O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
- liberal an’ana konsepsiyasi;
 
- amerikancha kommunitariz konsepsiyasi;
 
- evropacha neokonservatizmi konsepsiyasi;
 
- post-marksistcha konsepsiya.
 
Фуқаролик жамияти
замонавий
концепциясининг
мафкуравий
моделлари
Либерал-
демократик
доктрина
( «бозор
иқтисодиёти» 
доктрина )
Авторитар-
буржуа доктрина
(«давлат
капитализми» 
доктринаси
)
Социал-демократик
доктрина 
(«демократик
социализм» ва
«социалистик
фуқаролик жамияти» 
концепцияси)
Авторитар-
социалистик
доктрина
(«давлат-
бюрократик
социализми» 
доктринаси) 
 
Fuqarolik jamiyatining liberal an’ana g‘oyasi umuman olganda yangi narsa emas. Fuqarolik 
jamiyati haqidagi tasavvurlar mumtoz ingliz liberalizmidayoq ishlab chiqilgan. 
 
Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining amerikacha madaniy va tarixiy kontekstida «respublikanizm» 
ideali bilan bog‘liq edi. U XX o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini ijtimoiy tashkillashtirishga 
asoslanuvchi, teng huquqli fuqarolar tomonidan tuzilgan amerika kommunalari, ya’ni lokal 
birlashmalarning uyg‘un va faollikdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi tasavvurlarga asoslanadi. 
 
Mazkur kommunalar o‘z-o‘zini tashkillashuvi o‘ziga xos fuqarolik jamiyati tipii bilan qo‘llab-
quvvatlangan, bu haqda batafsil A. de Tokvil yozadi. Demokratik madaniyat bunda kommunal 
o‘zarohamkorlik va sherikchilik qadriyatlarini, shuningdek xristian axloqi qadriyatlarining yuqori 
darajadagi amaliyoti bilan farqlanadi. SHuning bilan birga, kommunitaristik loyiha tarafdorlari 
kuzatganidek, jamoaviy qadriyatlar individual qadriyatlardan ustun bo‘lib, individlar o‘zaro ishonch va 
hamkorlik muhitida o‘z qiziqishlarini uyushma qiziqishlariga bo‘ysundirishga tayyor bo‘lgan
14
.
 
Manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mumtoz marksizm zamonaviy diskursning alohida konseptual 
yo‘nalishi sifatida fuqarolik jamiyatini kelib chiqishini, jamiyatning feodal-aristokratik paternalistik 
tizimi o‘rniga kommersiya kapitalizmi davridagi iqtisodiy partikulyarizmi bilan bog‘lagan. Biroq Marks 
unda individual erkinlik va avtonomiyani emas, sinfiy jamiyatda ob’ektiv mavjud bo‘lgan notenglikni, 
erksizlik va ijtimoiy-iqtisodiy begonalashuvni berkituvchi, ya’ni, tashqi shaklni ko‘rgan xolos
15
.
 
Keyinroq esa postmarksistik loyiha doirasida amal qiluvchi nazariyotchilar, fuqarolik jamiyati 
g‘oyasini qaytadan ko‘rib chiqishga harakat qilgan. SHunday qilib, postmarksistik tushunishda, u 
quyidagicha asoslanadi «oxirgi vaqtlarda paydo bo‘layotgan, jamiyatning, erkin ehtiyoriy 
assotsiatsiyalari, shuningdek, huquqiy va ommaviy institutlari doirasida amalga oshiriluvchi 
jamoaviylikning nomumtoz shakllari, nafaqat davlat doirasidan, balki kapitalistik bozor iqtisodiyoti 
chegarasidan ham chiqib ketmoqda»
16
. Bu erda diqqat markazida, birinchidan, davlat-byurokratik 
mashinasining, umumiy manfaatlar davlati sharoitida, ta’sir doirasining kengayishi, ikkinchidan, 
jamiyatga transmilliy korporatsiyalar va globallashuv davrining markazlashgan iqtisodiyoti tomonidan 
bo‘lgan havfi turadi.
 
13
Гончаров Д. Нормативная дискуссия о гражданском обществе: основные направления. Москва. 2010. С. 86 
14
Walzer M. 1995. Concept of Civil Society – Walzer M., ed. Toward a Global Civil Society. Providence RI: Berghahn Books. 
15
Baker G. 2002. Civil Society and Democratic Theory: Alternative Voices. 
16
Arato A. 1981. Civil Society Against the State: Poland, 1980-81 – Telos, #47. 


26 
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarini ko‘rib chiqar ekanmiz, ularda mazkur 
fenomenning ontologik va gnoseologik jihatlariga ijtimoiy qarashlar xilma-xilligini ko‘ramiz. 
Ta’kidlash o‘rinliki, fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari ijtimoiy muammolar 
tahlilining tizimli mezonlarini ishlab chiqqanligi va ilmiy hamjamiyat oldiga original konseptual 
va amaliy echimini talab qilayotgan yangi masalalarni ko‘ndalang qilib qo‘yganligi. XX asr 
nafaqat texnik progress, balki tizimli fikrlash shakllanishi va hukmronligi davri bo‘lganligini 
olimlar biladi. Aynan shunday vaqtda, fuqarolik jamiyati – ijtimoiy borliqning tizimli tahlili 
kontekstida o‘rganila boshlanadi. Bu albatta, bugun olim-faylasuflarga zamonaviy ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni nafaqat modellashtirish imkoniyatini, balki, ularning kelajagi 
haqida aniq tasavvurlar paydo bo‘lishga olib keladi. Bugungi kunda ham fuqarolik jamiyatini 
o‘rganish masalalarida bir qator muammolar mavjud: fuqarolik jamiyatining davlat va jamiyat 
dixotomiyasi yoki sherikligi chegarasi, fuqarolik jamiyati institutlarining individ shaxsiy 
hayotiga dahl qilishi chegarasi qaerda, fuqarolik jamiyatini tushunishning bazaviy asoslari, 
fuqarolik jamiyatini tushunishning universal yondashuvlari mavjudmi kabi masalalardir. 
SHuning bilan birga, fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalar va tasavvurlar genezisi, mazkur 
fenomen antik va o‘rta asrlarda – davlat qiziqishlari jamiyat, va albatta xususiy qiziqishlardan 
ustuvorligi kontekstida talqiq etilganligidan dalolat beradi. Antik va o‘rta asrlar olimlari ijodida 
davlat, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni boshqarib turgan bosh institut sanalgan. Mazkur 
jihat insoniyat rivojining dastlabki bosqichida, davlat va jamiyat o‘zaro hamkorligi va 
dixotomiyasi borasidagi konsepsiyalar yo‘qligining asosiy omili hisoblanadi. 
Fuqarolik jamiyati konseptual diskursining antik paradigmasi – fuqaroning ijtimoiy 
boshqaruv sohasidagi roli va o‘rnini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Agar ulardan ba’zilari, fuqarolar 
davlatdan muayyan darajada avtonomdir (Arastu), boshqalar davlat boshliqlarini fuqaro va 
jamiyat hayotini reglamentatsiya qilishga chaqirgan (Aflotun). Ularning har biri imkoni boricha 
ideal davlat qurilmasini ishlab chiqishga harakat qilgan. Aynan shu jihat fuqarolik jamiyati 
keyingi konseptual ishlanmalari turli talqini va yondashuvlarni keltirib chiqardi.
O‘rta asr mutafakkirlarining antik davr olimlaridan farqi, ularning ijtimoiy munosabatlarni, 
davlat va jamiyat munosabatlari shu jumladan, teologik xarakterga ega, antik falsafa esa ijtimoiy 
munosabatlarni turli ranglarda ko‘rib chiqadi, shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati diniy 
paradigmasi o‘rta asrlarda shakllana boshlagan deyish mumkin.
SHarqning fuqarolik jamiyatini konseptual tushunishidagi o‘ziga xos jihat, ularning 
mazkur fenomenga oid talqinlari fazilat, ma’rifat va o‘zaro mas’uliyat tushunchalari prizmasi 


27 
orqali amalga oshirilganligidadir, bunda ijtimoiy-falsafiy fikr o‘z diqqatini davlat 
boshqaruvchilari va jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning axloqiy-estetik jihatlariga 
qaratgan. 
YAngi davrda davlat roli masalasi yangicha anglay boshlanadi: agar antik davr va o‘rta 
asrlarda ijtimoiy-falsafiy fikr davlat ustuvorligiga qaratilgan bo‘lsa, bu davrga kelib, mazkur 
nisbatda inson (fuqaro) fenomeni, o‘z huquqlari, ehtiyoji va qiziqishlari bilan birgalikdaustuvor 
ahamiyat kasb eta boshlaydi. Davlat faqat mana shu qiziqishlarni mavjud bo‘lgan qonuniy tizim 
doirasida amalga oshirilishini ta’minlovchi institut sifatida gavdalanadi. 
YAngi davr ijtimoiy-falsafiy tafakkuri fundamental yutug‘i, davlat va jamiyat 
tushunchalarini ajratganligida, bu fuqarolik jamiyatini tushunishda klassik paradigmasining 
shakllanishiga asos bo‘lgan edi. Bu o‘z navbatida, “davlat – fuqarolik jamiyat” dixotomiyasi 
kuzatiluvchi konsepsiyalar shakllanishiga olib keladi. Birinchi marotaba YAngi davr 
mutafakkirlari davlat va jamiyat qiziqishlarining turlicha bo‘lishiga o‘z diqqat e’tiborini qaratadi, 
bunda davlat qonun ustuvorligiga tayansa, jamiyat esa xususiy mulkka. Fuqarolik jamiyati 
haqidagi konseptual diskursning asosiy muammolari sifatida, davlatning roli va davlat va jamiyat 
o‘zaro munosabatlarining mezonlari qanday (axloqiy ideal va real siyosat nisbati mezonlari) 
degan masala ko‘ndalang turadi. 
Fuqarolik jamiyati fenomenini konseptual qayta tushunishda kuzatilgan jiddiy rivojiga 
qaramay, ilmiy pozitsiyalarni o‘rganish asosida, ularning qarashlari turli g‘oyaviy asosdan 
mahrum emasligi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida, fuqarolik jamiyati mazmun va mohiyatini 
tushunishda sub’ektivizmning kuchayishiga olib kelgan. Va yana bir kamchiligi sifatida davlat 
va jamiyat o‘rtasidagi chegaralar hanuz belgilanmaganligi masalasi bo‘lib, bu mazkur 
yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ma’lum darajada to‘sqinlik qiladi. 
Fuqarolik jamiyatini o‘rganishda zamonaviy ijtimoiy-falsafiy tafakurning muhim yutug‘i 
sifatida esa, bu sohani o‘rganishing yangi ilmiy yondashuvi sifatda – tizimli paradigmaning 
shakllanishi bo‘ldi. O‘z navbatida, bu fuqarolik jamiyatining normativ idrok etishdan uni 
transformatsiyalashayotgan fuqarolik jamiyatini zamonaviy konseptual diskursi turli 
yo‘nalishlarini o‘rganish kontekstida, empirik tahlil qilishga o‘tish tendensiyalarini kuchaytirdi. 
Umuman, hozirgi zamon ilg‘or demokratik mamlakatlar jamiyatshunos olimlarining 
fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi nazariy qarashlari bir tizimga keltirilsa, u holda fuqarolik 
jamiyati – bu: 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin