184
muvaffaqiyatiga xizmat qilmoqda. Zero, har qanday yangilanish, hattoki liberallashtirish ham
xalqning manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Darhaqiqat, O‘zbekistondagi hayotiy islohotlarning nazariy jihatlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Birinchi chaqiriq Oliy Majlisining XIV (1999),
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining I sessiyalaridagi (2000) va Oliy Majlis palatalarining qo‘shma
majlisidagi (2005) ma’ruzalarida yaxlit konsepsiya shaklida bayon qilingan bo‘lsa, ularni
ro‘yobga chiqarish masalalari aniq dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konsepsiyalar
g‘oyalari o‘zbek xalqi madaniyati bilan umum e’tirof etilgan qadriyatlar uyg‘unligini
ta’minlashga zarur nazariy asos bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy
qoidalarini amalga oshirish XXI asrning dastlabki yillarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va jamiyatni yangilashning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga
chiqarishni, siyosiy va
iqtisodiy sohalarda
keng erkinlashtirishni, davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirishni
ta’minlash uchun zarur qonuniy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 iyun 1999 yili 296-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ªaror qabul qilindi.
Mazkur qarorda XXI asr dastlabki yillarida islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni
yangilashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish dasturlari hamda jamiyat hayotining
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur ªarorning
birinchi
bandida mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish
hukumat, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri deb
mustahkamlandi.
Davlat va jamiyat qurilishi
sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish
yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi
233
. Bular: “Jamiyat hayotining barcha
tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan qonunchilik-me’yoriy bazasini takomillashtirish va
yangilarini shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan jamoat
tashkilotlariga bosqichma-
bosqich berish konsepsiyasi”, "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini
amalga oshirish chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”, “Erkin va
mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish” dasturlaridir.
Belgilangan dasturlarning barchasi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini
erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi. Lekin liberalizmning g‘arbcha
talqini tarafdorlari
ushbu dasturlarda xususiy mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida hech qanday
tadbirlar belgilanmaganligini aytishlari mumkin. Xususiy mulkchilik O‘zbekistonda ham
demokratik huquqiy davlatning asosiy omili sifatida e’tirof etilib, uni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari alohida iqtisodiy sohadagi islohotlar dasturlarida belgilangan. SHuning uchun
ham ko‘pchilik o‘zbek olimlarining erkinlashtirishga oid fikrlarida
xususiy mulkchilikni
rivojlantirish g‘oyalariga alohida e’tibor berilmaydi.
233
Вазирлар Маҳкамасининг1999 йил 10 июндаги 296-сон қарорига 1-илова.