O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


“Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
Fuqarolik jamiyati

“Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida 
qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik 
yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga 
bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. 
Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat 
qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va 
normalarni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi”
86
, - deb ta’riflaydi, - I.Karimov.
Qonun ustuvorligi - demokratik jamiyat barpo etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. SHu bilan birga, 
adolat mezoni hisoblanadi. CHunki, qonun ustuvorligi ta’minlansagina adolat qaror topadi, insonlar 
millati, tili, urf-odati, an’anasi, qadriyatlari, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli kabilarda tenglikka 
erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida barqarorlik ta’minlanishining 
asosi hisoblanadi. Qonun oyoq osti qilingan mamlakatda talon-torojlik, tengsizlik, adolatsizlik, 
zo‘ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham qonun ustuvorligi 
umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunyoqarashiga 
aylanishiga erishish, milliy rivojlanishning muhim yo‘nalishini tashkil qiladi.
Ammo u oson ish emas. CHunki, demokratik jamiyatga o‘tish jarayonida iqtisodiy sohada vujudga 
keladigan muammolar oddiy insonlardan tortib, to mansabdor shaxslargacha qonunni chetlab o‘z 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakatlar qilish 
jarayonini vujudga keltiradi. Bu salbiy jarayonlarning oldini olmasa juda noxush holatlarni keltirib 
chiqarishi mumkin.
Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muqaddas tamoyillaridan biridir. 
Qonunga og‘ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va yanada mustahkamlanadi. 
Qolaversa, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari qonun vositasi bilan joriy etiladi. 
Qonunda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o‘zining ifodasini topadi. Qonunga 
itoatkorlik – bu yuksak madaniyatlilik, ma’naviyatlilik, ma’rifatlilik belgisidir. Qonunga itoatkorlikni 
84
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. 10-б.
85
Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. 10-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 2002, 28-б.
86
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. -Б.321.


96 
insonning unga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishi ma’nosida tushunmaslik lozim. Qonunning maqsad va 
vazifalarini, ma’nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga ixtiyoriy rioya 
qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi.
Qonunlarga qat’iy rioya etilishi jinoyatchilikning oldini olishning, qonun buzilishiga yo‘l 
qo‘ymaslikning zarur shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qonunning kuchi, obro‘si, ta’siri, amaliy 
ahamiyati hayotda uning halol, haqiqiy, odilona tatbiq etilishidadir. Agar qonun ijrochilari burchlari va 
mas’uliyatlariga xolisona odilona yondashib, to‘g‘ri yo‘ldan toymay Vatan, davlat manfaati va taqdirini 
o‘zlari uchun oliy maqsad deb hisoblab qonunlarni turmushga adolatli qo‘llasalar, bundan davlat va 
jamiyat ham, xalq ham naf ko‘radi.
“Qonun – ijrosi bilan kuchli” – degan iboraga urg‘u beradigan bo‘lsak, demokratik huquqiy davlat 
va fuqarolik jamiyatida qonunlarni ijro etishda halollik va adolat asosida ish yuritish mutasaddilar uchun 
asosiy maqsad, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi buyuk insoniy burch, yuksak mas’uliyat bo‘lmog‘i lozim.
Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyatda qonunning hukmronligini qaror toptirishni 
taqozo etadi. CHinakam huquqiy davlat barpo etmoq uchun mamlakatda adolatli, insonparvar demokratik 
qonunlar tantana qilmog‘i lozim. Qonunning oliyligi davlat va jamiyat hayotining muqaddas 
prinsiplaridan biridir. Ijtimoiy siyosiy turmushda qonun muqaddas sanalib, uning yuksak nufuzga ega 
bo‘lishining boisi shuki, unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o‘zining 
ifodasini topadi.
SHunisi diqqatga sazovorki, mamlakatda bozor munosabatlariga o‘tishning O‘zbekistonning 
Birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan e’lon qilingan besh prinsipi orasida qonunning hamma 
narsadan ustun bo‘lishi va qonunga itoatkorlik prinsipi alohida o‘rin tutadi. “CHinakam demokratik 
jamiyatda Prezident ham, oddiy fuqaro ham qonunga rioya etadi. Boshqa iloji yo‘q”
87

Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyilining ahamiyati juda muhimdir. CHunki Birinchi 
Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek, «huquqiy davlatning quroli ham, ko‘zi ham, o‘zi ham, qalqoni 
ham - qonundir»
88

Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi avvalambor demokratiyaga xos bo‘lgan 
xususiyatlarni amalga oshirishni ta’minlaydi, ya’ni boshqacha qilib aytganda, qonun belgilagan 
har bir narsa majburiy yoki ta’qiqlov xarakteriga ega va ushbu qoida jamiyatda istiqomat 
qiluvchi barcha shaxslarga taalluqlidir. YA’ni bu erdan shunday tushuncha vujudga keladi, 
barcha qonun oldida barobardir.
Qonun ustuvorligining ahamiyati haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor, xalqning 
manfaatlari, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, davlat ishini tashkil etish va shunga o‘xshash 
boshqa masalalarda muhim ahamiyatga ega.
Qonun ustuvorligiga erishish uchun avvalambor ularni qabul qilish jarayonida puxta va 
mukammal qilib, jamiyatda kelajakda uzoq vaqt o‘z foydasini bera oladigan darajada ishlab 
chiqish lozim. Bundan tashqari qonunlarni qabul qilish jarayonida shuni e’tiborga olish lozimki, 
ya’ni jamiyat, xalq ushbu qonunga ehtiyoj sezayaptimi yoki yo‘qmi. Aynan shu masala ham 
qabul qilinadigan qonunning hayotda qay darajada jamiyatga naf keltirishi keltirmasligini 
belgilab beradi.
Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda noroziliklar ham bo‘lmaydi, chunki barcha soha vakillari qonun 
asosida faoliyat yuritar ekan norozilik va tushunmovchilikning o‘zi bo‘lmaydi. Qonunlarning ustuvorligi 
jamiyatdagi barcha fuqarolar uchun shu jumladan, davlat xizmatida ishlovchi shaxslar uchun, shuningdek 
jamiyatdagi barcha sohalarga taalluqli bo‘lganligi uning yanada mukammal tus olishigi olib keladi. 
Qonun ustuvorligi haqida so‘z yuritganda uning ustuvorligini ta’minlovchi davlat organlari haqida ham 
unutmasligimiz lozim. CHunki qonun qabul qilinishining o‘zi bu uning jamiyatda o‘z-o‘zidan ustuvor 
87
Каримов И.А. “Янги уй қурмай туриб, эскисини бузманг”. –Т.: Ўзбекистон, 1993, 22-б.
88
Х. Бобоев, 3. Ғофуров, 3. Исломов. "Миллий истиклол мафкураси ва тараққиёт". –Т.: Янги аср авлоди, 2001. 115-б. 


97 
xususiyatga ega degani emas, buning uchun davlat organlarining bu borada hizmatlari va mehnatlari talab 
etiladi.
Qolaversa, qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan kishilar har doim 
oddiy fuqarolarga “etalon” bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga qaratilgan 
har bir kichik xatti-harakatlar nafaqat umumiy taraqqiyotga, shuningdek fuqarolarning hokimiyatga 
ishonchining barbod bo‘lishiga olib keladi. SHu ma’noda ham qonun ustuvorligini ta’minlashda fuqaroga 
qaraganda uning ijrosi uchun mas’ul bo‘lganlar ko‘proq etakchilik qilishlari talab etiladi. Qonunlarning 
har qanday shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoxud ijtimoiy tabaqalar manfaatlaridan ustun bo‘lishini real 
ta’minlash orqaligina demokratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal qilishiga erishish mumkin 
bo‘ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat va fuqaro manfaatlariga mos keladi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin