“O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ma’qullandi.
Dastur 7 bo‘lim, 67 banddan iborat. Unda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar ko‘lami ham
keng bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, sud-huquq sohalarini o‘zida
mujassamlashtirgan. Unda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat
qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak
ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga
ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi
immunitetni shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta
egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb
qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga
chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan
muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, barkamol avlodni
tarbiyalashda
ommaviy
axborot
vositalari
va
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi eng muhim va dolzarb yo‘nalishlarda chora-
tadbirlar ko‘zda tutilgan. Dasturda belgilangan yo‘nalishlar o‘zaro uzviy, chambarchas bog‘liq
bo‘lib, bir-birini taqozo etadi.
YOshlarni ijtimoiy ximoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun
munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish ushbu
dasturning o‘ziga xos bo‘lgan jihati bo‘lib hisoblanadi. YOsh tadbirkorlarni qo‘llab-kuvvatlash
va rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-kuvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini
ruyobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish ko‘zga tutilgan. Yigit-qizlarni
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va
jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot
vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni
keng rivojlantirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ximoya qilish, intilishlarini qo‘llab-
kuvvatlash, ularni ma’naviy va jismoniy kamol toptirish, Vatanga muhabbat, istiqlol
g‘oyalariga sadoqat ruxida tarbiyalash, turli yot g‘oyalarni targ‘ib qilib kelayotgan va past
saviyali «ommaviy madaniyat» ta’siridan asrash kabi masalalar dasturning asosiy vazifasi
hisoblanadi.