O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Vatanparvarlik –
Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining 
himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-
g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni 
anglatadigan insoniy his-tuyg‘udir. Vatanparvarlik - ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat 
bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos 
fazilat. Vatanga, xalqga bo‘lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg‘usi muayyan umumiy manfaatlar, maqsadlar 
asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur o‘rin oladi, faoliyatiga ta’sir etadi. 
Vatanparvarlik bu-yurtimizda mavjud bo‘lgan saloxiyat va boyliklarni ishga solish, ulardan oqilona 
foydalanish, o‘z kuch imkoniyatimizga, ota-onalarimizdan qolgan bebaho meros, milliy urf-odat va an’analariga 
suyanish, qadriyatlarni tiklash, bir-birimizga elkadosh bo‘lish extiyojini har tomonlama tushunib etish demakdir. 
Vatanparvarlik, bu - O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi 
bunyodkorlik muhitini, biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni tuzish, tabora kuchga kirayotgan 
davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarish, odamlarning yuragiga vaxima va qo‘rquv solish 
hisobidan ularning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, 
mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishga harakat qilayotgan g‘animlarga qarshi kurash demakdir. 
Vatanparvarlik nihoyatda serqirra tushuncha bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot 
jarayonida doimo takomillashib, yangicha ma’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadr-
qimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi 
shuncha yuksak bo‘ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarlikning 
yangi-yangi qirralari namoyon bo‘lib boradi. Haqiqiy vatanparvarlik Vatanga, ona zaminga, o‘z xalqiga 


192 
muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati 
tug‘ilganda jonini fido qilishni nazarda tutadi. Har jabhada Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlardan 
quvonish, og‘ir kunlarida uning uchun qayg‘urish, o‘z yurti bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich eri, har bir 
g‘ishti va giyohiga, qadimiy va zamonaviy obidalari, ilm-fan va san’atdagi yutuqlarini, moddiy va ma’naviy 
boyliklarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash – bularning barchasi vatanparvarlikdir. Hozirgi paytda 
yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash 
muhim ahamiyatga ega. Inson o‘z yurtini qanday bo‘lsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor 
imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo‘ladi:
1) bilish – Vatan ttushunchasiga xos qadriyatlarni egallash;
2) e’tiqod – mazkur qadriyatlar to‘g‘risida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish;
3) harakat – bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish. 
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, “Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini 
chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu ildiz qancha teran 
bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi. Albatta, jahon – keng, dunyoda mamlakat 
ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas 
zamin faqat bizga atalgan...Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan 
odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Biz shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir 
burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni 
yashnatib tursin. Bu haqda gapirar ekanmiz, ayni vaqtda muhim bir masalaga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. 
YUrtimizda yashayotgan har qaysi inson o‘zini eng avvalo O‘zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina 
muayyan bir hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona vodiysi farzandi deb his qilishi 
lozim. Tabiiyki, bu holat har birimiz mansub bo‘lgan «mo‘‘jaz Vatan»ning, tug‘ilib o‘sgan shahar yoki 
qishloqning qadri va ahamiyatini aslo kamaytirmaydi. Biz Vatan tuyg‘usini mana shunday yaxlit holda, ya’ni 
dunyoda yagona o‘zbek millati bor, xorazmlik, farg‘onalik, surxondaryolik o‘rtasida hech qanday milliy farq 
yo‘q, ularning barchasi o‘zbek xalqining farzandi deb anglashimiz, yosh avlodimizni aynan shu ruhda 
tarbiyalashimiz zarur
243

SHuni esda tutish kerakki, tarixda bu tushunchaning haddan tashqari bo‘rttirib yuborilishiga doir qarashlar 
ham keng tarqalgan. Bunday qarash 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin