O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASI



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169
Fuqarolik jamiyati

4-MAVZU:
FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASI
 
 
Reja 
 
1.
 
YOshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy 
jihatlari 
2.
 
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va mas’uliyatining o‘rni 
3.
 
O‘zbekistonda yoshlarga oida davlat siyosatining strategik yo‘nalashilari 


71 
4.
 
Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari 
5.
 
Ijtimoiy sheriklik-etuklik mezoni 
6.
 
Ijtimoiy sheriklikning tarixi va tadriji 
7.
 
Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari 
8.
 
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining 
rivojlantirilishi 
 
1.
 
Ijtimoiy sheriklik-etuklik mezoni 
Birinchi Prezidentiz Islom Karimov o‘zining 2010 yil 12 noyabrida Oliy Majlis Senati va 
Qonunchilik Palatasining qo‘shma majlisida bayon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da davlat hokimiyat organlari 
va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘rnatish zarurligini 
ko‘rsatib o‘tdi. Bu ko‘rsatma mazmun e’tibori bilan juda dolzarb va sermazmundir.
Ijtimoiy sheriklik g‘oyasi ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan eng buyuk 
ixtirolardan biridir. Insoniyat ijtimoiy sheriklikning zururligini anglab etishi uchun ko‘p asrlar kerak 
bo‘ldi. Bu jarayonda uzoq davom etgan konfrontatsiyani, murosasiz kurashlarni, keskin ijtimoiy nizolarni 
boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. 
“Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi ijtimoiy fanlarga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu 
tushuncha dastavval mehnat munosabatlari doirasida va ularni tartibga solish maqsadida yaratildi. Kapital 
bilan mehnat, ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar o‘rtasidagi munosabatlar asrlar davomida 
rivojlanib kelayotgan bo‘lsa ham, ularni tartibga soladigan ijtimoiy sheriklikning zarurligi va 
mumkinligini XIX asrning oxirlari- XX asr boshlariga kelibgina anglay boshlandi. Bu davrgacha
ijtimoiy mehnat jarayonlaridagi ziddiyatlar goh pasayib, goh kuchayib davom etaverdi. Bu ziddiyatlar 
ijtimoiy munosabatlarning negizini tashkil etuvchi munosabatlar, ya’ni ish beruvchilar bilan yollanma 
ishchilar manfaatlarining mos kelmasligi natijasida vujudga kelgan edi.
Ijtimoiy sheriklik ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan eng buyuk ixtiro sifatida XX asrda 
maydonga keldi. Ungacha ham odamlar orasida sheriklik munosabatlari mavjud bo‘lgan. Bunday 
munosabatlar minglab yillardan buyon davom etib keladi. SHeriklikning kurtaklari hatto yuqori darajada 
rivojlangan hayvonlar, masalan bo‘rilar, arslonlar, sirtlonlar va Afrikadagi sirtlonsimon itlar galalarida 
ham ko‘zga tashlanadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bu hayvonlarning har biri ov jarayonida 
o‘zlarining hatti –harakatini sheriklarining hatti-harakatlari bilan moslashtirib amalga oshiradi. Bu 
sheriklikning kurtaklari va ibtidoiy ko‘rinishlari edi. 
Ijtimoiy sheriklikning XX asrgacha jamiyatda mavjud bo‘lgan sheriklikdan asosiy farqi shundaki, 
avvallari sheriklik alohida shaxslar, nari borsa, kichik guruhlar o‘rtasidagi sheriklikdan iborat edi. 
Masalan, bir jamoada mehnat qilayotganlar, bir kasb egalari, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, tanish-
bilishlar biror yumushni bajarishda bir-birlari bilan sheriklik qilar edi. SHeriklikning bu ko‘rinishi hozir 
ham davom etib kelmoqda.
Ijtimoiy sheriklik sheriklikning rivojlanishidagi yangi yuksak bosqichni ifodalaydi. Ijtimoiy 
sheriklik alohida shaxslar yoki kichik guruhlar emas, katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi sheriklikni 
bildiradi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin