O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Struktura
– ob’ektning bir butunligini va uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni turli ichki va tashqi 
o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir. 
Struktura aksariyat holatlarda “nimanidir tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashishi va o‘zaro aloqalari” yoki 
“ma’lum bir tuzilish va tuzilmaga ega bo‘lgan narsa” ma’nolarida ishlatiladi.
28
Struktura - birinchidan, bu unsurlarni ma’lum bir model sifatida namoyon qilish, masalan, qandaydir 
institutlashtirilgan sotsial tasniflashni (rollar, tashkilotlar va boshq.) “tuzilgan struktura” yoki “bandlik 
strukturasi” sifatida tartibga solish; ikkinchidan, ustki struktura asosida yotuvchi (ayniqsa qiyosiy 
24
Джери Дж.,Джери Дж. Большой толковый социологический словарь. Том 1. –Москва:ВЕЧЕ.АСТ, 1999.-С.508. 
25
Ўша жойда.-С.159. 
26
Ўша жойда.-С.160-163. 
27
Компонент [лот. componens (compo-nentis) тузувчи, ташкил этувчи, ҳосил қилувчи] – ниманидир таркибий қисми. 
28
Локшина С.М. Краткий словарь иностранных слов.-10-е изд., стер.-Москва: Рус.яз., 1988.-С.488. 


35 
grammatikada) qoida, tartibdir (“chuqur struktura” - Levi-Stross ta’biricha). Ingliz otsiolog olimi Giddens 
uchun “struktura” tushunchasi sotsial tizimlarni qaytarilishi va takrorlanishida saqlanadigan “qoidalar va 
imkoniyatlar”ga taalluklidir.
29
Giddens jamiyatning sotsial strukturasi tushunchasini o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish 
barobarida, uni funksionalizm tarafdorlari talqinidagi noaniqliklar va engil-elpi ta’riflashlarni keskin tanqid 
qilib quyidagi fikrlarni ilgari surdi: “Strukturatsiya nazariyasini o‘zagini tashkil etgan muhim tushunchalarni 
ko‘rib chiqamiz: «struktura», «tizim» va «strukturaning dualligi (ikki taraflamaligi)». Hech shubhasiz aytish 
mumkinki, ularning ichida birinchisi – struktura (yoki «sotsial struktura») – funksionalizm oqimi 
tarafdorlari ichida juda ham ommaviylashib ketdi va ular o‘z nomidan kelib chiqib ham «strukturalizm» 
an’analari oldida o‘z burchini bajarishga urindi. Lekin, barcha nazariyalar ham bu tushunchaga sotsial-ilmiy 
nazariyalarning talablari darajasida ta’rif bera olmadi. Funksionalizm tarafdorlari va ularning tanqidchilari 
o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini faqat «funksiya» tushunchasiga qaratib, «struktura»ga oid tasavvurlarga 
muhim e’tibor bermadi; shu tariqa, bu tushunchaning ahamiyati eski holidan nariga o‘tmadi. 
SHu bilan birga, biz funksionalizm tarafdorlari «struktura» deganda nimani tushunishini yaxshi 
bilamiz. Lekin, darhaqiqat,jamiyatshunos-tahlilchilar bu tushunchani sotsial munosabatlar va hodisalarni 
o‘ziga xos «modellashtirish» deb tushunadi. Ko‘pincha struktura tushunchasi skelet yoki organizm tuzilishi, 
yoki bino sinchi (qobirg‘asi) kabi ko‘zga ilinmas tasavvurlar shaklida talqin etildi. Bu yondashuv va unga 
tegishli tushuncha sub’ekt va sotsial ob’ektning ikki taraflamaligi (dualligi) bilan mustahkam ravishda 
o‘zaro bog‘liqlikda talqin etildi: bunda «struktura» insoniy faoliyatga nisbatan qandaydir «tashqi» holatni 
ifodalab, mustaqil sub’ektning erkin tashabbuslarini chegaralashni keltirib chiqaruvchi manba ma’nosini 
bera boshladi. Strukturalizm doirasida paydo bo‘lgan strukturaga doir tasavvurlar bizga qiziqarli bo‘lib 
tuyuladi. Bunda, struktura haqida so‘zlaganda, biz u yoki bu sotsial munosabatlar va hodisalarning 
modellarini emas, balki mavjudlik va mavjud emaslikning (yo‘qlikning)o‘zaro kesishgan nuqtasini nazarda 
tutamiz; shu tarzda, yuzaki namoyon bo‘lishdan kelib chiqqan holda uning poydevori - asos solinadigan 
prinsiplari chiqarib tashlanadi”.
30
Giddens “sotsial struktura” va “tizim” tushunchalaridagi farqlanish va bir-birini to‘ldirish 
xususiyatlarini ochib beradi, shuningdek ularga doir izlanishlarni yanada chuqurlashtirishning istiqboldagi 
vazifalariga to‘xtaladi: “Dastlabki qarashda strukturaga doir yuqorida keltirilgan tasavvurlar umumiylikka 
hech qanday daxli yo‘qdek ko‘rinadi. Lekin, aslida ularning har biri sotsial munosabatlarni 
strukturalashning muhim jihatlariga tegishlidir. Bu jihatlar strukturalashtirish (strukturatsiya) nazariyasida 
«struktura» va «tizim» tushunchalariga differensiyaviy (bir butunni bo‘laklarga va farqlanuvchi jihatlariga 
qarab o‘rganish) yondashuv vositasida anglab etiladi. Sotsial munosabatlarni tahlil qilar ekanmiz, biz 
mummmoning, bir tomondan, sintagmatik
31
jihatlari – sotsial munosabatlarni vaziyatli amaliyotini takror 
yaratishni o‘z ichiga olgan holda makonda va zamonda modellashtirish, ikkinchi tomondan, shu kabi takror 
yaratish jarayonida muttasil ravishda ishtirok etuvchi «strukturalashning usullari»ni ma’lum sharoitlarda 
tartibga solishni nazarda tutishga qaratilgan paradigmaviy
32
«o‘lchash»ni e’tiborga olishimiz zarur 
bo‘ladi”.
33

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin