34
joylashgan bo‘ladi va o‘z mavjudligining aniqmuvaqqat doirasiga egadir. Ba’zi jamiyatshunos olimlarning
fikricha, «jamiyat» va «mamlakat» tushunchalari o‘rtasida o‘xshashlik mavjud. Jamiyat odamlardan iborat
tuzilma sifatida tavsiflanib, u: sotsial aloqalarning birlashuvi ro‘y beradigan hudud; muayyan bir hudud
doirasida yuzaga kelgan sotsial aloqalar, munosabatlar, birliklarning turli tumanligiga ega; avtonomlik
(mustaqil yashash) qobiliyatiga ega; integratsiyalashuvga moyil (barcha individlarni o‘zaro
qo‘shiluvchanligi, ijtimoiy tartibot natijasidagi birlashuv).
“Jamiyat”
deganda barcha insoniy munosabatlar (aloqalar) yig‘indisi tushuniladi. YAna bir
manbada “jamiyat” tushunchasi ma’lum bir hududni egallagan, oz yoki ko‘p darajada o‘zining
boshqalardan farqlanuvchi madaniyati va institutlariga ega bo‘lgan odamlarning o‘zini o‘zi abadiylashgan
yig‘indisi, deyiladi.
24
Jamiyat institutlar va birliklarning o‘zaro munosabatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan, yangi sotsial
tuzilmalarni integratsiyalaydigan, o‘z mantig‘idan kelib chiqib aholining asosiy qismini o‘ziga
bo‘ysundiradigan, mazkur hududda yashovchi odamlar o‘z xatti-harakatlaridagi turli tuman sotsial o‘zaro
ta’sirlar va aloqalarni yagona negizga uyushtirishga undovchi va o‘zini o‘zi muvofiqlashtirish
mexanizmlariga egadir.
Dostları ilə paylaş: