O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitutsiyaviy-



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari 
Mahalla instituti bir necha asrlik qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning huquqiy asoslari 
yaratilgan va jamiyat boshqaruvida o‘ziga xos vakolatlarga ega bo‘lgan davri - 
mamlakatimizning mustaqillikka erishgan davri hisoblanadi. 
CHunki, mustaqil O‘zbekistonning bosh qomusi – Konstitutsiyasining 105-moddasiga 
mahalla instituti haqida qoidalar kiritilib, uning vakolat muddati belgilab berildi
63
.
Konstitutsiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993 yil 2 sentyarbda 
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
faoliyatini tashkil etish tartiblari, vakolat doirasi hamda faoliyati sohasidagi munosabatlar 
tartibga solindi. 
Bu jarayonda bevosita fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga ham 
ko‘plab vakolatlar o‘tkazib borildi. Bu esa amaldagi Qonunni yanada takomillashtirish, fuqarolar 
yig‘inlariga berilgan vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlarini qonun bilan tartibga solish 
zaruratini keltirib chiqardi. SHu bois “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida”gi Qonun 1999 yil 14 aprelda yangi tahrirda qabul qilindi. 
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayoni ham fuqarolar yig‘ini faoliyatini 
samarali tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ushbu jarayonni yanada tartibli 
o‘tkazish, uning aniq me’yorlarini joriy qilish maqsadida 2004 yil 29 aprelda “Fuqarolar yig‘ini 
raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur 
Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy 
prinsiplari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartib qoidalari hamda nomzodlarga 
qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tildi. 
Xususan, Konsepsiyaning 5-yo‘nalishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini 
kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini 
ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi qayd etilib, bu vazifani hal qilishda uchta 
asosiy masala ko‘rsatib berildi. Bular: 
I. Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish. 
II. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi 
funksiyalarini yanada kengaytirish. 
62
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997. 173-бет. 
63
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Т.: Ўзбекистон. 2014. 60 б. 


70 
III. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xususiy tadbirkorlik, shu jumladan 
oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish. 
Konsepsiya ijrosi yuzasidan 2013 yil 22 aprelda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 
saylovi to‘g‘risida”gi Qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. 
YAngi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda 
fuqarolar yig‘inlariga tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va 
qonuniy manfatlariga rioya etilishi hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan 
kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 
qo‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutildi. 
SHuningdek, yangi tahrirdagi Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalari 
yanada chuqurlashtirilib, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, 
yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashishi 
haqidagi normalar kiritildi. 
Mazkur Qonunning 18-moddasida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
bo‘yicha 8 ta komissiyalar tuzilishi belgilab qo‘yildi. 
Bundan tashqari, tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini 
tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham 
tuzilishi mumkin. 
Ushbu komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish orqali 
mahallannig jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 2013 yil 7 oktyabrdagi274-sonli qarori bilan yuqoridagi komissiyalarning 
namunaviy Nizomlari tasdiqlab berildi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda qadimiy va noyob boshqaruv 
shakli bo‘lgan mahalla institutini har tomonlama rivojlantirishga, uning vakolatlarini yanada 
kengaytirishga hamda qonunchilik tizimida belgilab berilgan vakolatlardan yanada samarali 
foydalanishga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan amaliy tadbirlar natijasida fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanib bormoqda. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin