O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169
Fuqarolik jamiyati

6.
 
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va mas’uliyatining o‘rni 
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsad etib belgilangan davrda demokratik 
tamoyillarni shakllantirish, fuqarolar ijtimoiy –siyosiy faolligini oshirish, shaxs erkinligini amalda joriy 
etish, siyosiy jarayonlarni erkinlashtirish, demokratik me’yorlar asosida ko‘ppartiyaviylik tizimini 
takomillashtirish, jamiyat hayotida jamoat va nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish kabi vazifalar 
umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida ifoda etgan holda fuqarolik madaniyati bilan tutashadi. Agar fuqarolik 
jamiyatini yuksak fuqarolik madaniyatini oshkor etish imkoniyati sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, 
fuqarolarning ma’naviy etukligi bunday jamiyatdagi demokratik tamoyillarni to‘liq anglash omili 
ekanligini tushunamiz. CHunki fuqarolik jamiyatida insonni oliy qadriyat darajada tushunish bevosita har 
bir fuqaroning o‘z madaniyat darajasini qanchalik anglashi va unga sodiqligi bilan xarakterlanadi.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish o‘zining bir qator mezonlariga ega bo‘lib, ularning asosiylaridan 
biri – har bir insonda mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashash xususiyatini shakllantirishdir. Mas’uliyat 
odamning xar bir amali, faoliyati mahsulini to‘liq tasavvur qilgan holda uning o‘zi va o‘zgalar uchun 
nima naf keltirishini anglay olish qobiliyatidir. Mas’uliyatni his qilgan inson o‘z ishini doimo puxta 
rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi 
va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘ladi. SHaxsiy mas’uliyatni fuqarolik mas’uliyatidan farqlash 
lozim. Birinchisi shaxsning kundalik faoliyatidan keladigan shaxsiy manfaatni, ikkinchisi esa jamiyat 
manfaatlarini nazarda tutadi. Fuqarolik mas’uliyatini his etgan inson, eng avvalo, o‘zi mexnat qilayotgan 
jamoa yoki ta’lim olayotgan o‘quv dargohi, o‘z mahallasi va yurti ravnaqini o‘ylaydi. Mustaqil 
O‘zbekiston fuqarolari uchun yagona maqsad Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun 


86 
xizmat qilish bo‘lsa, demak har bir inson fuqarolik mas’uliyatining ma’no-mazmunini ana shu g‘oyalarni 
amalga oshirishda, deb bilishi darkor. 
Fuqarolik mas’uliyati, O‘zbekistonda yashayotgan har bir ongli fuqaroning qaysi millat vakili 
bo‘lishidan qat’iy nazar Respublika Konstitutsiyasida kafolatlangan xuquqlaridan foydalanish barobarida, 
unga javoban fuqarolik mas’uliyatini ham xis etib yashashidir. Bu shunday deganiki, har bir fuqaro 
mamlakat Konstitutsiyasiga, Oliy Majlis qabul qilgan barcha qonunlarga, Vazirlar Maxkamasi chiqargan 
qarorlarga rioya etishi va hurmat qilishi, ularni amalga oshirishi uchun mas’uliyat sezishi lozim. 
Binobarin, davlat o‘z fuqarosiga xuquq va kafolat berar ekan, shunga yarasha uning zimmasiga 
mas’uliyat ham yuklaydi
74
. SHuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish 
jarayoni shaxsning o‘zini o‘zi anglashi, qadr-qimmatini qay darajada e’zozlay olishi, jamiyat uchun 
xizmat qilish imkoniyati va harakat me’yoriga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Bularning hammasi kishilarning 
o‘zi yashab turgan ko‘cha, maxallasidan tortib, to yaxlit mamlakatning barqarorligini saqlab qolish, 
xavfsizlikni ta’minlashda yuksak mas’uliyatni o‘z faoliyatida ongli ravishda amalga oshirish demakdir
75

Bir xil maqomga ega bo‘lgan shaxslarda talab ham teng bo‘ladi. Ana shu jihatning o‘zi ham 
fuqarolik mas’uliyatini anglatuvchi dalillardan biridir. Fuqarolik mas’uliyati bilan milliy mas’uliyat 
orasida o‘ziga xos mushtaraklik mavjud. Sir emas har bir millatning balog‘atga etgan ongli a’zosi o‘sha 
o‘zi mansub millatning oldida mas’uliyati bo‘ladi. Millatning miqdoriy, iqtisodiy, madaniy, ahloqiy, 
ma’rifiy, manaviy taraqqiy eta borishi, er yuzidagi boshqa xalqlardan orqada qolib ketmasligi uchun 
birinchi shu xalqqa mansub kishilar javobgarlik tuyg‘usini tuyish lozim. Oila va jamiyatdagi har bir 
harakatida, bosgan har qadamida shu millatning umumiy manfaatini unutmaslik milliy mas’uliyat 
hissining muhim tomoni hisoblanadi. Kishilarning muayyan millat ravnaqi yo‘lidagi siyosiy ongliligi va 
ma’naviy etukligi darajasi milliy mas’uliyatni anglatuvchi ikkinchi muhim tomonidir. SHuni alohida qayd 
etish zarurki, milliy mas’uliyat bu yurtimizda yashovchi barcha millat va elatning mas’uliyatidir. 
SHu o‘rinda rivojlangan davlatlar tajribasiga alohida e’tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb 
bilamiz. Masalan, jahonning etakchi davlati sanalmish AQSHda fuqarolik madaniyatini yuksaltirish 
qanday yo‘lga qo‘yilgan? Amerikaliklarga qanday g‘oya va qadriyatlar singdirilmoqda? Bu savollarga 
javob topish uchun fuqarolik madaniyati qanday g‘oyaviy ustunlarga tayanishini aniqlash kifoya. AQSH 
fuqarolari Konstitutsiyani, amerika davlatchiligining asoschilari va demokratik tamoyillarni muqaddas 
deb biladilar va bu tuyg‘uni yoshlarga singdirish haqida tinimsiz qayg‘uradilar. YOshlarda erkin 
yashashga ishtiyoq, mustaqillikni qadrlash tuyg‘usi shakllantiriladi. 
AQSH nimaning evaziga fan va texnologiyalar sohasida boshqalardan o‘zib ketdi? Bu savolning 
ham javobi bor: Amerikada erkin fikr va ijodiy tafakkur qadrlanadi hamda o‘zgacha fikrlaydiganlarga 
nisbatan bag‘rikenglik qaror toptirilgan. Lekin amerikalik fuqaroni tarbiyalashning eng asosiy jihati 
boshqa bir g‘oyada yashirin. U ham bo‘lsa, har bir insonni noyob iste’dod egasi deb bilish, har bir 
shaxsga hazrati inson sifatida murojaat qilishdir. Insonga bunday munosabat, so‘zsiz, uning salohiyatini 
yuzaga chiqarishga imkon beradi. Aynan shu g‘oya ta’sirida amerikaliklar orasida o‘zini «o‘rtamiyona 
odam» deb biladigan yoxud «men bir oddiy odam» deb gapiradigan kishilar nihoyatda kam uchraydi.
Amerika fuqarolari adolatni ham o‘ziga xos tarzda tushunadilar: shaxs nimagaki erishsa, 
qanday maqomni egallasa, bunga faqat o‘z aqli va iste’dodi bilangina etishadi. SHunday qilib, har 
bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir orqa qilishga emas, balki o‘z kuchiga tayanishga 
o‘rgatiladi. Lekin, eng asosiysi, har bir amerikalikda kelajakka ishonch uyg‘otiladi. Xuddi ana shu 
«amerika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari rag‘batlantiradi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga 
shavq uyg‘otadi. Xulosa yasaydigan bo‘lsak, demokratiya qoidalari va erkinlik Amerika 
mafkurasining poydevorini tashkil etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat o‘z kuchiga ishonish, ruhiy 
ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singib ketgan. Albatta, yuqorida 
keltirilgan fikrlar «AQSHda bu borada muammo yo‘q ekan» degan xulosa uchun asos bo‘lmaydi. Oxirgi 
74
Қаранг: Иброхимов А. Бизким Ўзбеклар. -Тошкент: Шарқ нашриёт -матбаа концерни бош тахририяти, 1999. - 177 б. 
75
Қаранг: Саидқосимов А. Сиёсий фаоллик ва фуқаролик маънавияти // Жамият ва бошқарув. –Тошкент: 2007. - №2, -Б. 50 -51. 


87 
paytlarda erkinlikka hadeb urg‘u beraverish oqibatida amerikaliklar erkinlikni jamiyat oldidagi 
majburiyatlardan ham ozodlik sifatida idrok eta boshladilar. SHu bois hozirgi kunda AQSHning 
ziyolilari tomonidan yangi mafkura - «liberal-natsionalizm» mafkurasini yaratish zarurligi haqidagi 
fikr o‘rtaga tashlanmoqda. Bu mafkura milliy va irqiy jihatdan bo‘linib ketgan ko‘p sonli ijtimoiy 
guruhlarni «AQSH - millatlar hamjamiyatidir» g‘oyasi atrofida birlashtirishni nazarda tutadi. E’tibor 
beradigan bo‘lsak, yangi mafkurada milliy omilning ustuvorligi o‘rnatilmoqda. Demak, gap AQSH da 
asta-sekinlik bilan yagona milliy vujudni shakllantirish, xalqning birdamligini kuchaytirishga xizmat 
qiluvchi mafkurani yaratish haqida borayotir. 
Endi misol tariqasida SHarqqa murojaat qilaylik. SHarqning eng ilg‘or mamlakatlaridan biri - 
YAponiyada fuqaroni tarbiyalashning eng samarali va ta’sirchan usulidan foydalaniladi. Bunday 
tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. CHunki maktabda bola bilim olishdan tashqari 
shaxs sifatida ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «axloqiy tarbiya» tizimi 
doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi quyidagicha nomlanadi: 
«xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim», «davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni 
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat», «fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida bu tizim 
millatni tarbiyalash tizimi vazifasini o‘taydi. Undan qudratli mafkuraviy ta’sir vositasi sifatida ham 
foydalaniladi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi mamlakat iqtisodiy 
ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil qiladi. CHunki bu tizim ishlab chiqarishda ma’naviy salohiyatdan 
unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Ikkinchi jahon urushidan xaroba bo‘lib chiqqan mamlakatning 30-
40 yilda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgani ko‘pchilikning 
xayratini uyg‘otadi. "Kichik bir orolning bunday qisqa vaqtda hunarmandchilik ustaxonalaridan 
avtomatlashgan sanoatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tganligini qanday tushuntirish mumkin?". Mazkur 
savolga javoban yaponlar quyidagicha javob beradilar: "Salohiyat insonlarda yashirin". YAponiya 
menejmentining oltin qoidasiga ko‘ra, insondan qimmatroq boylik yo‘q. 
Xo‘sh, davlat yapon kishisida qanday qadriyat va sifatlarni qaror toptirishga harakat qiladi? 
Aslida mehnatsevarlik, intizomlilik va jamoaviylik yapon milliy xarakteriga xos xususiyatlar sanaladi. 
Biroq davlat bu bilan qanoatlanmay, o‘z fuqarolarida ushbu sifatlarni mustahkamlash va 
kuchaytirish vazifasini maorifga yuklaydi. Natijada, maktablarda 
guruhiy 
birdamlikni 
tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda kollektivning yutug‘i ham, mag‘lubiyati ham 
guruhning har bitta a’zosiga bog‘liq ekanligi haqidagi g‘oya singdiriladi. Muhimi, boladan umumiy 
ishda o‘z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas’uliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya 
ko‘rgan fuqaro jamoa muammolarini o‘zining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi. 
Olimlarning fikricha, aynan shunday guruhiy birdamlik (yaponchada «aydagarasyugi») tufayli 
mamlakat misli ko‘rilmagan iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Mehnat yapon kishisi uchun axloqiy qadriyat 
sanaladi. Uning qadriyat darajasiga ko‘tarilishida "axloqiy tarbiya" tizimining roli beqiyos. Gap 
shundaki, yapon kishisiga maktabdayoq quyidagi g‘oyalar singdiriladi: "Faqat tirishqoqlik va mehnat 
bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin", "O‘z ustingda tinimsiz ishla - shunda birovdan kam 
bo‘lmaysan". Bu kabi g‘oyalar ta’sirida ulg‘aygan yapon kishisi o‘zining barcha harakatlarini quyidagi 
mantiqqa bo‘ysundiradi: "Bor imkoniyatlaringni ishga sol!".
SHunday qilib, davlat o‘z fuqarolarida tirishqoqlik va hafsala, qunt va g‘ayratni maqsadli 
ravishda qaror toptiradi. Intizomdan jamiyat manfaatlarida foydalanish borasida esa yaponlarning ayniqsa 
boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi. "Axloqiy tarbiya" natijasida YAponiyada fuqarolar mehnat 
intizomining buzilishini shunchaki salbiy illat deb hisoblamay, balki uni Vatanga xiyonat deb qabul 
qiladilar. YAponiyada fuqaro tarbiyasi zamon ehtiyojlari va jamiyat manfaatlariga moslashtirib 
boriladi. Aynan shu tufayli yapon fuqarolari jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi qudratli kuch 
sanaladilar. Ko‘rinib turibdiki, millat kelajagini o‘ylaydigan hech bir davlat fuqaro tarbiyasi masalasini 
e’tiborsiz qoldira olmaydi. Ana shu ma’noda jamiyatimiz yoshlarni moddiy-ma’naviy va boshqa 
ehtiyojlarini qondirish, ayniqsa, globallashuv tufayli axloqimizga, turmush tarzimizga katta kuch bilan 
kirib kelayotgan buzg‘unchi g‘oyalardan, ularni saqlab qolish uchun mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l 


88 
qo‘ymaslik, zamonaviy yoshlarni barcha hayotiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish bugungi kunning eng 
muhim vazifasi bo‘lishi kerak. CHunki ehtiyoj tom ma’noda erkin faoliyat hamda fuqarolik mas’uliyatini 
belgilovchi mezon hisoblanadi. Biz o‘z faoliyatimizga qay darajada va qay mazmunda baho bermaylik, 
faoliyatimiz motivlari muayyan ehtiyojlar tufayli shakllanadi. Ehtiyojlar va manfaatlar uyg‘unli hisobga 
olinmagan joyda mas’uliyatsizlik, befarqlik va xatto jinoyatlar sodir bo‘ladi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin