17
2.
Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o‘zini – o‘zi
boshqarish
mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.
3.
Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini
shakllanishi va sodda ko‘rinishga keltirishga ko‘mak beradi; buning uchun u turli vositalardan
foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini
qo‘llab-quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo‘yicha jamiyatni shakllantirishdafaol
ishtirok etish.
4.
Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini
real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlashga qaratiladi.
5.
Fuqarolik jamiyati o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u
davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo‘lishi mumkinki, ularning
yordamida u individlarning jamoa talablariga
rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning
ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin.
6.
Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga
fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish
esa faqat davlat organlariga tegishli bo‘ladi.
7.
Fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini
bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam beradi, jamiyat hayotini
yashashini ta’minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.
Ma’lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan
erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini
shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston
xalqining
munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va
ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini
ta’minlay olishi e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda
qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha,
yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga
chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-
birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi».
6
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy
negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va
talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z
ifodasini topishiga
alohida e’tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va
talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar
jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir
manbai hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi -
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga
asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar,
mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi
6
Каримов И.А. «Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари» Т.: Ўзбекистон, 1997.
18
sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik
jamiyatining asosiy
prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd
etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini
demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z
erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini
shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni
yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yiyaa amalga
oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti
tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.
7
Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi
navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
Ikkinchi
bosqich
(2000-2010
yillar)
damamlakatni
demoeratlashtirish
va
modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda demokratik
islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”e’lon
qilindi.Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani –
uchinchi bosqichni boshlab
berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib
fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati
shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha
ta’rif berildi: “Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini himoyalashnita’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini
namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan
qo‘llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir”.
YUrtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini “Fuqarolar o‘rtasidagi
muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o‘rtasida konsensus madaniyati vudulga
kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro
ta’sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin.
8
deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati
shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko‘p qirrali jarayyon ekanligi bilan xarakterlanadi
Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat
barpo qilishning ustuvor
yo‘nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik
tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g‘oya mafkurasining
shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko‘ramiz. Birinchi
Prezident Islom Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida
(2010 yil 12 noyabr) ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi
hamda ravnaq topishiga alohida e’tibor qaratib,
Dostları ilə paylaş: