O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   169
Fuqarolik jamiyati

kosmopolitizm 
(yunon. 
kosmopolites
— dunyo fuqarosi) g‘oyasida o‘z 
ifodasini topib, amalda dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli 
milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechishni targ‘ib qilgan. Kosmopolitizm - ya’ni, 
qaerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha erni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni 
o‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir.
Kosmopolitizmning negizlari tarixan antik davr falsafasidayoq vujudga kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Laertiyning 
ta’kidlashicha, «kosmopolit» so‘zi ilk bor kiniklar ta’limoti vakili sinoplik Diogen tomonidan qo‘llangan. Boshqa bir yunon 
mutaffakiri Plutarxning fikriga ko‘ra, ushbu tushunchani kitionalik Zenon kiritgan. Epiktet nazarida esa «kosmopolitizm» 
atamasining muallifi Suqrot bo‘lgan. Uning aytishicha, «Agarda faylasuflarning odam va Xudoning o‘rtasida yaqinlik bor 
deganlari to‘g‘ri bo‘lsa, unda insonning vatani qaer degan savolga Suqrotning men afinalik ham, karfagenlik ham emasman, 
men kosmopolitman, degan so‘zlari bilan javob berish lozim»bo‘lgan. Bunday ma’lumotlar Sitseronning asarlarida ham 
uchraydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, K. g‘oyalari sofistlar ta’limotining tarafdorlari asarlarida ham ifodalangan. 
Antik polisni inqirozga olib kelgan Peloponess urushlari makedoniyalik Iskandar imperiyasining vujudga kelishi, keyinchalik 
esa Rim hukmronligining kuchayishi turli mazmunga ega bo‘lgan kosmopolitik qarashlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Makedoniyalik Iskandar, Mark Avreliy bu g‘oyalarni yangi hududlarni qo‘lga kiritish harakatlarida ko‘rgan bo‘lsa, stoiklar 
— Zenon va Kitiona kosmopolitizm idealini kishilarning hayotini yagona, umumjahon qonunlari orqali amalga oshirish 
imkonini beruvchi ijtimoiy shaklni izlashda deb bilgan. Xususan, kirinaiklarning kosmopolitik g‘oyasi «qaerda yaxshi bo‘lsa, 
o‘sha joy Vatan» degan iborasida o‘z aksini topgan. O‘rta asrlarda katolik cherkovi keskin kosmopolitik tendensiyalar 
tarafdori bo‘lgan. Uyg‘onish davrida dunyo fuqaroligi g‘oyalari feodal tarqoqlikka qarshi yo‘naltirilgan edi. Bu g‘oyalar 
Dante Aligeri, Tomazo Kampanella, Petrarka, Piko dela Mirandello, Rotterdamlik Erazm, Vives, Rable, Monten kabi 
mutafakkirlarning asarlarida ro‘yobga chiqarilgan. Germaniyada ushbu g‘oyalarni Lessing, Gyote, SHiller, nemis mumtoz 
falsafasi vakillari Kant va Fixte ilgari surgan. Ularning K.i vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan mushtarak, milliy birlashishga 
243
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2011. 90-91 б. 


193 
erishish istagida namoyon bo‘lgan. Keyinchalik K. keskin xarakterga ega bo‘lib, kapitalning daromad orqasidan quvish 
manfaatlarini aks ettira boshlaydi. Jon Kennedi «Tinchlik korpusi»ni tashkil etib, dunyoning turli joylariga ushbu 
tashkilotning yosh xodimlarini yubora boshladi, bularning maqsadi — hammaga ingliz tilini o‘rgatish edi. Aslida, har qanday 
millat, katta-kichikligidan qat’i nazar, insoniyatning boyligidir va shu bois uning tili, madaniy va boshqa xususiyatlarining 
yo‘q bo‘lib ketishi Er yuzidagi milliy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Bu omilni 
aslo inkor etib bo‘lmaydi. Lekin shunga qaramay, AQSH Serbiyani aynan G‘arb va pravoslavlar muqaddas hayiti kuni 
bombardimon qilgani, uning milliy-ma’naviy an’analarni nazar-pisand qilmasligidan dalolat beradi. Jahon miqyosida yuz 
berayotgan hozirgi jarayonlar milliy davlatlarning bir-biriga yaqinlashuvi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy hamda 
madaniy jihatdan integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Ushbu tendensiyalar, ma’lum darajada, kosmopolitizm ko‘rinishida 
bo‘lib, globallashuv jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Kishilik jamiyatining global yaqinlashuvi, avvalo, texnik taraqqiyot, 
transport vositalari, aloqa va kommunikatsiya tarmoqlari, mikroelektronikaning rivojlanishi bilan bog‘liq. Postkommunistik 
makonda mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ularning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga faol 
kirishishi globallashuvning yana bir kuchli omiliga aylandi. Hozirgi davrda globallashuv jarayonining kengayishiga aholining 
ijtimoiy-iqtisodiy faolligi, ayniqsa, ishchi kuchining migratsiyasi sezilarli ta’sir qilmoqda. Bugungi kunda dunyoning birorta 
ham davlati migratsiya jarayonlaridan chetda turgan emas. Buning ham o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, donor-davlatlar, 
ya’ni migrantlarni etkazib beruvchi mamlakatlarda aholining tez o‘sishi, mehnatga layoqatli bo‘lgan aholi orasida ishsizlik 
darajasining yuqoriligi, maoshning pastligi, etarli darajada hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan yuqori ish xaqi to‘lanadigan 
ish topish va o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatining cheklangani shular jumlasidandir. Retsipient, ya’ni qabul qiluvchi 
davlatlar uchun esa, qo‘shimcha arzon ish kuchiga, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj, hayot sharoitlari va maoshning 
yuqori darajasi xos bo‘lib, mehnat migratsiyasi uchun qulay sharoit yaratmoqda. Aholining siljishi, o‘z navbatida, ob’ektiv 
hodisa bo‘lib, ma’lum ma’noda xalqaro aloqalar va iqtisodiy hamkorlikka ko‘maklashuvchi jarayonlarning rivojlanishiga, 
xalqaro transport va kommunikatsiya vositalarining takomillashuviga, shuningdek, aholining xalqaro moliyaviy 
tuzilmalardan keng foydalanishiga, axborot tarqatish sur’atiga ijobiy ta’sir etadi. SHu bilan birga, aholi migratsiyasi bilan 
bog‘liq salbiy jihatlar ham namoyon bo‘lmoqda. Bu noqonuniy migratsiya to‘lqinlarining davlat tomonidan doimiy ravishda 
nazorat qilinishini talab etmoqda. Muhojirlar orasida uyushgan jinoyatchilik, nizolar va boshqa qonunbuzarliklarning vujudga 
kelishi va o‘sishi ko‘pgina davlatlar barqarorligiga salbiy ta’sir etayotganini mutaxassislar ta’kidlamoqda. 2005 yil noyabr 
oyida Fransiya, Belgiya va Germaniya shaharlarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bunga misol bo‘la oladi. I.A.Karimov 
“Nezavisimaya gazeta” ga bergan intervyusida globallashuv jarayoni g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sirni, bu jarayonda nodavlat 
nohukumat tashkilotlarning o‘rni haqida to‘xtalib, kosmopolitizmning quyidagi muhim jihatiga e’tibor qaratgan edi: “Sir 
emas, bizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar har doim olijanob maqsadlarni ko‘zlayvermaydi. Aytaylik, “XXI asr 
liderlari” kabi mavzularda o‘tkaziladigan seminarlarda ular iqtidorli yoshlarni “tanlashda hokimiyatga yordam” beradi, biroq 
bunda ular eng avvalo, o‘z manfaatlarini ko‘zlashadi. So‘ngra chet elga muntazam safarlar uyushtiriladi, ularda turli 
simpozium va seminarlar davomida bu odamlarning ongiga g‘oyat ustalik bilan ta’sir o‘tkaziladi. SHu tariqa o‘zlarini “dunyo 
fuqarolari” deb ataydigan kishilar toifasi tayyorlanadi...”
244
Bu aslida buyukmillatchilik shovinizmi va millatchilikning asosiy omilidir.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin