3.Rivojlangan SHarq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda
fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni
YAponiyada fuqarolik jamiyatini aniq belgilarini namoyon etuvchi qarashlar asosan XIX
asrning oxirlaridan boshlab ilgari surilgan. YAponiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati
asosan 1960 yildan boshlab rivojlangan bo‘lsada aynan 2006 yildan boshlab rivojlangan G‘arb
davlatlaridan farq qiladigan o‘ziga xos fuqarolik jamiyati modelini takomillashtirishga alohida
e’tibor qaratilgan.
YAponiyada rivojlantirilayotgan fuqarolik jamiyati “ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritish”
tamoyiliga asoslangan. SHuningdek, “davlat-iqtisod (bozor)-fuqarolik jamiyati” modeli ustuvor
ahamiyat kasb etadi. YAponiyada joylardagi davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy
ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan turli dastur va loyihalarni e’lon qilishni
ko‘zda tutuvchi tanlovlarni o‘tkazish huquqiga ega.
Hozirgi davrda YAponiyada fuqarolik jamiyati institutlari asosan quyidagi vazifalarni
bajaradi:
1.
Ijtimoiy sarmoyalarni shakllantirish va ko‘paytirish;
2.
Aholiga nisbatan qo‘llanilayotgan ijtimoiy xizmatlarni kengaytirishni qo‘llab quvvatlash;
3.
Jamiyatdagi turli maqsadli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan muayyan guruhlarni qo‘llab
quvvatlash va mehnat uyushmalari faoliyatini kengaytirish;
4.
YAponiyada hududiy assotsiatsiyalar faoliyatini kuchaytirish va ularni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashga erishish;
5.
YAponiyada mavjud siyosiy tizim va partiyalar faoliyatini takomillashtirish;
6.
Davlat va bozor munosabatlaridan mustaqil bo‘lgan iste’molchilar jamiyatini
rivojlantirishga erishish;
7.
Atrof-muhitni muxofaza qilish, axoli salomatligini yaxshilash va mavjud demografik
muammolarni oqilona hal etish;
8.
Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va ekologik muammolarni tadqiq etuvchi muassasalar
faoliyatini takomillashtirish va h.k.
YAponiyadan farqli ravishda Xitoyda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning retrospektiv
xususiyatlari va siyosiy islohotlar tadriji bu hududa yashovchi insonlarni fuqarolik madaniyatini
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu erda eng muhim narsa shuki Xitoyda fuqarolik jamiyati
165
O'Connell, Brian. Civil Society: The Underpinnings of American Democracy. Medford, Mass:Tufts University Press, 1999.
154
tizimida "bozor" va "ijtimoiy" sohani o‘zaro aloqadorlikda bosqichma-bosqich rivojlanishi
alohida ahamiyat kasb etadi. Xitoyda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish
asosan 1949 yildan boshlab asosiy bosqichni bosib o‘tgan bo‘lsada, avvalo fuqarolik jamiyati
institutlarining dastlabki tuzilmalari faoliyati asosida Xitoy ma’muriy tizimini mustahkamlashga
e’tibor qaratilgan. 1989 yildan boshlab Xitoyda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati keng
miqyosda tashkil etilgan.
Xitoyda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida bir qancha to‘siqlar mavjud, ulardan biri –
xitoy madaniyatida fuqarolik jamiyati an’analarining oldin mavjud bo‘lmaganligi. Buning
echimi, kaliti Xitoy “xalq jamiyati”ni “fuqarolik” jamiyatiga – “xalq”ni “fuqaro”ga almashtirish
kerak. Xitoyning siyosiy jihatdan rivojlanishi fuqarolarda fuqaroviy ong va fuqarolik
madaniyatini tarbiyalash, siyosiy tizimni isloh qilish va demokratiyani rivojlantirish bilan
xarakterlanadi. Xitoy sotsiologlarining fuqarolik jamiyati tushunchasiga munosabati ham o‘ziga
xosdir. CHunki bu mamlakatda fuqarolik jamiyati nodavlat va davlatdan tashqari tashkilotlar
sifatida jamoaviy o‘z-o‘zini boshqarish asosni tashkil qiladi. Ularning fikricha, fuqarolik
jamiyati – asta-sekin qudratli davlatning bozor va ijtimoiy munosabatlar sohasidan
chetlashtirilishi, fuqarolik jamiyatining muhim komponentlaridan biri fuqaroviy-ijtimoiy
tashkilotlar kabi shakllarinishi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Xitoyda fuqarolik jamiyati
shakllanishi tarixi – buyuk va qudratli davlatning iqtisod va ijtimoiy munosabatlar sohasidan
chetlashishi, fuqarolik jamiyatining yana bir muhim komponenti, fuqaroviy-ijtimoiy
tashkilotlarning paydo bo‘lishi va rivoji bilan bog‘liq. SHu sababli, bugungi xitoy olimlari
Xitoyda siyosat va ma’muriy boshqaruvda yangi tendensiyalarni shahar va qishloq joylariga
tadbiq qilish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish mumkinligini alohida ta’kidlab
o‘tmoqdalar
166
.
Xitoyda mavjud bo‘lgan barcha shahar va mikrorayonlarni jamoat tashkilotlari sayi
harakatlari bilan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHuning uchun ham bu
tashkilotlarning demokratik o‘z-o‘zini boshqarish asoslarining yaratishdagi o‘rni beqiyos
hisoblanadi. Oxirigi o‘n yilliklarda Xitoy siyosiy boshqaruvida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda. Xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarning xitoyliklar hayotida tobora ahamiyati
oshib borayotganligi sababli davlat siyosiy boshqaruv sohasida jiddiy o‘zgarishlar sodir
bo‘lmoqda. Xususan, partiya va hukumat rahbarlarining demokratik asosda saylanishi tartibi
XXR hududlarida samarali davlat boshqaruvini amalga oshirishga ko‘maklashmoqda. O‘z
navbatida Xitoy davlati boshqaruvida qayta aloqa tamoyilini amalga oshirishga harakat
qilinmoqda. Bunda alohida e’tibor har nima bo‘lgan ham davlatning umumiy siyosiy
barqarorligiga erishishga qaratilmoqda
167
.
Uzoq SHarqda konfutsichilik ana’analarini saqlab qolgan va milliy qadariyatlar tizimiga
qat’iy amal qiladigan davlat Janubiy Koreya hisoblanadi. Bu davlatda fuqarolik jamiyati
jamoaviylik tamoyiliga asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari
ijtimoiy-siyosiy barqaorlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda davlat va jamiyat
munosabatlarini modernizatsiya qilishda muhim o‘rinni egallaydi. Janubiy Koreyada fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish maqsadida liberal demokratik tamoyillarni ana’naviy jamiyat boshqaruvi
me’yorlari bilan uyg‘un holda tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratilgan. SHuning bilan bir
166
Қаранг: Мавлонов Ж. Гражданское общество: от концепта к концепциям и парадигмам (социально-философский
анализ): монография / Ж.Мавлонов. – Ташкент: Истиқлол нури, 2014. – 224 с.
167
Литвинов О.В. Китайский путь к демократии. - М.: Научная книга, 2004. – 369 с.
155
qatorda bu mamlakatda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati instutlari “xukumat-fuqaro-huquq”
modelidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi.
Insoniyat tarixida katta hududlarni egallagan rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda
kichik davlatlar ham mavjud. Singapur aynan shunday shahar-davlat hisoblanadi. Singapur
qishloq xo‘jaligi yoki biror tabiiy resurslariga ega emas, ammo suvni ham import qilishga
majbur bo‘lgan Singapur o‘z mahsulotlarini Rossiyadan uch barobar ko‘p miqdorda eksport
qiladi. Siyosatshunos N. Gardele bu haqida shunday yozadi: «Ehtimol butun er yuzida
Singapurchalik tartiblilik, yuqori texnologiyalar, boy o‘rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan
XXI asrga qadam qo‘yishga tayyor shahar-davlat bo‘lmasa kerak. Hali 1965 yilda ham Singapur
iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan CHili, Argentina va Meksika bilan bir darajada turgan edi,
endilikda esa bu mamlakatda ishlab chiqarishi aholi jon boshiga yuqoridagi mamlakatlardan 5
barobar ko‘p. Ichki yalpi mahsuloti — 136 milyard dolllarni tashkil etadi. Daromadi bo‘yicha
aholi jon boshiga 45 ming dollardan ziyodni tashkil qilayotgan bu mamlakat jahonda etakchilik
qilmoqda. Xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida
Singapurda korrupsiya va jinoyatchilik ko‘rsatkichi jahonda eng quyi darajada ekanligi
aniqlangan. Singapur respublikasi – qirq yillik milliy suverenitetidan keyin rivojlanayotgan
emas, “rivojlangan mamlakat” maqomini olgan Janubiy-SHarqiy Osiyodagi yagona
mamlakatlardan biri hisoblanadi
168
.
Hozirgi davrda Singapur – yuqori farovonlikdagi hayot tarziga ega yirik ishlab chiqarish
markazidir. Bu erda siyosiy jarayon uch ketma-ket bosqich bo‘yicha rivojlanib borgan. Birinchi
bosqichda avtoritar rejim joriy etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa iqtisodiy rivojlanishga
urg‘u berilgan, shuningdek jiddiy siyosiy masalalar ayni shu bosqichda hal etilgan. Uchinchi
bosqichda 14 – ishlab chiqarish modernizatsiyasi amalga oshirilgan va siyosiy tizim yanada
takomillashtirilgan.
Siyosiy jarayoning asosiy ishtirokchisi sifatida davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya va
jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligi bu davlatda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Singapur
davlatida ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan. CHunki aynan
davlat vazirliklar orqali muhim strategik qarorlarni qabul qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy
sohalar ustidan nazoratni amalga oshirish va monopoliya huquqlaridan foydalanadi. Hukumat va
jamiyat bilan vositachi sifatida aynan siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi. Singapurda Evropa
namunasi asosida ko‘p partiyaviylik va xalq harakati ustunlik qiladi. Singapurda barcha
partiyalar konstitutsion-huquqiy rasmiylashtirilgan va qonuniy maqomga ega bo‘lib siyosiy
jarayon va demokratiyaning ajralmas atributi hisoblanadi
169
.
Singapur davlatining keyingi rivoji jamiyatni demokratlashtirish bilan bog‘liq. Oxirgi
yillarda bu erda demokratiyani takomillashtirish davlat strategiyasi aniqlab olindi. Bular
quyidagi islohotlarni amalga oshirishda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi:
-
jamiyatning ijtimoiy yaxlitligini mustahkamlash;
-
yagona singapur millatini shakllantirish;
-
iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim tizimini modernizatsiyalash;
168
Қаранг: Погадаев В.А. Малайский мир ( Бруней, Индонезия, Малайзия, Сингапур). Лингвострановедческий
словарь. – М.: Восточная книга, 2012. - 798с.
169
Қаранг: Ли Куан Ю. Сингапурская история: из третьего мира в первый. М.: 2005.
156
-
korrupsiya bilan kurash.
Mazkur yo‘nalishlar demokratik jamiyat qurishning asosiy sharti hisoblanadi. Davlat bilan
birga siyosiy tuzilma tashqarisida shakllanuvchi fuqarolik jamiyati bu davlatda katta o‘rin tutadi.
Singapur hukumati demokratik, biroq o‘ta markazlashgan va qat’iy boshqariluvchi davlat
doirasida xalq mandatini saylovlar orqali qo‘lga kiritib borgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot esa
demokratik qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘lgan, hukumat tepasiga yangi siyosiy
etakchilar avlodining kelishi bu davlatda o‘ziga xos fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga sharoit
yaratib berishi mumkin
170
.
Singapurda samarador davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda quyidagi
islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan: Birinchidan, hukmron partiya hanuz yirik siyosiy
partiyaligicha qolmoqda. CHunki u turli sohalarda davlat boshqaruvidagi noyob tajribasiga ega.
Ikkinchidan, iqtisodida bozor tamoyillar amal qiladi, biroq davlat asosiy xalq xo‘jaligi
tarmoqlarini boshqaradi va nazorat qiladi. Uchinchidan, boshqaruv organlarining, davlat
muassasalariga eng munosib kadrlarni to‘g‘ri tanlashi va taqsimlashi samarali natijalarni
bermoqda. To‘rtinchidan, puxta o‘ylangan ta’lim tizimi ijtimoiy mobillikning muhim omili
sifatida xizmat qilib qabul qilinan qarorlarning yuqori professionallik darajasini ta’minlangan.
Beshinchidan, milliylik masalasining hal etilgan va etnik diskriminatsiya yo‘q, etnik teng
huquqlilik jamiyat barqarorligining muhim sharti sifatida qaror topgan. Oltinchidan, ma’naviy-
axloqiy asos sifatida, mamlakat siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi – insoniy munosabat,
muomala, tartib-intizom va o‘zarokelishuvga katta e’tibor qaratilgan. Ettinchidan, Singapurning
iqtisodiy rivoji va boshqa ijtimoiy muammolarning hal etilishi omma siyosiy hayotini
faolashtirgan va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, zamonaviy parlamentarizmni rivojlanishiga asos
bo‘lgan. Siyosiy barqarorlik o‘z navbatida samarali iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga alohida
e’tibor qaratilgan
171
.
Davlat iqtisodiyot sohalarini keng miqyosda qamrab olgan bo‘lsada bu mamlakat jahon
hamjamiyatidan uzib qo‘yilmagan. U boshqa mamlakatlar va umuman xalqaro tashkilotlar bilan
samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu mamlakat mana bir necha o‘n yillardan beri
o‘z yo‘lidan borish va bu yo‘ldan qaytmaslik tamoyiliga qattiq amal qiladi. Bu yo‘lning
mazmun-mohiyati – jamiyatning konkret-tarixiy sharoitini, milliy, diniy, madaniy xususiyatlarini
hisobga olish; iqtisodiy taraqqiyotga an’anaviy axloqiy va madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda
erishishdan iborat.
Singapur ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, yaqin
orada uningijtimoiy-siyosiy hayotida biror bir jiddiy o‘zgarish yuz berishi amri mahol. CHunki
hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlar asta-sekin, shakllanib bo‘lgan va bunday o‘zgarishlar
siyosiy tizimga dahl qilmagan holda amalga oshirilgan. Hukumat rahbarlarining hukumat
tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni ko‘pchilik aholining hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lgan
an’anaviy siyosiy institularni saqlab qolish bilan birgalikda amalga oshirishi, mavjud hukumat
faoliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda.
170
Toponymics: A Study of Singapore's Street Names. — Singapore: Eastern Universities Press, 2004.
171
B. Desker and M. N. M. Osman. S Rajaratnam on Singapore: from ideas to reality. — Singapore: World Scientific Publishing,
2006.
157
10-MAVZU. AXBOROT SOXASINI ISLOH KILISH, AXBOROT VA SUZ
ERKINLIGINI TA’MINLASH
Dostları ilə paylaş: |