19
talablarga javob beradigan davlat,
inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat
bo‘lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar”
9
.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha qo‘yidagi xulosalar chiqarish
mumkin:
- fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib
kelayotgan murakkab tarixiy
jarayondir.Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari qadimgi YUnoniston va Rimda namoyon
bo‘lgan vaqtdanboshlab YAngi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim
sifatida paydo bo‘lishi.
- fuqarolik jamiyati g‘oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri
maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi
yunon faylasuflari fikrlarida, O‘rta asr
mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg‘onish va Reformatsiya davri g‘oyalari va bugun XXI asr
jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etilishi.
Har
qanday fan,o‘z mohiyatiga ko‘ra umumbashariydir.Dunyoning barcha xalqlari katta-
kichikligidan qat’iy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo‘shgan.SHu nuqtai
nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyalar qarashlarni bir
yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir.
- fuqarolik
jamiyatining xususiyatlari, belgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda
mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo‘lishi mumkin.
- fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy
hayotning va davlat
hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.
- fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan
takomillashib boradi.
- har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o‘ziga xos mental
xususiyatlarga bog‘liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi.
- hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning
etuklik bosqichiga
erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.
4.
Dostları ilə paylaş: