O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Millatlararo 
munosabatlar. 
Vatanparvarlik, 
kosmopolitizm, 
millatchilik. 
Millatlararo 
munosabatlar
— birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turli-tuman 
shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Ma’lumki, bugun jahonda mavjud 200dan ziyod mamlakatda 
ikki mingga yaqin millat, elat va qabila yashaydi. Ular 5 yarim mingdan ortiq tilda so‘zlashadi. Bu tillarning 100 
dan ko‘prog‘igina o‘z yozuviga ega. Millatlararo jarayonlarning eng xarakterli tomoni shundaki, insoniyat aql-
zakovati yuksalgani sayin millatlar o‘zaro assimilyasiyalashish tomon emas, balki o‘zlarining “men”ini 
namoyish qilish, tasdiqlash sari jadal sur’atlar bilan harakat qilmoqda. Hali jahonda mavjud birorta millat, yoki 
elat ixtiyoriy ravishda boshqa millatlar bilan qo‘shilib ketgan emas, aksincha ayrim millatlar qashshoqlikning 
og‘ir kulfatlariniboshidan kechirishga majbur bo‘lsalar-da ozodlik, erkinlik kabi qadriyatlardan voz 
kechmaganlar. Ular ozod, mustaqil yashab, o‘z urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini muqaddas bilib, fidoyilik 
ko‘rsatib kelganlar. Millatlararo munosabatlar deganda turli millat va elatlarning iqtisodiy-siyosiy va madaniy-
ma’rifiy sohalarda sodir bo‘ladigan o‘zaro aloqalar majmuini tushunmoq kerak. Bunday aloqalar,ko‘p millatlar 


191 
yashaydigan ayrim bir mamlakat ichki hayotida yoxud turli mamlakatlarda yashaydigan millatlar o‘rtasida 
amalga oshadi. Bugungi kunda jahonda aholisining tarkibi faqat birgina millatdan tarkib topgan mamlakatni yoki 
davlatni topish qiyin. Xuddi shu ma’noda ham mamlakatlar, davlatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan turli 
sohalardagi aloqalarda ularda yashayotgan millatlarning do‘stona munosabatlari har qanday davlat 
taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Ana shu omil qanchalik mustahkam bo‘lsa, davlatlar o‘rtasida olib 
boriladigan turli sohalardagi aloqalar xam shu darajada mustahkam bo‘ladi va har ikki tomon kutayotgan 
natijalarni beradi. Ko‘p millatli davlatlarda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish shu mamlakatda 
barqarorlik va taraqqiyotning kafolati, uning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omildir. CHunki har qanday davlatda 
milliy nizolar va ziddiyatlar o‘sha davlatda barqarorlikning barbod bo‘lishiga va oxir-oqibatda uning emirilishiga 
olib keladi. SHuning uchun ham, har qanday mamlakatda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirib borish 
davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Sobiq sho‘rolar tuzumining fojiasi shunda 
ediki, u o‘z manfaatlarini milliy manfaatlar hisobiga amalga oshirib keldi. YA’ni, milliy omilning kuchi-qudratini 
nazar-pisand qilmadi va sinfiy manfaatlarni qondirish orqali o‘z hukmronligini abadiylashtirmoqchi bo‘ldi. Ular 
zo‘ravonlik bilan turli millatlarni “yaqinlashtirish” orqali “yagona sovet xalqi”ni vujudga keltirish va keyingi 
bosqichda butun er yuzida “yuksak” millatlarni shakllantirish hamda ularning xukmronligini ta’minlashni 
maqsad qilgan edi. Ularning soxta g‘oya va puch mafkuraga asoslangan bunday xatti-harakatlari sobiq sho‘ro 
davlatini emirdi va butun bir tuzumning barbod bo‘lishini tezlashtirdi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 
milliy munosabatlarni, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining o‘zaro totuvligi va 
hamjihatligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar masalalarining eng maqbul echimi etnik jihatdan turli 
tuman bo‘lgan istalgan jamiyatda har doim hukumat kun tartibining markazida bo‘lishi shubha uyg‘otmaydi. 
SHuning uchun ba’zi adabiyotlarda qaysi boshqaruv tizimini samarali deb hisoblash mumkinligi haqida ko‘plab 
tortishuvlar ham o‘z o‘rnini topmoqda. Bunda ikkita eng muhim maqsadlarning muvofiqlikligi – siyosiy 
barqarorlik hamda etnik guruhlararo va konfessiyalararo masalalar echimini topishga harakat qilmoqda. CHunki, 
har doim ham ushbu maqsadlarda eng maqbul kelishuvlarga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa bu holat siyosiy 
yangilanish, modernizatsiya va liberallashuv davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar haqida gap borganda 
o‘rinlidir. 
Jamiyat rivojlangani sari katta ahamiyat kasb etadigan ma’naviy qadriyatlardan biri - vatanparvarlik 
tuyg‘usidir. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin