O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169
Fuqarolik jamiyati

8.
 
Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari 
Mamlakatimizda voyaga etib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va mustahkam 
ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi barchamizga ma’lum. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va 
rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar 
amalga oshirildi. CHunki 
YUrtboshimiz «YUksak ma’naviyat - engilmas kuch» asarida 
ta’kidlanganidek: «Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom 
etgan ijtimoiy-siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda mutlaq tabiiy ravishda o‘ziga xos 
«inkorni inkor» konuniyati asosida kechganini aytish lozim. Lekin biz sobiq tuzumning 
mafkuraviy karashlarini umuman inkor etishning o‘zi hech kanday bunyodkorlik dasturiga ega 


91 
bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. SHu 
bilan birga, tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, turmush tarziga orqa-oldini uylamasdan, 
yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr hayotini qabul qilmaslik, 
jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini 
unutmaslik zarur edi. Barchamizga ma’lumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush 
tarzini ifoda etadigan milliy ma’naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, 
odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta 
uylab ish yuritishni talab kiladi».
77
YOshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar 
faoliyatida ko‘rish mumkin. YOshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini e’tiborga 
olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha milliy 
konsepsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib bormayotganining guvohi bo‘lamiz. Masalan, Evropa 
davlatlaridan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va SHvetsiyada bu borada erishilgan natajalar 
diqqatga sazovor. Bugungi kunda dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini 
amalga oshirishning ikki xil strategiyasi amal qilmoqda. Bular: yoshlar siyosati sohasida davlatning 
etakchi roliga asoslangan strategiya hamda yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati 
tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya. Hozirgi davrda Germaniya va Fransiyani birinchi 
yo‘nalishdagi siyosatni olib boradigan davlatlar sirasiga kiritish mumkin. Ushbu davlatlar o‘z faoliyatini 
yoshlar siyosatini umummilliy, mintaqaviy va hududiy darajalarga qarab ixtisoslashtirish asosida olib 
boradi. Bunda yoshlar siyosati oila, qariyalar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlik tomonidan 
Konstitutsiya va federal qonunlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, Fransiyada yoshlar siyosati 
YOshlar ishlari, sport va jamoat birlashmalari bo‘yicha vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi.
YOshlar siyosati sohasida davlat hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan 
strategiya Buyuk Britaniya va SHvetsiyaga xos bo‘lib, bunda yoshlar siyosatining umumiy ko‘rinishi, 
maqsad va etakchi vazifalari davlat tomonidan belgilab berilsa, bu vazifalarning ijrosi mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu davlatlarga xos 
bo‘lgan xususiyat esa yoshlar siyosati va yoshlar ishlari bo‘yicha maxsus davlat organlarining mavjud 
emasligida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, dunyoning ko‘plab davlatlarida yoshlar huquq va 
manfaatlarini xalqaro va milliy darajada qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilgan yoshlar 
parlamentlari hamda milliy yoshlar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, xalqaro darajada yoshlar 
manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi Evropa yoshlar parlamenti, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi 
yoshlar parlamenti, SHimoliy Irlandiya yoshlar forumi, SHotlandiya yoshlar parlamenti kabi yoshlar 
parlamentlari hamda Avstriyadagi Avstriya xalqaro yoshlar hamkorligi qo‘mitasi, Belgiyadagi Flaman 
yoshlar kengashi, Buyuk Britaniyada Britan yoshlar kengashi, Germaniyada xalqaro yoshlar ishlari 
bo‘yicha Germaniya milliy qo‘mitasi (bunday kengashlar Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva 
kabi yana 25 ga yaqin davlatda mavjud) faoliyat yuritmoqda. Bularni keltirishdan maqsad, yoshlar huquq 
va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm mamlakatimizda qay darajada amal qilayotganiga 
e’tibor qaratishdir.
Xo‘sh, O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun muhim qadamlar 
tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotini tuzish qanchalik 
zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 ming nafar)ni tashkil 
etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bog‘liq muammolar davlatning olib 
borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar 
qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga 
ega mustahkam institutni shakllantirish — ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlar kelajagini ta’minlashda 
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
77
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. 81 бет. 


92 
Bugungi kunda kelajak avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash o‘ta muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. CHunki mamlakatimizda boshlangan va chuqur ildiz otib borayotgan iqtisodiy islohotlarning 
ijobiy samarasi va qolaversa, kelajagi buyuk davlat qurishdek o‘ta mas’uliyatli va muhim vazifaning qay 
darajada hal etilishi aynan mazkur masalaning echimiga bevosita bog‘liqdir desak, hech bir mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja 
ortidan qarash, buni qandaydir mavhum yoki o‘z-o‘zidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida 
tushunish va shunday baholash o‘ta kaltabinlik bo‘lur edi. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
iborasi bilan aytganda, “qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar 
o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha 
– qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat 
qudratli kuchga aylanadi”
78

YUrtimizda yosh oilalar himoyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ham juda katta hajmdagi 
ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘tgan yillar davomida oila haqida 50ga yaqin qonun, 70 ga 
yaqin qaror va farmoyishlar e’lon qilindi. Ularning aksariyat katta qismi ijtimoiy, moddiy va ma’naviy 
himoya qilish va farovonligini ta’minlashdan iborat. SHunisi e’tiborga molikki, yosh oilalarni moddiy va 
ma’naviy qo‘o‘llab-quvvatlash mas’ulligini birinchi navbatda davlatimiz o‘z zimmasiga olgan. Bu 
vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda davlat idoralari, fuqarolik institutlari va mahalliy hokimiyatlar 
tashabbuskor bo‘lmoqdalar. SHuningdek, bola huquqlarini himoya qilish borasida milliy 
qonunchiligimizda ham bir qator qonun hujjatlari va davlat dasturlari qabul qilingan. Jumladan, 2008 yil 
7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining qabul qilinishi milliy qonunchilikni bola huquqlari bo‘yicha xalqaro andozalar bilan 
muvofiqlashtirish, bola huquqlarini himoya qilish sohasida tegishli dasturlar tuzish, davlat organlari va 
nodavlat tashkilotlarining bu boradagi vazifalari, vakolatlarini va o‘zaro faoliyatini aniqlashtirish, bola 
huquqlari himoyasi mexanizmining ishlashi va amaliy natijalari berishini ta’minlash, shu sohaga oid 
qonunchilikning kelgusidagi rivoji uchun keng imkoniyatlarga yo‘l ochadi.
SHuningdek, ushbu qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bolalarga 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoyalashda ishtirok etish shakllari belgilangan. SHuni 
alohida ta’kidlash kerakki, yoshlar bilan ishlash, ularning o‘quvi, jamoat hayotidagi ishtiroki, qolaversa, 
ularning kelajagini yaratishda nafaqat adliya organlari, balki ota-onalardan tortib davlat idoralarigacha 
mas’ul bo‘lishi kerak. Ana shunda biz yoshlar siyosati bo‘yicha oldimizga qo‘ygan vazifani bajarishda 
to‘la-to‘kis faol ishtirok eta olgan bo‘lamiz. CHunki yoshlar— mamlakat kelajagi. SHuning uchun ham 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Albatta, har bir bandaga rizq-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu 
hayotda nasibasi butun va to‘la bo‘lishi uchun insonning o‘zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini 
sog‘lom muhitda tarbiyalashi katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur”
79
, - degan edi. 
YUrtboshimizning mazkur fikrlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
madaniy tizimdagi islohotlar nafaqat farovon turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, balki ma’naviyati yuksak 
yangi avlodni shakllantirishga xizmat qiladigan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratishni nazarda tutilgan. 
YUrtimizning kelgusidagi mavqei, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi ularning qo‘lida. Ana shuni 
unutmagan holda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik biz kattalarning dolzarb vazifamizdir. 
Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish insoniyatning eng yorqin orzusi 
bo‘lib kelgan. Bunday insonlar orasida O‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan 
bobolarimizning o‘z o‘rni va nomi bor. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o‘z tariximizdan juda ko‘p 
dalillar keltirishimiz mumkin. Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g‘oyalarni yodga olaylik. 
Unga ko‘ra jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o‘rni, ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar FOZIL 
kishi. Fozil inson o‘z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, o‘z kasbining 
ustasi, lozim bo‘lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo‘ladi. 
78
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. 116-бет.
79
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – 58 б. 


93 
Ota-ona va farzand, ustozu shogird o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo, bunday 
fikrlashning o‘zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr 
aytish bu borada ko‘p asrlik meroslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak, 
bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har bir 
fuqarodan o‘ziga yarasha munosib o‘rin egallashni, yangi mafkura asosida yangicha ma’naviyatni talab 
etadi. Talab etibgina qolmasdan, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitda yangicha 
o‘ylashga va harakat qilishga majbur etmoqda. YAngicha o‘qish, yangicha ishlashning o‘zi bo‘lmaydi. 
SHuning uchun ham bizga raqobatbardosh yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi fozil 
insonlar kerak. Dasturning asosiy maqsadi ham aynan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir».
80
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, har tomonlama etuk avlodni tarbiyalasakgina, bugun hayot 
oldimizga qo‘yayotgan o‘ta murakkab, og‘ir, sinov va qiyinchiliklarni engib o‘tamiz, shundagina 
ko‘zlangan yuksak marralarni egallay olamiz. Hech qachon hech kimdan kam bo‘lmagan va hech kimdan 
kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalab kelayotgan xalqimiz, ezgu maqsad-muddaomiz – erkin, ozod va 
obod hayot bunyod etishda ham hech kimdan kam bo‘lmaydi. SHuning uchun bu muhim masalaga doimo 
davlatimiz, jamiyatimizning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda. Insoniyat hamisha mukammal jamiyat 
bunyod etish ishtiyoqida yashagan. Mukammal jamiyatni ma’naviy yuksak, axloqiy barkamol, jismoniy 
etuk avlod yaratadi. Bugun mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar insonlar hayotiga, taqdiriga 
daxldor ekanligini har birimiz his qilishimiz va shundan tegishli xulosalar chiqarishimiz lozim. 
YUrtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha o‘zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson 
va uning manfaatlari qo‘yilganligi hammamizni quvontiradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «...bugungi 
kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon 
hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha 
sohalarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas”.
81
Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida 
insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli jamiyatni barpo 
etishning muhim kafolati sanaladi. 
SHunday ekan, o‘z maqsadlarimizga erishishda bir necha vazifalari borligini ta’kidlab o‘tish 
mumkin. Birinchidan: fuqarolarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayoning faol ishtirokchisiga 
aylantirish; amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning 
mohiyatini, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ahamiyatini fuqarolarimizga sharhlab berish va 
tushuntirish; ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ‘ibot tizimini amalga oshirish; 
ma’naviyatning kuch qudratini faqat ezgu maqsadlar yo‘lida samarali foydalanish va rivojlantirish. 
Ikkinchidan: turli qarash va fikirlarga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va xarakatlarning 
o‘ziga xos orzu intilishlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oya- Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi-
barchamiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish. Uchinchidan: qabul qilingan “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni izchil davom ettirish; ta’lim-tarbiya tizimini muttasil 
takomillashtirish. Bu orqali kelajagimiz bilimli, dono va ma’naviy sog‘lom, barkamol avlodga bog‘liq 
ekanligini chuqur anglashga erishish. To‘rtinchidan; ota-bobolarimiz va bizning muqaddas e’tiqodimiz 
bo‘lmish islom dinning bugungi hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini, yoshlarimizni ruhan pok, iymoni butun, 
irodasini baqquvvat etishdagi, odamiylik fazilatlarini uyg‘unlashtirishdagi hissasini va mohiyatini keng 
jamoatchilikka tushintirish borasidagi tashviqot ishlarini davom ettirish. Beshinchidan; ko‘p millatli 
mamlakatimiz fuqarolari orasida ularning milliy va diniy mansubligidan qat’iy nazar, ularda hamjihatlik 
va birdamlik tuyg‘ularini kuchaytirish; chunki ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-
qarindosh qiladi. Ularning taqdirini o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi
82
deb ta’kidlaydi. Mana 
shunday maqsadli va ma’suliyatli vazifalarni ma’naviyat hozirgi kunda barkamol avlodni voyaga 
etkazishda bosqichma-boqich amalga oshirib kelmoqda. O‘z navbatida xalq ma’naviyatini yuksaltirishda 
80
Қаранг: Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Тошкент - 2000. 
81
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. 106-бет. 
82
Каримов И.А. Миллий истиқлол ғояси; асосий тушунча ва тамойиллари. Т.: Ўзбекистон. 2000., 3-4-бетлар 


94 
yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash, ularni 
zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, har tomonlama aqlli, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan 
barkamol qilib tarbiyalash hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. Xususan, Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov ma’naviy tarbiya haqida shunday yozadilar: “
Bizning eng muhim, dolzarb 
vazifalarimizdan biri bu – o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta 
javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma’naviyatining 
munosib egalaridir. SHuning uchun har bir o‘g‘il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab 
ma’naviy boyliklarimizdan bahramand bo‘lishi kerak.
83
Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak ma’naviy mezonlar asosida o‘sib-ulg‘ayishi uchun 
barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang – 
sog‘liqni saqlash yoki ta’lim deysizmi, iqtisodiyot yoki kichik biznes sohasi deysizmi, rahbarlik, 
madaniyat va sport jabhalari deysizmi – ularning barchasida yoshlarning huquq va manfaatlari alohida 
e’tiborga olinayotganini ko‘ramiz. Hech qachon ma’naviyatsiz etuk insonni tarbiyalab bo‘lmaydi. 
CHunki, odamzot uchun hayot yo‘llarida har qadamda zarur bo‘ladigan ajdodlar yodi, milliy g‘urur va 
iftixor, jonajon Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, istiqlolga sadoqat, farzandlik hissi, insoniy 
fazilatlar aynan ma’naviyat orqali uning ongu tafakkuriga singib boradi, hayotining ma’no-mazmuniga 
aylanadi. Ma’lumki, yoshlikda inson qiziquvchan va intiluvchan bo‘ladi. Uning ana shu intilishlarini 
ma’naviy komillik sari yo‘naltirish nafaqat ana shu yigit-qizlarning, balki butun jamiyatning yorug‘ 
kelajagini ta’minlashda hal qiluvchi va dolzarb masaladir. Zero, ma’naviyat azal-azaldan insonni 
komillikka etaklaydigan beqiyos ne’mat bo‘lib kelgan. SHu ma’noda, hozirgi kunda ham ma’naviyat – 
najotkor kuch, ma’naviyat – ilohiy yog‘du desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, hayotga katta orzu-
umidlar bilan qadam qo‘yayotgan, unga faqat pok va beg‘ubor nigoh bilan qarab, oldinga intilayotgan 
yoshlarga nisbatan olganda, bu haqiqat yanada teranroq ma’no-mazmun kasb etadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yosh avlodda vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni xar 
tomonlama etuk barkamol qilib voyaga etkazish uchun oila, mahalla, ta’lim muassasalari va turli ijtimoiy 
institutlarning birgalikdagi faoliyatini ta’minlash oliy maqsadimiz hisoblangan ozod va obod erkin va 
farovon xayot barpo etish uchun asos bo‘ladi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin