20
voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu
jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Platondan farqli o‘laroq, Aristotel xususiy mulkni e’tirof etadi. CHunki u inson tabiatiga
xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zagini tashkil etadi.
Aristotel mulk
huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi,
qonunchilik
organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish,
sud organlari ishidagi rolini atroflicha o‘rgangan. Huquqni
Aristotel adolat mezoni deb
hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza
qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning
emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va hissiyotga
beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir.
Qadimgi
rim mutafakkiri
Dostları ilə paylaş: