Jamiyat – odamlar, birliklar va tuzilmalar o‘zaro ta’sirlari va aloqalarining tarixan
rivojalanuvchan, ularning birgalikda yashash jarayonida o‘zgarib boradigan va tarkib topadigan yaxlit
tizimdir.
25
Jamiyatni o‘ziga xos belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1)sotsiallik; 2)jamiyat a’zolari
(insonlar) o‘rtasida o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlarning mavjudligi; 3)ma’lum bir hududga ega bo‘lish (sotsial
makon); 4)sotsial zamonning (vaqtning) mavjudligi; 5)o‘zini o‘zi boshqarishi va muvofiqlshtirishi, o‘zini
o‘zi namoyon qilishi, sotsial jarayonlarni o‘z-o‘zidan anglashi; 6)sotsial institutlarning mavjudligi;
7)odamlarning ongi, irodasi va faoliyatini har qanday o‘zgarishlarga ta’sir etib turishi; 8)sotsial strukturaning
mavjudligi.
26
Jamiyatning strukturaviy komponentlari
27
- ular ko‘plab individlar (shaxslar); odamlar tomonidan
bajariladigan sotsial rollar; o‘z ichiga hududiy, etnik va boshqa birliklarni olgan sotsial struktura;
odamlarning bir-birlariga o‘zaro ta’siri.
Jamiyat yaxlit tizim sifatida turli tuman unsurlardan (faoliyat turlari, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy
guruhlar, birliklar, institutlar va uyushmalar) iborat. Ularning barchasi bir-birlariga mustahkam bog‘langan
bo‘lib, ularning jamlanmasi bir butunlikni (yaxlit jamiyatni) tashkil etadi.
«Struktura» (tuzilma)
tushunchasi (lotincha “structura” – tuzilish, tuzilma, joylashish tartibi, tartib) umumiy ma’noda bir
butunning u yoki bu darajadagi barqaror unsurlari yoki ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglatadi.
Biz xorijiy adabiyotlardan foydalanishda qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun
«tuzilma» tushunchasini
xalqaro miqyosda qabul qilingan shakli –
«struktura» atamasiishlatamiz. Struktura jamiyatning tarkibiy
qismlarini turli tartibszliklar aralashmasidan iborat holda yashashiga yo‘l qo‘ymaydigan, ularni
muvofiqlashuviga shart-sharoitlar yaratib beradigan o‘ziga mexanizm vazifasini ham bajaradi.