158
af’oli va uzoq baladalardin dargohimg‘a yuz qo‘yg‘on ulamo va fozil odamlarning ishlar
va so‘zlarin rostlig‘ va durustlig‘ bila yozib dargohg‘a yiborgaylar»
172
, degan fikri buning
dalilidir. Demak, bo‘layotgan hodisa-voqealar haqida xabar to‘plash va davlatni
boshqarishda ulardan foydalanish Sohibqiron uchun ham muhim omil bo‘lgan.
Alloma Alisher Navoiy ham o‘z ijodi va faoliyati davomida xolis va rost axborot
masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Uning “Hayratul abror” dostonidagi yolg‘on xabar
beruvchining ahvoli:
Har kishi yolg‘onni desa, lek kam
Bo‘lg‘ay edi kosh bu davronda ham.
173
YOki “Farhod va SHirin” dostonida xabarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor
qaratgan mutafakkir ajdodimizning:
Erursen shoh - agar ogohsen-sen,
Agar ogohsen - sen, shohsen sen,
174
degan
misrlari har qanday yangilik, xabar haqiqiyligi, xolisligi, to‘liqligi va tezkorligi
bilan baholanganligi, uning yordamida halq irodasi yo‘naltirilib turilganidan dalolat
beradi. U mazkur misrasida agar kishi axborotni birinchi bo‘lib egallasa, jamiyat tizginini
egallashi, aynan xabar sabab barcha halokat va falokatlarning oldini olishi haqidagi
pandlari
bugungi xabar, axborot boshqarayotgan dunyomiz haqidagi bashoratdek
ko‘rinadi.
Asrlar oshsada axborotga bo‘lgan talablar deyarli o‘zgargan emas. Aksincha,
jamiyat hayotida uning ahamiyati borgan sari oshib borgan va bugungi kunga kelib
mamlakatimiz rivojlanishi strategiyasini shakllantirish va uni bevosita amalga oshirishda
tobora katta rol o‘ynamoqda. Bu esa ularning fuqarolik jamiyatiga xos asosiy omillardan
biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
172
Амир Темур Кўрагон. Қиссаи Темур («Малфузоти Темурий»). – Т.: ДИТАФ, 2001. – Б. 285.
173
Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. Ўн жилдлик. 6-жилд. – Т.: Ғ. Ғулом номидаги НМИУ, 2011. – Б. 179.
174
Ўша ерда. - Б. 178.
Оммавий ахборот воситалари жамият ҳаётининг муҳим
элементи:
Фуқароларни улар учун аҳамиятли воқеалар ҳақида долзарб ва ишончли
ахборот билан таъминлайди
Шахсни ижтимойлашувига хизмат қиладиган маърифий, таълим ва
тарбиявий вазифаларни амалга оширади
Ижтимоий ҳаётнинг турли соҳаларидаги мавжуд муаммолар ҳақида
жамоатчилик фикрини умумлаштириш ва ифода қилишда иштирок этади
Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг фаолиятини танқид ва
назорат қилади.
ОАВ фуқаролик жамиятида турли ижтимоий гуруҳлар ўртасида мулоқат
воситаси ҳамда ижтимоий аҳамиятга молик масалаларни муҳокама
қилиш қуроли ҳамдир
Оммавий ахборот воситалари жамиятни уюштириш, жипслаштириш,
фуқароларнинг ижтимоий фаоллигини рағбатлантириш имкониятига эга.
159
Mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalari
faoliyati uchun zarur
bo‘lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar shakllandi. OAVning
fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar izchil davom etmoqda.
Diqqatga sazovor muhim tomoni shundaki, erkin OAVni rivojlantirmay turib, fuqarolik
jamiyati qurish va inson erkinligi, huquqlarini ta’minlash mumkin emasligini jamoatchilik
anglab etdi.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash masalasi
alohida o‘rin egallashini nazarda tutib Birinchi Prezidentimiz I.Karimov shunday deydi:
«Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor
yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek,
oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan
demokratik
tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama
to‘g‘ri bo‘ladi».
175
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi axborot sohasini liberallashtirish, so‘z
erkinligini ta’minlashda ham yangi bosqichni boshlab berdi. O‘tgan yillar davomida
ushbu sohada keng qamrovli islohotlar, ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu
borada axborot vositalari faoliyatiga oid mukammal huquqiy baza yaratilganligini va u
insonlar uchun axborot olish sohasida erkinlik va huquqlarini ta’minlashda
muhim rol
o‘ynayotganligini alohida qayd etish zarur.
Avvalo, mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan ommaviy axborot vositalari erkinligi va
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi
176
har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga,
hamda o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega
177
ekanligi haqidagi
me’yorlarni izchillik bilan va to‘laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilishini qayd
etish zarur.
SHu
ma’noda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ommaviy axborot
vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‘xtalib: “Ochiq va kuchli fuqarolik
jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati
institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi...
ularning faoliyati
samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur me’yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va
huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo‘ldi”,
178
deb
ta’kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari
faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani
takomillashtirish izchil va tizimli tarzda amalga oshirib borilganligini ko‘rsatmoqda.
O‘tgan yillarda mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar natijasida bosma nashrlar soni ko‘paydi, xususiy gazeta va telestudiyalar tizimi
yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: