95
ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik
faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart”
84
.
Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qabul qilinayotgan qonunlarimiz zamirida adolat yotishi darkor.
Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat a’zolarining
qonun oldida
tengligining, Konstitutsiya va qonunlarning tengligining ta’minlanganligidir. SHuningdek,
Konstitutsiya
va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i
lozim.
“Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning
huquq va manfaatlari
muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati
va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni
qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan
chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning
vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi”
85
. Huquqiy davlatning muhim belgisi – jamiyat hayotida
chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash
- har qanday davlat uchun, xususan huquqiy davlat qurish
yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham juda muhimdir.
Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15- va 16-
moddalarida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat,
uning organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar” deyilgan.
Qonun ustuvorligi tushunchasining mohiyati Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimovning bir qator
asarlarida chuqur tahlil qilingan.
Dostları ilə paylaş: