O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
2.Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
Huquqiy demokratiyaga asoslangan jamiyatda qonun ustuvorligi prinsipini ta’minlovchi asosiy 
shartlar quyidagilardan iborat.
Birinchidan,
hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining real joriy etilganligi. Bu prinsipga ko‘ra qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘g‘inlari o‘zlarining Konstitutsiyada va qonunda 
belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar.
Konstitutsiya va qonunlarga nafaqat fuqarolar, uni qo‘llovchi davlat idoralari va mansabdor 
shaxslar ham, shuningdek, qonunlarni yaratuvchi hokimiyat organi ham itoat etishga majbur. 
Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi davlat tuzilmalarining samarali ishlashi, suiste’mollarning 
bartaraf etilishi, inson huquq va erkinliklari amalda ta’minlanishi, umuman, demokratiya va qonun 
ustuvorligining muhim garovidir.
Ikkinchidan, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining birinchi bandiga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Prezident o‘z farmonlari va 
huquqiy qarorlari bilan Konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunlarda mustahkamlangan qoidalarining 
hayotga to‘la joriy etilishi uchun yo‘l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Prezidentning o‘zi 
qonunlarga qat’iy amal qilishi bilan davlat idoralari va mutasaddi shaxslar uchun ibrat, namuna ko‘rsatib, 
ularni ham Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishga safarbar etadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti 2002 yilning 4 yanvarida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil 
etish to‘g‘risida” farmoyish qabul qilinganligi jamiyatda aholining huquqiy bilimdonligi va madaniyatini 
oshirish bilan birga Konstitutsiyaning mavqei va nufuzini ko‘tarishga qaratilgan siyosiy-huquqiy 
tadbirdir.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin