81
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Konsepsiyasida mehnat munosabatlariga urg‘u
berilmaganining sababi hozirgi kunda mehnat munosabatlaridagi antagonistik ziddiyat ko‘pchilik
mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bartaraf etilganida. Bundan tashqari, mehnat
munosabatlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan qonunlar va boshqa huquqiy me’yorlar dunyoning
ko‘pchilik mamlakatlarida mavjud. Bunday hujjatlar orasida markaziy o‘rinni “Mehnat kodeksi”
egallaydi. O‘zbekistonda bunday Kodeks 1995 yilda qabul qilingan edi. “Mehnat Kodeksi”dan tashqari
yana ko‘plab huquqiy-me’yoriy hujjatlarda mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari ko‘rib
chiqilgan. Bundan chiqadigan xulosa shundaki, asosan tartibga solingan mehnat munosabatlarini yana bir
marta tartibga soladigan hujjat yoki institut yaratishga zarurat yo‘q. Ijtimoiy sheriklik endi jamiyat oldida
turgan boshqa muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishi lozim. Islom Karimov Konsepsiyasida ana shu
muammolar ko‘rsatib berilgan.
Prezident Konsepsiyasida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish zarurati haqida
gapirilar ekan, asosiy e’tibor fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratiladi. Fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan falsafa,
sotsiologiya, siyosatshunoslik va
boshqa fanlarga oid adabiyotlarda asosiy e’tibor fuqarolik jamiyati institutlarining mohiyati, miqdori,
funksiyalari kabi masalalarga qaratilgan. Bunday institutlar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil qiladi.
Biroq negizning o‘zi fuqarolik jamiyati, degani emas. Bunday institutlarning soni o‘n minglab va yuz
minglab bo‘lsa ham fuqarolik jamiyati qurilib qolmaydi. Fuqarolik jamiyati vujudga kelishi uchun ana
shu institutlar, davlat hokimiyati organlari va biznes vakillari o‘rtasida sheriklik munosabatlari bo‘lishi
shart. SHu ma’noda aytish mumkinki, ijtimoiy sheriklik fuqarolik jamiyatiga olib boradigan asosiy
yo‘ldir.
Prezident Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklikning hozirgi kundagi asosiy funksiyasi ko‘rsatib
berildi. Prezidentning ko‘rsatmalari O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi
Qonunida o‘zining to‘la ifodasini topdi.
Ijtimoiy sheriklik nazariyasiga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Konsepsiyasida aniqlik va
yangiliklar kiritilishi bilan bir qatorda amaliy sohada ham mazkur nazariya rivojlantirildi.
Bunday
rivojlantirish ijtimoiy sheriklik sub’ektlari doirasini kengaytirish va ularning o‘zaro munosabatlarini
rivojlantirish shaklida amalga oshirildi. Xolislik taqozosiga ko‘ra qayd etish lozimki, XX asr oxiri va XXI
asr boshlarida ijtimoiy sheriklikka nisbatan “sektorlaro o‘zaro ta’sir” nazariyasi ham vujudga keldi. Bu
nazariya tarafdorlari ijtimoiy sheriklikni mehnat munosabatlari doirasidan tashqariga olib chiqishdi. Unga
ko‘ra ijtimoiy sheriklik sub’ektlari bo‘lgan davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes vakillari
ijtimoiy masalalarni hal qilishda hamkorlik qilishlari lozim. Mazkur nazariya tarafdorlari har uch sektor
vakillarining ijtimoiy masalalarni hal qilishda o‘zaro tortishuv va munozaralar jarayonida konsensusga
kelib faoliyat yuritishlarini nazarda tutadi. O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘zaro
munosabatlarining yangicha shakli vujudga keldi. Bu shakl tomonlarning o‘zaro raqobatiga emas, o‘zaro
yordam va hamkorligiga asoslanadi. Tomonlarning mana shunday munosabati ijtimoiy sheriklikning
sinergiya effektini vujudga keltirishiga olib keldi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga tadbiq qilingan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘zbek modelining asosiy tamoyillaridan biri-davlatning bosh islohotchi
ekani ijtimoiy sheriklik sohasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sho‘rolar tuzumi davrida ijtimoiy tashabbuslari bo‘g‘ilgan va
shunday vaziyatga ko‘nikib qolgan aholining tafakkur tarzini o‘zgartirish zarur edi. Mustabid tuzum
davrida odamlar ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish imkoniga ega emas
edilar. CHunki u davrlarda ijtimoiy fanlar bo‘yicha chop etilgan adabiyotlarda bu mavzu umuman tilga
olinmas, olingan paytlarda esa faqat tanqidiy nuqtai nazardan yoritilar edi.
SHo‘rolar davri ijtimoiy-gumanitar fanlarida ijtimoiy sheriklik g‘ayri
ilmiy nazariya sifatida
baholanar edi. Ana shunday kayfiyatda tarbiyalangan odamlar ijtimoiy sheriklik munosabatlariga
82
mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin ham kirishib ketishlari qiyin kechdi. SHuni hisobga olib davlat
tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘llab-quvvatlana boshladi. Davlat dastavval fuqarolik
jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy bazani tayyorladi. Bu haqda
Prezident Konsepsiyasida shunday deyiladi: “Aytish kerakki, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida
nodavlat notijorat tashkilotlarni tobora rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi va chinakam
mustaqilligini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
faoliyatini tashkiliy-huquqiy,
moddiy-texnikaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan «Nodavlat notijorat
tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
So‘nggi yillarda «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi, «Homiylik to‘g‘risida»gi qonunlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati
institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil vazifasini bajarmoqda
67
.
Davlat fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy bazani
tayyorlash bilan bir qatorda ularga iqtisodiy jihatdan ko‘mak berishni ham kuchaytirib bordi. NNTlarga
ko‘rsatilayotgan ko‘mak davlatning iqtisodiy salohiyati oshishi bilan birga kuchayib bordi. Bu ko‘mak
keyingi birnecha yil davomida ayniqsa salobatli bo‘ldi. 2010 yilda Prezident “bunday ko‘makning
miqdori keyingi uch yilda o‘n bir milliard so‘mdan ortiqn tashkil qildi”, deb aytgan bo‘lsa, 2015 yilning
o‘zida bu ko‘mak hajmi so‘mni tashkil qildi.
Davlatning NNTlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatayotganining sabablaridan biri shundaki,
NNTlarning asosiy maqsadi-aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish. Aholiga ijtimoiy xizmatni davlat
idoralari ham ko‘rsatadi. Lekin NNTlar tarkibi ixchamligi va bevosita aholi tashabbusi bilan tuzilgani
sababli ularning xizmati tezkor va aniq manzilga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, NNTlar ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatishga davlat byudjeti mablag‘laridan tashqari xususiy sektor mablag‘larini ham grantlar,
xayriya ishlari, badallar, volontyorlar faoliyati shaklida jalb etish imkoniyatiga ega. O‘zbekistonda davlat
NNTlarning mana shu xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olib har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda.
Davlatning ko‘magi grantlar, ijtimoiy buyurtmalar, subsidiyalar tarzida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadlari va sub’ektlari “Ijtimoiy
sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur Qonunning 3-bandida
bu haqda
shunday deyiladi: “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu
jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning
huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga
oshirish borasidagi hamkorligidir”
68
7
Davlatning NNTlarga ko‘rsatadigan ko‘magi barqaror va salmoqli bo‘lishini ta’minlashda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining «Nodavlat
notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. SHu qaror asosida
NNTlarga mo‘ljallangan grantlar miqdori va ajratilayotgan mablag‘ hajmining
ortib borishi fuqarolik
jamiyati institutlarining tezroq oyoqqa turib olishlari va faolligining ortishida sezilarli rol o‘ynamoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida olib
borilayotgan ishlarga qisqacha ko‘z yugurtirib chiqishning o‘zi ham bu masalada jahon fani yaratgan
67
Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш
концепцияси. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси
Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси. Т.2010, 40-бет.
68
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 39-сон, 488-модда