31
amal qilishi kerak: u sotilmaydigan va fazilat egasi bo‘lgan odamni vazirlikka tayinlashi lozim,
chunki adolatli vazir o‘zi mahdud-rahbar adaolatsizliklarni to‘g‘irlashi mumkin, ammo vazirning
o‘zi shunday bo‘lsa, halokat yaqindir”
3
. Sohibqiron fikricha, davlat
boshqaruvida yana bir
muhim qonuniyat – qonun ustuvorligi. “Qat’iy tartib va qonunlarga amal qilishim baxt-saodatim
kaliti bo‘ldi”. Bosh qonunlar sifatida diniy ahkomlarni va ular asosida yozilgan fikrlarni bilgan.
Buning barchasi buyuk Temur adaolatli va fozil boshqaruvga alohida e’tibor qaratganligini
ko‘rsatib turibdi.
Komil insonlar jamiyatini haqidagi g‘oyalar Alisher Navoiy (1441–1501) siyosiy va adabiy
faoliyati asosi bo‘lib xizmat qildi. A.Navoiy ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqidagi qarashlarini
o‘zining “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul qulub”, “Payg‘ambarlar va donolar tarixi” va b.
asarlarida yoritgan. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzum muammolarini faqat adolatli hukmdor
boshqarayotgan va qonun ustuvor bo‘lgan mamalkatda amalga oshishi mumkin. SHunday qilib,
A.Navoiy
uchunadolat
va
qonun
ijtimoiy
taraqqiyotning
asosi
hisoblanadi.Uning
konsepiyasidahukumdor shaxsi alohida ahamiyat kasb etadi. Fazilatli va ideal shaxs haqida
mulohaza yuritar ekan Navoiy o‘ziga xos insonparvar nazariyani yaratadi. O‘z nazariyasida
mutafakkir, bir tomondan hukumdor va bog‘bonni, boshqa tomondan davlat va bog‘ni
solishtiradi. Unga ko‘ra, agar bog‘bon aqlli va mehnatsevar bo‘lsa, uning bog‘i gullab-
yashnaydi. Huddi shunday
agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli, xalqi uchun qayg‘uradigan
va uni sevadigan hukumdori bo‘lsa, u rivojlnib farovonlashadi.
U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning
ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm
davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to‘g‘risidagi qarashlari o‘z ifodasini topadi:
«...davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini turli odamlarning
hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini
so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga
muruvvat ko‘rsatdim»
19
deydi. Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida Navoiy
insoniy fazilatlar: adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik,
insonparvarlik va jasoratni keltirib o‘tadi.
Antik va o‘rta asr SHarq allomalarining fuqarolik jamiyatigi
oid konseptual merosi va
nazariy ishlanmalari amaliyotdagi – davlat va jamiyatda hukmron me’yorlarga to‘liq mos
kelmasada, biroq ular fuqarolik jamiyati tamoyillarining ob’ektivlashuvi va uning insoniyat
sotsiumining tarixiy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida tushunilishi uchun mustahkam asos
yaratdilar.
Dostları ilə paylaş: