O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 “Etnos”
tushunchasi yunon tilidan olingan bo‘lib, uning etimologik ma’nosi xalq, qabila, to‘da, kishilar 
guruhi degan ma’nolarni anglatadi. Siyosatshunoslik fanlari doktori N.Mamanazarov yozganidek, bu termin 
(ya’ni “demos”-O.M.) kishilar guruhining muayyan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardaaktiv qatnashuviqismini 
anglatsa, “etnos”termini muayyan joy, ya’ni hududda yashovchi xalqning lokal guruhini anglatadi. Hozirgi 
paytda “etnos” termini faqatgina ilmiy doira va ilmiy adabiyotlardagina qo‘llansa, “xalq” termini esa
kundalikhayotning barcha ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalarida aktiv qo‘llaniladi. 
SHujihatdan ham “etnos” va “xalq”tushunchalari ma’lum ma’nodabir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ammo mazmun va 
mohiyat jixatidan bir-biridan farq qiladi.
239
Tor ma’noda xalq atamasiel, elat, millat, aholi, xaloyiq, olomon, muayyan guruh vakillarini anglatadi. 
Xalq so‘zi muayyan lokal hududda istiqomat qiluvchi aholiga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, qishloq xalqi, 
shahar xalqi va h.k. Kasb, muayyan mashg‘ulot yoki ma’lum tabaqaga mansub bo‘lgan kishilarga nisbatan 
o‘qituvchi xalqi, savdogar xalqi, dehqon xalqi kabi so‘zlar ishlatilishi uchraydi. Zamonaviyxalqaro huquqda ham 
xalq atamasi keng qo‘llanadi. Xalq birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida 
"Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan. 
Hozirgi vaqtda xalqaro huquqda xalqlar huquqi turli konvensiya va deklaratsiyalarda o‘z aksini topgan. SHu 
bilan birga, xalqaro hamjamiyat tomonidan umumiy tan olingan yagona "xalq" tushunchasi hozirga qadar ishlab 
chiqilmagan, faqat xalqaro huquqda emas, balki etnografik adabiyotda ham "xalq" tushunchasiga oid bahs-
munozaralar XIX asrdan buyon davom etib kelmoqda. Xalq so‘ziga berilgan ko‘pgina tavsiflardan kelib chiqib 
(xalqaro huquq doktrinasida 100 dan ortiq tavsiflar mavjud) shunday ta’riflash mumkin: xalq ma’lum bir davlat 
fuqarolarining umumiy birligini anglatadi. muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqa guruhlardan o‘z tili, 
ruhiy-psixologik holati va madaniyati, shuningdek, umumiy ongi va nomlanishi bilan farq qiluvchi siyosiy yoki 
etnoijtimoiy birlik yig‘indisi esa - etnosdir.Xalq atamasi gohida millat tushunchasiga sinonim sifatida ham 
ishlatiladi. O‘zbekiston xalqining tarixiy shakllanish jarayoni etnotarixiy makon bilan chambarchas bog‘langan 
bo‘lib, ushbu zaminda xalq sifatida rivojlanib kelayotgan etnik birlikdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin