32
yoshga etgan faylasuflar ichidan tayinlanishi lozim. Boshqaruvchi bo‘ladigan odamlarni falsafa va san’at
vositasida tarbiyalash zarur. Boshqaruvchilar qonunlarni o‘rnatadi, ijtimoiy ishlarni adolatli tarzda
boshqaradi. «Qo‘riqchilar» davlatni himoya qiladi va jamiyatda tartibni izga soladi. «Dehqonlar» va
«hunarmandlar» o‘z mehnatlari bilan fuqarolarni barcha hayot uchun zarur bo‘lgan
narsalar bilan
ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, Platon tomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturasi oliy darjada
donishmand-faylasuf turgan qattiq ierarxiyani nazarda tutgan edi.
Yirik yunon mutafakkiri Aristotel o‘zining «Siyosat» kitobida jamiyatning tabiiy kelib chiqishi, uning
sotsial stratifikatsiyasi va sotsial adolat kabilarga doir qarashlari tadqiq etildi. Aristotelning fikricha, inson
tug‘ilishdan boshlab instinktiv ravishda boshqalar bilan birgalikda hayot kechirishga intilpdigan
mavjudotdir. Odamning boshqa mavjudotlardan farqi, uning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlardagi ezgulik,
adolat, «umumiy foydani tushunib etganligi»dir. Aristotel jamiyatda bir-birini izchillik bilan bir-biriga
almashib boruvchi insoniy ijtimoiy hayot shakllarini bir-biridan ajratib ko‘rsatib berdi: oila –
yashash
manzili (qishloq va boshq.) – polis (shahar-davlat). Arisiotel uchun davlat – odamning tabiiy ravishda
boshqa odamlar bilan hayot kechirishga intilishi natijasida vujudga keladigan biralikda insoniy hayot
kechirishning oliy tabiiy shaklidir. Oila – insoniy birlikning birlamchi shakli sifatida talkin etildi. Bir necha
oilalar yashash manzilini tashkil etadi. O‘zaro bir-birlariga yaqin yashash
manzillari shahar-davlatga
birlashadi.
Aristotel ilgari surgan sotsial struktura modelida asosiy strtifikatsiyaviy prinsip sifatida mulk senzi
tanlandi. Unga muvofiq, fuqarolar uchta sotsial qatlamga bo‘linadi: kambag‘al, o‘rta qatlam va boy.
Mutafakkirning fikricha, davlatda qanchalik o‘rta qatlam ko‘proq bo‘lsa, u shunchalik qudratli bo‘ladi,
gullab-yashaydi.
Antik yunon falsafasini yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, SHarq uyg‘onish davrining
mutafakkiri Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta o‘rgangan olimlar jumlasiga kiradi. Forobiy «Fozil
shahar odamlari qarashlari» asarida jamiyat («inson jamoasi»)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan
asoslab beradi: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka
erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, uning bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi,
ularga ega bo‘lish kishilik jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... SHu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni
bir-biriga etkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z
tabiati bo‘yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda
ularning har biriga yashash va etuklika erishmoq uchun zarur bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning
uchun inson ko‘paydi va erning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada
inson jamoasi vujudga
keldi»
20
. Mutafakkir nazdidagi inson jamoasi – bu kishilik jamiyati hisoblanadi.
Forobiy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (sotsial strukturasi) sifatida jamiyatdagi turli ijtimoiy
tabaqalarni chuqur tahlil etadi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit
ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, o‘zining muayyan funksiyalariga ega bo‘lib, go‘yoki shu
vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashganlar.
Forobiy orzu qilgan ideal davlatda ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi farqlanishlar saqlanadi. Platonning
ideal davlat tuzumi haqidagi ta’limotida ko‘rsatilgani kabi, har bir tabaqaning vazifalari va majburiyatlari
aniq belgilangan bo‘ladi, tabaqalar o‘zlarining maqomlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan faoliyat bilan
shug‘ullanadi. Bir tabaqaga mansub bo‘lgan odam boshqatabaqa vakillari uchun tegishli bo‘lganishlarni
bajarish huquqiga ega emaslar (masalan, boshqaruvchilar tabaqasiga mansub
kishilar dehqonchilik yoki
savdo ishlari bilan shug‘ullanmaydi). Fozil shahar-davlatda har bir tabaqaningjamiyatdao‘rni va maqomi
mazkur tabaqa bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarning qanday bo‘lishi bilan belgilanadi. Tabaqa
martabasining baland yoki past bo‘lishi uning hukmdorga yaqin yoki uzoq bo‘lishiga bog‘liqdir.
Hukmdorga yaqin yoki undan uzoq bo‘lishning belgisi har bir tabaqa vakillarining aqliy (intellektual) va
ma’naviy kamolot darajalarining yuksakligiga bog‘liqdir. Aqliy va ma’naviy
kamolot darajalari yuksak
10
Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. -Тошкент: А.Қодирий ном. халқ мероси нашриёти.1993.-Б.18-19.
33
bo‘lgan tabaqa vakillari, ya’ni hukmdorga yaqin odamlar yuqori lavozimlarni egallab, hurmatga sazovor
bo‘lgan ishlarni bajaradi, ularning qo‘l ostida ishlovchilar esa pastroq lavozimlardagi ishlarni bajaradi.
Ko‘rinib turibdiki, Forobiyning ideal davlat tuzumiga asoslangan jamiyatda (fozil shahar-davlatlarda)
kishilarning ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi va ularning imtiyozlari saqlanadi. Mutafakkir biron-bir tabaqaga
mansub odamlarning vazifalari va majburiyatlari o‘rtasida tafovutlarning saqlanishi, har bir odamning o‘z
kasbini yaxshi bilishi va o‘z vazifalarini bajarishi jamiyatning sobitligi hamda adolatning yuzaga chiqishi
uchun zarur bo‘lgan omildir, deb qaraydi: har bir odamning o‘z kasbiga tegishli vazifalarini to‘g‘ri bajarishi
- jamiyatda adolatning saqlanishi va uni barqarorligini ta’minlash asosidir.
Mutafakkir o‘zining «Talxisi navomisi Aflotun» («Platon qonunlari mohiyati») asarida ilohiy
qonunlarni doimo adolatli ekanligini ilgari suradi.
21
Fozillar jamiyatining adolatli bo‘lishi va tabaqalar
o‘rtasida tavofutlarning saqlanishida
Dostları ilə paylaş: