O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   169
Fuqarolik jamiyati

1.
 
Modernizatsiya tushunchasining mohiyati, nazariy - umummetodologik asoslari 
va fuqarolik jamiyati rivojidagi ahamiyati. 
2.
 
Siyosiy modernizatsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning 
etakchi manbai sifatida. 
3.
 
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish - fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va 
mamlakatni modernizatsiya qilish omili 
 
1.
 
Modernizatsiya tushunchasining mohiyati, nazariy - umummetodologik asoslari va 
fuqarolik jamiyati rivojidagi ahamiyati. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z istiqloliga erishgach jamiyat siyosiy-ijtimoiy hayotining 
barcha jabhalarini yangilash va zamonaviylashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ldi. 
Mazkur zaminlarga tayanilgan holda mamlakatimizda izchillik bilan demokratik islohotlarni va 
unga monand ravishda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish chora-
tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Zero, davr talablaridan kelib chiqib yangilanish va 
modernizatsiya jarayonlarini sobit qadamlik bilan davom ettirgan jamiyatgina barqaror 
taraqqiyotga erisha oladi.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov xulosa qilganidek: “Bugun, hamma bo‘lmasa ham, lekin 
ko‘pchilik odamlar yaxshi anglaydiki, faqat zamon bilan teng qadam tashlayotgan, tez 
o‘zgarayotgan dunyoning qat’iy shart va talablariga javob berishga intilayotgan mamlakatning 
kelajagi yorug‘ bo‘lishi mumkin”
137

Dunyoda ro‘y berayotgan tendensiyalar shundan dalolat beradiki aynan o‘z jamiyatida 
yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarini evolyusion tarzda amalga oshira olgan 
mamlakatlarda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va fan-texnologiya sohalarida intensiv 
taraqqiyot ro‘y bergan. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki modernizatsiya jarayonlarining nazariy 
asoslarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ham aynan dunyo mamlakatlari oldida turgan ustuvor 
muammolarni hal etish, zamon ehtiyojlaridan kelib chiqib yangilash maqsadlari zaminida ro‘y 
berdi.
Ta’kidlash joizki, etimologik jihatdan modernizatsiya atamasi o‘rta asrlardagi lotincha
modo (hozirning o‘zida, hozirgi vaqtda, endilikda kabi ma’nolarni anglatadi), so‘ziga borib 
taqaladi. Keyinchalik undan modern, modernizer so‘zlari kelib chiqdi. Modern (fransuzcha 
moderne) yangi, zamonaviy degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu so‘zdan kelib chiqqan 
modernize (fransuzcha - moderniser) so‘zi takomillashtirish, yangilash, zamonaviy talablardan 
kelib 
chiqib 
o‘zgartirish degan ma’nolarni anglatadi. XX asr o‘rtalariga kelib 
“sivilizatsiyalashgan jamiyat” ma’nosini anglatuvchi modernity tushunchasi shakllandi.
137
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва 
ислоҳ этишдир. –Т.: Ўзбекистон, 2005. –Б. 35. 


132 
Modernizatsiya haqidagi dastlabki konseptual g‘oyalar jumladan, XX asrning 50-60 
yillariga kelib ancha mufassal darajada shakllanganligi manbalardan ma’lumdir. Ularga ko‘ra 
modernizatsiya haqidagi nazariyalar o‘z taraqqiyotida dastlab, 1950-1960, 1960-1970, 1980-
1990 yillardan iborat uch muhim bosqichni bosib o‘tgandir.
XIX va XX asr boshlarida faoliyat yuritgan g‘arb olimlaridan M.Veber, F.Tennis, 
E.Dyurkgeym kabilarning g‘oyalari modernizatsiya nazariyasining rivojlanishi uchun muhim 
turtki bo‘lib xizmat qildi. Siyosiy modernizatsiya haqidagi qarashlar rivojida G.Almond va 
D.Pauellning 1966 yilda nashr etilgan “Qiyosiy politologiya, Taraqqiyot konsepsiyasi nuqtai 
nazaridan yondashuv” asari, D.Apterning 1965 yilda nashr etilgan “Modernizatsiya siyosati” 
nomli asari, S.Lipsedning 1960 yilda nashr etilgan “Siyosiy odam”, L.Payning 1966-yilda nashr 
bo‘lgan “Siyosiy taraqqiyot aspektlari, tahliliy tadqiqot” nomli asari, D.Rastouning 1967 yilda 
nashr etilgan “Millatlar dunyosi” nomli asari, SH.Eyzenshtadtning 1966 yilda nashr etilgan 
“Modernizatsiyalashuv: norozilik va o‘zgarishlar” nomli asari, S.Xantingtonning 1968-yilda 
nashr bo‘lgan “O‘zgarayotgan jamiyatlardagi siyosiy tartibot” nomli asarida bildirilgan g‘oyalar 
muhim rol o‘ynadi.
Ma’lumki, “Modernizatsiya nazariyalari rivojining dastlabki bosqichida universializmga 
asoslangan metodologik yondashuvlar ustuvorlik qilgan edi. Unga ko‘ra dunyodagi barcha 
xalqlarning taraqqiyoti bir xil yo‘nalishda ro‘y beradi, universal bosqichlarni bosib o‘tadi va 
bunda bir-biriga o‘xshash, mantiqan yaqin bo‘lgan qonuniyatlar amal qiladi deb hisoblandi. 
Ushbu qarashlarga binoan modernizatsiya jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti quyidagi o‘zgarishlarni 
o‘z boshidan kechiradi: 
-
Oddiy sotsial strukturadan murakkab tizimga o‘tiladi; 
-
Ijtimoiy integratsiyalashuv iqtisodiy mohiyat kasb etadi; 
-
Etatizmdan bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y beradi; 
-
Inson tabiatning bir bo‘lagi ekanligi holatidan ijodkor – kashfiyotchi holatiga o‘tadi; 
-
Odamlar ongida plyuralistik qarashlar ro‘y beradi; 
-
Totalitarizm va aftoritarizmdan demokratiyaga o‘tish ro‘y beradi;”
138
Modernizatsiya hodisasining 
yirik nazariyotchilaridan biri SH.Eyzenshtadt modernizatsiya hodisasining o‘ziga xos xususiyatini 
ta’riflar ekan “Modernizatsiya bu an’anaviy agrar jamiyatdan zamonaviy industrial va undan keyin 
postindustrial jamiyatga o‘tishdir” deb ta’kidlagan edi
139
.
SH.Eyzenshtadt hamda D.Rostou kabi olimlar o‘z g‘oyalarida ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya 
turlarining quyidagi jihatlarini qayd etib o‘tgan edilar. 
-
Industriallashuv davrigacha bo‘lgan modernizatsiyalashuv; 
-
Dastlabki industriallashuv davridagi modernizatsiyalashuv; 
-
Keyingi davrlardagi industriallashuvga xos modernizatsiya; 
-
Postindustriallashuv davridagi modernizatsiya. 
Ta’kidlab o‘tish joizki modernizatsiya paradigmasi doirasida dunyo olimlari tomonidan 
turli xil nazariy metodologik modellar ham taklif qilingandir. Jumladan, “U.Rostou, 
A.Organskiy, D.Lerner, S.Blek kabi mutaxasisilar tomonidan modernizatsiya jarayonlarining 
mazmunini izohlash uchun “linear (yagona yo‘nalishdagi model” g‘oyasi ilgari suriladi. Unga 
ko‘ra modernizatsiyaga nisbatan orqaga qaytmas va progressiv hodisa sifatida yondashiladi. 
Mazkur model mohiyatiga asosan modernizatsiya inson ongi va xulq-atvorining barcha 
jihatlarida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. 
138
Мухаев Р.Т. Политология. -М.: Проспект, 2011, -С. 492. 
139
Eisenstadt S.N. Modernization: Protest and Change. -Englewood Cliffs. – N.Y., 1966. -P.1. 


133 
G‘arb olimi M.Leviy tomonidan partsial (qisman) modernizatsiyalashuv modeli taklif 
qilindi. Unga ko‘ra modernizatsiya “nisbatan modernizatsiya bo‘lmagan” jamiyatdan, “nisbatan 
modernizatsiya bo‘lgan” jamiyatga uzoq davr davomida o‘tishdan iboratdir.
P.SHtomp, R.Robertson, U.Bek, K.Myuller, V.Sapf, A.Turen, S.Xantington kabi olimlar 
modernizatsiyaning ko‘p yo‘nalishli modelni asoslab berdilar. Mazkur model mualliflari 
modernizatsiya jarayonlarini faqatgina G‘arbga xos bo‘lgan institutlarga va qadriyatlarga intilish 
deb tushunmaslik kerak, aksincha modernizatsiyaning har bir jamiyatga xos bo‘lgan o‘ziga xos 
yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lishi mumkindir degan qarashlarni ilgari surdilar”
140
.
Modernizatsiya hodisasi tarkibida siyosiy modernizatsiya (inglizcha modernization) 
alohida muhim o‘rin egallaydi. Siyosiy modernizatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyatda 
zamonaviy siyosiy institutlar va siyosiyamaliyotni shuningdek, zamonaviy siyosiy tizimni 
shakllanishi va rivojlanishini anglatadi.
Siyosiy modernizatsiya jamiyat siyosiy tizimining zamon talablari va ehtiyojlaridan kelib 
chiquvchi vaziyatga nisbatan layoqatini yuksalishi va davr muddaosiga moslashuvini ham 
anglatadi. Ayni paytda siyosiy modernizatsiya davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni 
zamonaviylashtirish, demokratik asoslarini kuchaytirish va fuqarolik jamiyati rivoji uchun 
maqbul siyosiy mexanizmlarni vujudga keltirish maqsadlarini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Ta’kidlash joizki G‘arb olimlaridan G.Almond, S.Verba, L.Pay, S.Xantington, 
D.Darindorf, R.Dal kabilar siyosiy modernizatsiya nazariyasining yirik vakillari hisoblanadilar.
Siyosiy modernizatsiyaning XX asr ikkinchi yarmiga kelib shakllangan konservativ va 
liberal yo‘nalishlari, ular o‘rtasidagi ayrim farqlarga qaramasdan, siyosiy modernizatsiya 
zamirida siyosiy barqarorlik va jamiyatning izchil demokratlashuv holati yotishini e’tirof qilib 
o‘tganlar. 
Jumladan, S.Xantington siyosiy modernizatsiya jamiyat siyosiy institutlarining
jamiyatdagi ijtimoiy tafakkurning demokratlashuvidan iboratdir deb hisoblaydi. Uning 
xulosalariga ko‘ra “mamlakat hayotining boshqa sohalarida, masalan, ijtimoiy, iqtisodiy, fan, 
madaniyat, ta’lim yo‘nalishlarida bo‘ladigan modernizatsiya jarayonlari ham oxir oqibatda 
jamiyat demokratlashuviga olib keladi ”
141
.
S.Xantington siyosiy modernizatsiya jarayonida, siyosiy barqarorlik vaziyatining 
nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini e’tirof qilib o‘tadi. Uning fikricha, “siyosiy 
barqarorlikni saqlab qolish jamiyatda iqtisodiy taraqqiyot sur’atiga, daromadlarning adolatli 
taqsimlanishiga siyosiy imkoniyatlar zahirasining mavjudligiga, siyosiy partiyalar faoliyati 
samaradorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi”
142

R.Dal, G.Almond kabi olimlar siyosiy modernizatsiya mohiyatini ochiq demokratik siyosiy 
tizimning shakllanishidan iborat jarayon sifatida talqin qilganlar va bu jarayonda aholi siyosiy 
ishtirokining faolligining yuksalishi siyosiy modernizatsiyaning taraqqiyot asosini tashkil qiladi, 
deb hisoblaganlar. 
140
 
http://studlib.com/content/view/153/7/
  
141
Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. (Philosophy). Пер. с англ. –М.: АСТ, 2011. –С. 576-577.
142
Хантингтон С. Будущее демократического процесса: от экспансии к консолидации // МЭиМО, 1995. № 6. -С. 90. 


134 
R.Dal tomonidan ilgari surilgan siyosiy modernizatsiya konsepsiyasiga ko‘ra “siyosiy 
modernizatsiya jarayonlarida demokratiyaning o‘ziga xos formasi bo‘lgan poliarxiya – keng xalq 
ommasini siyosiy ishtirokini yuqori darajada ta’minlay oluvchi siyosiy tizim etakchi o‘rin 
tutadi”
143
.
Siyosiy modernizatsiyaning liberal yo‘nalishi vakillari jamiyat demokratlashuvining 
chuqurlashib borishi hodisasini modernizatsiyaning ustuvor asosi deb hisoblar ekanlar bu o‘rinda 
ushbu jarayoning quyidagi universal tarkibiy qismlarini bayon qilib o‘tganlar:
-
differensiyalashgan siyosiy tizimning tashkil etilishi;
-
zamonaviy suveren davlatni tashkil etilishi; 
-
qonunchilikni va qonun ustuvorligini amalga oshirishda davlatning rolini oshrilishi; 
-
jamiyat siyosiy hayotida fuqarolar siyosiy ishtiroki va faolligini yuksaltirilishi;
-
siyosiy modernizatsiyaga xizmat qiluvchi siyosiy elita vakillari faoliyatining kuchaytirilishi. 
“Mutaxasis olimlar siyosiy modernizatsiyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatganlar: 
-
endogen turi (unga ko‘ra siyosiy modernizatsiya mutlaqo jamiyatning o‘z siyosiy-ijtimoiy 
amaliyotidan kelib chiqib o‘tkaziladi); 
-
endogen – ekzogen turi (unga ko‘ra siyosiy modernizatsiya jamiyatning o‘z asoslari hamda 
boshqa mamlakatlar tajribalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi); 
-
ekzogen turi (unga ko‘ra siyosiy modernizatsiya jamiyatning o‘z siyosiy-ijtimoiy asoslariga emas 
balki boshqalarning tajribasiga tayangan holda o‘tkazilishi mumkin)”
144

Modernizatsiya nazaryasi va amaliyoti haqidagi g‘oyalar va qarashlardan mohiyatidan 
kelib chiqib ta’kidlash joizki, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va mamlakatlar hayotidan 
chuqur o‘rin egallashi uchun siyosiy modernizatsiya hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Zero, aynan 
modernizatsiya jarayonlari tufayli fuqarolik jamiyati asoslari, institutlarini mutanosib ravishda 
vujudga keltirish uchun real imkoniyatlar yaratiladi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin