O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Fuqarolik jamiyati

7.
 
O‘zbekistonda yoshlarga oida davlat siyosatining strategik yo‘nalashilari 
Hozirgi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga doir islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida 
yoshlarni shu yurtga, shu Vatanga munosib farzand sifatida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga 
aylandi. SHuning uchun davlatimiz va xalqimiz ta’lim-tarbiya tashkilotlari hamda jamoat 
birlashmalaridan yoshlarni etuk inson bo‘lishlariga munosib hissa qo‘shishiga katta umid bilan qaraydi. 
Xalqimiz mazkur demokratik institutlarga, ularning tashkilotchilik, tashabbuskorlik harakatlariga katta 
ishonch bog‘lamokda. O‘ylaymizki, “KAMOLOT” yoshlar ijtimoiy harakati va siyosiy partiyalar 
faoliyatini davlat hamda hukumat tomonidan moliyalashtirishning joriy qilinishi ularning yoshlar 
o‘rtasida keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat olib borishini ta’minlaydi. YOshlar 
jamiyatni erkinlashtirish va boshqarish bilan bog‘liq islohotlarga ko‘proq jalb etiladi. 
Fuqarolik jamiyati asoslari shakllanayotgan bir sharoitda shaxs erkinligini yanada kengaytirish 
ularda davlat va jamiyat hayoti, uning ravnaqini ta’minlashdagi burch va mas’uliyatlarini chuqur anglab 
etish, ko‘nikmalarini hosil qilish huquqiy saviyasi va madaniyatini yuksaltirishda, davlat organlari, ta’lim 
muassasalarigina mas’ul bo‘lib qolmay shu bilan birga jamoat tashkilotlari va boshqa nodavlat 
tuzilmalarini faollik darajasini ortishini ham taqozo etadi. «Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, 
siyosiy faolligi yuksalib borgan sari deb, ta’kidlagan edi Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov, davlat 
vazifalarini nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich 
o‘tkazib borish zarur. Bu borada o‘zini-o‘zi boshqaradigan idoralarning, mahallarning nufuzini va 
mavquini oshirish, ularga ko‘proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi»
76

Fuqarolik madaniyati shakllangan muhitda odamlarda siyosiy hayotda ishtirok etish ehtiyoji paydo 
bo‘ladi. Bunda kishilar fuqarolik jamiyati institutlariga birlasha boshlaydilar.Fuqarolik madaniyati 
kuchayib borgan sari odamlar siyosiy jihatdan faollashib, partiyalarga a’zo bo‘lish tendensiyasi 
kuchayadi. Demak, siyosiy partiyalar a’zolari soni va sifatining oshib borishi darajasi ham fuqarolik 
madaniyatini ko‘rsatuvchi mezonlardan biridir. Fuqarolik madaniyati shaxsning jamiyatdagi faol a’zosi 
sifatida ma’lum haq-huquqlarga ega bo‘lish bilan birga o‘z zimmasidagi burch va majburiyatlarni 
vijdonan ado etishdir. YOshlarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish - ularga mustaqil davlat 
tuzilmasining xususiyatlari, mamlakatning xalqaro maydonda tutgan o‘rni, vatanparvarlik va millatlararo 
do‘stlik tuyg‘ulari, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy 
harakatlar, mehnat an’analari, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura asoslari haqidagi bilimlarni berish 
asosida ularda fuqarolik hissini zimmalaridagi burch va majburiyatlarni bajarishga nisbatan mas’uliyat, 
yot mafkuraviy qarashlarni anglash va unga qarshi bo‘lish, ijtimoiy faollik va fidoyilik kabi sifatlarni 
mujassamlashtirgan yaxlit bir tarbiya jarayoni hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyatining institutlari - o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat 
tashkilotlarini mustahkamlash hamda rivojlantirish yoshlarning siyosiy madaniyatini, faolligini 
oshirishning muhim shartlaridan biridir. O‘zbekistonda davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini 
erkinlashtirish, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish vazifalarini amalga oshirishda har bir yoshning 
jamiyatda o‘z o‘rni bo‘lishini bilish, eng muhimi, o‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb, tushunishi ulkan 
ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z mas’ulligini anglashga erishishda mavjud demokratik institutlar, o‘z-o‘zini 
76
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. 8 -жилд. -Тошкент: Ўзбекистон, 2000. – 333 б. 


89 
boshqarish organlari, partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. CHunki, jamiyatda 
yashayotgan har bir yoshning ijtimoiy-siyosiy faoliyati mavjud siyosiy institutlar, partiyalar yoki nodavlat 
va jamoat tashkilotlari orqali amalga oshiriladigan demokratik siyosiy jarayonlarda aks etadi. Bu, bir 
tomondan, yoshlarning siyosiy faollik darajasiga, ularning siyosiy qarashlarini idrok etib, uning 
ishtirokiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatdagi mavjud o‘z-o‘zini boshqarish organlari, 
nodavlat va jamoat tashkilotlarining ish faoliyatiga, yoshlarni o‘z atroflariga birlashtiradi. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratlashuv jarayoni insonlar, turli xil ijtimoiy 
qatlamlar, siyosiy institutlar, davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyati va o‘zaro munosabati bilan 
bog‘liq. Jamiyat hayotining demakratlashuvi hamda mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlari aholining 
eng katta ijtimoiy qatlamini tashkil etadigan yoshlarning ijtimoiylashishiga hamda ularning tarbiyasiga 
katta ta’sir ko‘rsatadi. YOshlar — jamiyatning tub negizi, aholining ilg‘or qatlami, kelajakning ishonchli 
egalari hisoblanadi. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, har bir davr yoshlarining bilim darajasi
dunyoqarashi, o‘y-fikri, ma’naviy qiyofasiga qarab o‘sha jamiyatning ertangi kunini aniq tasavvur etish 
mumkin. SHu boisdan ham mustaqillikka erishilgach, aniqrog‘i, 1991 yilning 20 noyabrida "O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi bilan 
mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi. Ushbu Qonunning 
1-moddasida: "YOshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi 
bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat 
manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, 
tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir", – deya mustahkamlab 
qo‘yilgan. O‘z-o‘zidan, davlatning bu jarayondagi asosiy vazifasi — yoshlarning jamiyatga turli xil salbiy 
oqibatlarsiz kirib kelishini ta’minlash, ularning o‘z huquq va erkinliklarini to‘la amalga oshirishlarini 
kafolatlashdan iborat. Bu esa, davlatning yoshlarga oid siyosatini amalga oshirishida o‘z ifodasini topadi.
SHuningdek, Oila kodeksi, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Bola huquqlarining 
kafolatlari 
to‘g‘risida”gi, “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi, “Aholini 
ish 
bilan 
ta’minlash 
to‘g‘risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, “Voyaga etmaganlar o‘rtasida 
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Vasiylik va homiylik 
to‘g‘risida”gi qonunlar yoshlar tarbiyasida, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishda, ish bilan 
band qilishda, huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim huquqiy baza vazifasini o‘tamoqda. 
SHuningdek, davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin