202
yashab kelishgan. SHuni aytish mumkinki, mamlakatimizning ko‘pmillatliligiga xalqimizning ochiqko‘ngilligi
va mehmondo‘stligi ham sabab bo‘lgan. Bu mintaqadan o‘tganBuyuk Ipak yo‘li esa iqtisodiy, madaniy va
ma’naviy aloqalarning kengayishiga xizmat qilgan. SHu o‘rinda ayrim dalillarga murojaat qilamiz:
1897 yilda respublikamizning hozirgi hududida 70 millat vakili yashagan. 1927 yilga kelib 90 millat va
elat vakili istiqomat qilgan. 1959 yilda 113 millat vakili ro‘yxatga olingan. Bugun esa 130 dan ortiq millat va elat
vakillari bor.
Mamlakat aholisi (2015 yil birinchi yarmida): 31 million 022 ming 500 kishi.
SHundan 25 milliondan ortiq (81.8%) kishi o‘zbeklar.
6 millionga yaqin (18.9%) kishi boshqa millatlar vakillari. Ulardan:
Tojiklar – 1,5 millionga yaqin (4.7%)
Ruslar – 1 millionga yaqin (3.3%)
Qozoqlar – 900 ming atrofida (3.1%)
Qoraqalpoqlar – 800 mingdan ko‘proq (2.1%)
Tatarlar – 250 mingga yaqin (0.9%)
Qirg‘izlar – 250 ming (0.9%)
Koreyslar – 150 ming atrofida (0.5%)
Turkmanlar – 165 mingdan ko‘proq (0.6%)
Ukrainlar – 87 ming, ozarbayjonlar – 43 ming, armanlar – 40 ming, beloruslar – 21,5 ming, yahudiylar
11 ming, moldovanlar – 5,5 ming, nemislar - 5 mingdan ortiqroqdirlar.
Mamlakatimizda ana shunga asosan O‘zbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy madaniy
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlar - Milliy-madaniy markazlarfaoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi
kunda yurtimizda 140 dan ziyod milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz
tashabbusi bilan mazkur
markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika
“Baynalmilal madaniyatlar markazi” tashkil etilgan. U jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikni
yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib
qilishga baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Tashkil etilayotgan ko‘plab tadbirlar,
konsert dasturlari, kechalar,
festivallar, ko‘rik-tanlovlar, konferensiyalar shular jumlasidandir. Masalan, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz”, “Vatan
yagonadir, Vatan bittadir”, “Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” kabi shiorlar ostidagi festivallar ko‘p millatli
aholimizning chinakam do‘stlik bayramiga aylanib ulgurgan, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Har yili milliy
ayyomlarimiz ham markazimiz boshchiligida milliy madaniy markazlar bilan birgalikda munosib nishonlanmoqda.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan sanaga bag‘ishlab hamda Xalqaro bag‘rikenglik
kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiyalar, uchrashuvlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bular sirasiga milliy madaniyat
kunlari, dekadalari, milliy bayramlarni ham kiritish mumkin.
Milliy-madaniy markazlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining jamoat
tashkilotlari to‘g‘risidagi amaldagi qonunlariga hamda o‘z nizomiga asoslangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Milliy-madaniy
markazlarm. muayyan millatga xos bo‘lgan milliy madaniyat, til, urf-odat, an’ana va taomillarni o‘rganish, saqlab qolish va
rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasining
"Nodavlat va notijorat tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonuni (1999y. 14 aprel)ga asoslangan holda tuziladi. Nizomi tegishli adliya
tashkilotlari (Adliya vazirligi yoki viloyat va shahar adliya idoralari) tomonidan ro‘yxatga olinadi. O‘z faoliyatini bevosita
yoki jamoalardagi bo‘limlari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.
O‘zbekiston rahbariyati aholining ko‘pmillatliligini hisobga olib, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab
millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Davlatimiz milliy
siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bayon etilgan. Milliy siyosat
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi;
-
Millatidan qat’iy nazarfuqarolarning qonun oldida tengligi;
-
Davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida etnik o‘ziga xosliklarni hisobga olish;
-
Millatchilikning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlik;
-
Ijtimoiy va siyosiy hayotda barcha millat va elat vakillarining har tomonlama ishtirokini ta’minlash;
203
-
Respublikada ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiladigan partiyalar va jamoat
birlashmalari tuzilishi hamda ularning faoliyati taqiqlangan.
Dastlabki Milliy-madaniy
markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida
1989 yilda tuzilgan. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin
boshlandi. O‘zbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat kursatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Natijada Milliy-madaniy markazlar soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 yil 10 ta Milliy-madaniy markazlar ish olib borgan
bo‘lsa, 1995 yilda ularning soni 72 taga, 2003 yilga kelib esa 135 taga etdi. Ular respublika madaniy markazlari, viloyat,
shahar, tuman madaniy markazlaridan iborat.
Respublikada hozirgi paytda qator millatlar vakillaritomonidan tuzilgan 150
ga yaqin milliy madaniy
markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. 14 MMM respublika maqomiga ega. 31 koreyslar, 23 ruslar, 10 tojiklar,
9 qozoqlar, 9 tatarlar (3 ta tatar-boshqird MMMlari) tuzilgan. Ozarbayjonlar 8, turkmanlar 7 ta, krainlar va
qirg‘izlarda 6, turklarda va Evropa yahudiylarida 5 tadan MMM bor. Nemislar, polyaklar va armanlar 4 tadan,
uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari 3tadan, beloruslar va qrim tatarlar 2 tadan, arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar,
gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqlar, xitoylar va dunganlar 1 tadan MMM faoliyat olib boradi.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi va MMM faollari orasida V. B. Pak (Xorazm viloyati koreys
markazi faoli), O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, rus markazi faoli S.Gerasimova kabi O‘zbekiston Qahramonlari,
80 ga yaqin kishi “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari,“SHuhrat” medali,
faxriy unvonlar, O‘zbekiston
Respublikasining Faxriy yorliqlari kabi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Mukofotlanganlar qatorida
24 millat vakillari bor.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bugun O‘zbekiston televidenie va radiosida 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus,
qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda
(o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek,
qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq,
rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar vakillari manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida
totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa
xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, xalqaro maydondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan xam bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, ma’naviy ma’rifiy
hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
SHuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy vatanlari bilan do‘stlik, hamkorlik,
madaniy-ma’rifiy aloqalar o‘rnatish va hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish, Respublika baynalmilal madaniyat
markazi,
manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan
hamkorlikda mamlakatimizda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish
markazning asosiy vazifalari bo‘lib hisoblanadi. Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarga erishishda
markazlar quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: musika va teatr studiyalarini, ona tili, tarix, yozuv, adabiyot,
xalq og‘zaki ijodi, teatr va rassomchilik san’ati, milliy urf-odatlar va hunarmandchilik, milliy sport va o‘yinlar
turlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv guruhlari va yakshanba maktablarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tuzadi;
milliy madaniyat, milliy til; milliy san’at turlari va milliy urf-odatlarni o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadlarida
seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, festivallar va uchrashuvlarni; xor va badiiy jamoalarni tashkil etadi.
Milliy-madaniy markazlar faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13
yanvar
qarori bilan tashkil etilgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi muvofiklashtiradi
251
.
Dostları ilə paylaş: