84
huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, ma’naviyat sohasidagi XXI
asrga mo‘ljallangan harakat dasturimiz shundan kelib chiqmog‘i darkor, ya’ni erkin fuqaro – ongli
yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptishirish bizning bosh milliy
g‘oyamiz bo‘lishi zarur”
71
.
Insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-ma’naviy qarashlar, axloqiy qadriyatlar, an’analar,
diniy-ruhiy tuyg‘ulardan iborat. Bu bo‘g‘inda u oilasi, qarindosh-urug‘lari, mahallasi, millati, yurti bilan
birligini, uning tarkibiy qismi ekanligini his etadi. Natijada, uning ongi va qalbida milliy g‘urur,
vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi.
Zotan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, har qanday
islohotning eng muhim samarasi,
avvalo, xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ongu tafakkurining
yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo‘lganligini
chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Ushbu so‘zlardan qo‘rinib turibdiki,
yoshlarning ijtimoiy siyosiy faoligini oshirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir. SHu
maqsadda har birimiz ushbu vazifalarni amalga oshirilishida faol fuqarolik pozitsiyamizni ko‘rsatishimiz
hamda yurtboshimizni biz yoshlarga qarata aytgan “Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafakat
ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning xal kiluvchi kuchidir”
72
so‘zlarini doimo yodimizda saqlashimiz zarurdir.
Fuqarolik tuyg‘usi esa shaxsning “Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy jarayonlar
ahloqiy qadriyatlarning o‘tmish bilan kelajakni uzviy aloqadorligini ta’minlab, tarixiy merosning nodir
ne’matlarini o‘zgartirish asosida shakllanadi”
73
. Fuqarolik jamiyatining asosiy mezonlaridan biri bu
fuqarolarning yuksak darajada ong va madaniyatga ega bo‘lishliklari hisoblanadi. SHu nuqtai-nazardan
qaraganda, fuqarolik jamiyatida faol,
tashabbuskor, g‘ayratli, faqat yaratuvchanlik, ijodkorlik ruhi va
kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga e’tibor va ehtiyoj katta bo‘ladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat
tafakkur erkinligining qay darajada shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Jamiyatning inson uchun yaratgan
real iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari, yuridik haq-huquqlari, qaror topgan axloqiy va ma’naviy
muhit uning tafakkuri erkin, ilg‘or va yuksak ideallarni ko‘zlashi bilan uyg‘unlashmog‘i lozim.
Olimlarimizning kuzatishicha, fuqarolarning ijtimoiy voqelikka yangicha, mustaqil va erkin tafakkur
asosida yondashishi yuqori ko‘rsatkichga ega. Ayni paytda, psixolog va sotsiologlarning nuqtai nazaricha,
yangi shakllanayotgan fuqarolik jamiyati rivoji ko‘p jihatdan shaxs ongi, xarakteri va dunyoqarashini
korreksiyalab borishni talab etmoqda.
Hozirga kelib, mamlakatimizda
fuqarolik jamiyati, unga monand davlat boshqaruvi tizimini –
demokratiyani qaror toptirish zarurati va mas’uliyati har bir fuqaroning yuksak ma’naviy salohiyatining,
falsafiy tafakkur tarzini yanada shakllantirish vazifasini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Darhaqiqat, odamzot o‘z
oldida turgan vazifalarni hal etishdan oldin hamma narsani aql tarozisiga qo‘ymog‘i, o‘zi tashlaydigan
amaliy qadamlarning ehtimoliy natijalarini avvaldan taxmin qilmog‘i, nazarda tutmog‘i lozim. Fuqarolik
madaniyatini yuksaltirishda ta’lim beqiyos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ham oldimizga qo‘ygan asosiy
maqsad - fuqarolik jamiyatini barpo etish va uni takomillashtirish uchun Milliy dasturda ko‘zda tutilgan
bilimli, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarashli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq
insonlarni tarbiyalashga yanada muhim e’tibor qaratish va bu masalalar ta’lim islohotlarining bosh
vazifasi deb qabul qilib, uni amalga oshirishdan iborat. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi asosida yaratilgan va amalga oshirilayotgan yangi ta’lim modeli aynan ana shu
maqsadga erishish yo‘lida o‘zining yangicha ta’lim va tarbiyaviy jarayonini shakllantirib bormoqda.
Farzandlarimiz to‘qqiz yillik o‘rta ta’limni tamomlab, o‘z xohish irodasi va intilishiga qarab ikki turdagi
uch yillik o‘quv yurtlarida-akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limni majburiy – ixtiyoriy
davom ettirish imkoniyatlariga, bularni tugatganlar esa oliy o‘quv muassasalariga kirishda bir xil
71
Каримов И.А. Ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-
том.-Т.: «Ўзбекистон», 1999. 303-б.
72
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 15 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза.
73
Губман Б.Л. Смысл истории. Очерки современных западных концепции. - М.: Наука, 1991. – 15 с.
85
huquqlarga ega bo‘ldilar.
Unutmasligimiz kerakki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. Bizda
qadimdan “Ma’rifatli inson” tushunchasi ancha keng ma’noni anglatadi. An’anaviy sharqona qarashga
ko‘ra, ma’rifatlilik–faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal ahloq degani
hamdir. Xalqimiz bilimli, kamolotli inson deganida aynan shunday odamlarni ko‘z oldiga keltiradi.
SHuning uchun xam Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning butun mohiyati milliy tariximiz va
hayotimiz bilan bog‘lanib ketgan. SHu tariqa O‘zbekistonda bevosita o‘zimizga xos, o‘zimizga mos
bo‘lgan takrorlanmas, buyuk tariximiz, an’analarimizga asoslangan va, shu bilan birga, hozirgi davr
talablariga javob bera oladigan Kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Dasturimizning,
modelimizning milliyligi ham aynan shulardan iboratdir.
Fuqarolik jamiyat asoslari shakllanayotgan
respublikamizda, yoshlarimizning faollikni
yuksaltirish, ularda millat, xalq va jamiyat oldidagi burch hamda mas’uliyatini yurakdan his qilish
tuyg‘ularini kamol toptirish hamda ularning ongu shuurida mustaxkam hayotiy pozitsiyani, e’tiqod hamda
maslakni shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. SHuning uchun ham bugungi
kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga
qaratilgan dars soatlari, o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur sa’y-harakatlarni amalga oshirish,
egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash, qolaversa, bu borada faol
fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kelajakda natijalar keltiradi. Zero,
zamonaviy ta’limning maqsadi har bir kishiga o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarni olish va
ularni jamiyat hayotiga tadbiq etish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. SHu bois tarbiyaviy va o‘quv
ishlari shaxsning intellektual ong va madaniyat darajasini inson, jamiyat,
davlat manfaatlariga javob
beradigan eng muhim prinsiplarni anglab etishga qadar oshirishga yo‘naltirilishi lozim. Ayniqsa fuqarolik
jamiyatini barpo qilishda fuqaro ongi, madaniyati, dahldorlik hissi va mas’uliyatini yuksaltirish hamda
takomillashtirishni hozirgi talab darajasida yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga egadir. Albatta, yoshlar
faoliyatida ushbu zaruriy masala o‘zining dolzarb jihatlari bilan ajralib turadi va samarali tarzda amalga
oshirishni yo‘lga qo‘yishimiz lozimligini yana bir bor qayd qilamiz.
Dostları ilə paylaş: