga xos madaniy
xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar har bir xalqning tarixiy-madaniy rivojlanishi jarayonida
shakllanadi va avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Fanda bu jarayon «etnik an’analar» yoxud «etnik vorislik»
deb ataladi. Bunday an’analar har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy turmushi hamda u yashayotgan tabiiy geografik
muhit bilan bog‘liq holda shakllanadi. Faqat alohida xalqlar emas, balki ularning shakllanish jarayonida ishtirok
etgan qarindosh guruhlar ham etnos deb ham ataladi.
Etnos, xalq ijtimoiy-siyosiy liderlarsiz yashamaydi, ularga strategik maqsad, xatti-harakatlariga dasturiy
mohiyat va yo‘nalish beruvchi etakchilar kerak. Bunday faoliyatni «passionarlik» konsepsiyasi orqali atroflicha
o‘rganish mumkin. Unga ko‘ra dunyoning yagona axborot-energetik manzarasida tarixda chuqur iz qoldirgan
«buyuk odamlar va xalqlar»ning faoliyati mexanizmlarini to‘g‘ri tushunish etnosni to‘liq
ilmiy manzarasini
yoritishda qo‘l keladi. CHunki ko‘pincha ijtimoiy-tarixiybosqichlar, siyosiy yutuqlar ana shunday liderlarning
hayoti va ijodi orqali, ularning etnos, xalq hayotiga optemistik g‘oyalarni olib kirgani va ularni birlashtirib, yangi
ijtimoiy birlikka aylantirgani bilan o‘lchanadi.
241
Bu nazariyaga ko‘ra, etnos, millat tarixan shakllangan ijtimoiy
bir butunlik bo‘lib, iqtisodiy, hududiy, lisoniy, madaniy, ijtimoiy-psixologik aspektlarning yaxlitligi bilan
xarakterlanadi. Unda yirik, buyuk shaxslar, guruhlar muhim rol o‘ynaydi. Etnos, millat o‘zining xususiyatlarini,
o‘zining ichidan etishib chiqqan va boshqalar tan oladigan buyuk vakillari orqali namoyon qiladi. Masalan,
o‘zbek xalqi, millati boshqa xalqlar nazarida Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Navoiy kabi
buyuk insonlar avlodlari sifatida gavdalanadi. Bundan tashqari, xalq,
millat haqida gap ketganda, ularni
birlashtirib turadigan mentalitet, yashaydigan hudud, ulardagi o‘ziga xos xususiyatlar,
insoniyat ijtimoiy
taraqqiyotida tutgan o‘rni, tarixiy merosi, ahloqiy qadriyatlari va ijtimoiy-siyosiy tajribasi ham nazarda tutiladi.
Bizga ma’lumki, dunyoda ikkita bir xil odam bo‘lmaganidek, ikkita bir xil millat ham bo‘lmaydi. SHuning
uchun ularning xarakterlari, manfaatlari, dunyoqarashlari,
ichki-ruhiy olami turlicha, bu - aksioma. Bu esa
millatlar mavjud ekan millatlararo munosabatlardagi muammolar ham saqlanib qolinishidan darak beradi.
Millatning o‘ziga xosligi uning ichki ma’naviy-ruhiy olamini tashkil etuvchimilliy erkinlik, or-nomus, qadr-
qimmat, izzat-nafs, g‘urur kabi tuyg‘ularda namoyon bo‘ladi. Agar ularga tashqaridan
yoki boshqa millatlar
tomonidan salbiy ta’sirlar ko‘rsatilsa, millatlararo, hatto, davlatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar paydo
bo‘ladi va ular og‘ir musibatlarga olib kelishi mumkin.
Etnos, xalq ijtimoiy borliqqa munosabatlarini huquqlariorqali ifoda etadi. Demokratik davlatlarda aynan
Konstitutsiya(Asosiy Qonun) va unga tayanib ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan qonunlar etnosning
ijtimoiy borliqdagio‘rnini, huquq va burchlarini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiq “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”. (7- modda); “Davlat xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi”; “Davlat organlari vamansabdor shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida ma’suldirlar”. (2-modda). “Jamiyat va davlat siyosatining
eng muhim masalalari xalq
muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.” (9-modda).
“O‘zbekiston
Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.” (12-
modda).
242
Mazkur moddalardaO‘zbekiston xalqi va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy
huquqlari, ushbu munosabatlarning asosiy prinsiplari belgilab berilgan. Mazkur huquqlar etnosning, millatning
uzoq ijtimoiy-madaniy rivojlanish jarayonida erishgan yutuqlari kvintessensiyasidir.
241
Қаранг: Зыкин Дм. Власть, элита, народ: подсознание и управляемая демократия.-М.: «Самотека», 2007.-С.
124-126.
242
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: “Ўзбекистон”, 2012.- 4 -5 б.