75
jiddiy tahlil qilish zaruratini vujudga keltirdi. Bu muammoni tadqiq qilishda sotsiologiya, falsafa,
iqtisodiyot, ijtimoiy psixologiya, va siyosatshunoslik singari qator fanlarning tadqiqot metodologiyalari
va kategoriyalaridan foydalanilmoqda.
Ijtimoiy sheriklik dastavval mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida vujudga kelgan
bo‘lsa ham, hozigi kunda uning faoliyat yuritish sohalari mehnat munosabatlari doirasidan ancha chetga
chiqadi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida “sektorlararo ijtimoiy sheriklik” konsepsiyasi ko‘p
mamlakatlarda, shu jumladan MDHga a’zo mamlakatlarda keng tarqala boshladi. Mazkur konsepsiyaga
ko‘ra, ijtimoiy sheriklik sub’ektlari hokimiyat, biznes va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan
iborat. “Sektorlararo ijtimoiy sheriklik” ikki yoki uch sektor: davlat, biznes, notijorat sektor ijtimoiy
muammolarini hal qilishda o‘zaro kelishilgan konstruktiv harakatlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
Respublikamizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” Qonunida ijtimoiy sheriklik sub’ektlari haqidagi 3-
bobida shunday deyiladi: “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini,
shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning
huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga
oshirish borasidagi hamkorligidir”
64
.
SHuni unutmaslik kerakki, Respublikamizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida
ijtimoiy sheriklik sub’ektlari davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari deb ko‘rsatilishi mamlakatimizda mehnat munosabatlarida ham ijtimoiy
sheriklik mavjudligini inkor qilmaydi.Mehnat munosabatlari sohasidagi ijtimoiy sheriklik masalalarini
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksi” va o‘ttizdan ortiq qonunlari va boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlari tartibga soladi. Bu haqda “Mehnat Kodeksi”ning 1-moddasida shunday o‘deyiladi:
“O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa
kelishuvlari,,shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga
solinadi”
65
.
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlari mamlakatimizda dunyonig ko‘p
mamlakatlarida bo‘lgani singari bipartizm (ikki tomonlama) shaklida, masalan, jamoa shartnomalari
hamda tripartizm (uch tomonlama) masalan, ish beruvchilar, yollanma ishchi va xizmatchilar hamda
davlat hokimiyati organlari yoki ularning vakillari ishtirokida olib borilmoqda. Mamlakatimizda 2011 va
2014 yillarda ijroiya hokimiyati (Vazirlar Mahkamasi), biznes vakillari (Savdo-sanoat palatasi) hamda
yollanma ishchi va xizmatchilar (Kasaba uyushmalari Federatsiyasi) tonidan imzolagan “Bosh
kelishuv”lar ham mehnat munosabatlari sohasidagi ijtimoiy sheriklik ham mustahkam me’yoriy-huquqiy
asosda olib borilayotganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: